419
qit’alari va aholisini bilish uchun tug’ilganmiz», deb yozadi Donish o’zining
«Navodir ul-vaqoe’» asarida
1
.
Furqat jamiyatda ma’naviy qashshoq, nopok, galvars kishilarning ko’payishi
– fojea, ofatdir. Fan nodon – oliy kishilar yo’lini yorituvchi, ularni to’g’ri yo’lga
boshlovchi yo’lchi yulduz, chiroqdir. Ilm-fan qanchalik tez rivojlansa, jamiyat
a’zolarining orzu-umidlari shunchalik tez ro’yobga chiqadi, ma’naviy qashshoq
odamlar soni kamayadi. Ma’rifatli, bilimdon, odamlar qancha ko’p bo’lsa, jamiyat
hayoti shuncha tez insonparvarlashadi, degan xulosaga keladi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida jamiyatni insonparvarlashtirish g’oyasi
O’rta Osiyoda keng tarqalgan jadidchilik harakatining bosh g’oyasi edi. Bu
harakatning namoyondalaridan biri Abdulla Avloniy (1878-1943 yy.) o’z
asarlarida O’rta Osiyo xalqlari jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan, ilm-ma’rifat,
madaniyatdan bebahra qolganini, xalq o’ta qashshoqlashib, qullarcha hayot
kechirayotganligini afsus va alam bilan tasvirlaydi. Avloniy asarlarining bosh
mavzusi – inson. Uning fikricha, inson butun borliqning ko’rki va sharafidir. Inson
butun mavjudot sohibidir, chunki uning aql-zakovati bor. Inson shu qudrati tufayli
ilm egallaydi. Inson o’zining aql-zakovati tufayli boshiga tushadigan har qanday
balo-qazodan saqlanadi. Insonparvar jamiyatning muhim vazifalaridan biri –
fuqarolar, ayniqsa yoshlar aqliy kamoloti haqida qayg’urishdir.
G’arbda xususan, uyg’onish davri falsafasida har tomonlama rivojlangan
shaxs g’oyasi olg’a suriladi. Mashhur ingliz gumanisti Tomas Mor «Utopiya»
asarida inson shaxsi tubanlashuvining sabablari haqida fikr yuritib, o’g’rilik,
daydilik tubanlashuvning ko’rinishlaridir, bu kabi illatlarni tugatmoq uchun nopok
yo’llar bilan topilgan boyliklarni yo’qotish darkor, degan xulosaga keladi.
XVII-XVIII asr G’arbiy Yevropa falsafasida inson to’g’risidagi diniy
qarashlar tanqid ostiga olindi; inson, uning mohiyati, kelib chiqishi haqida yangi
ilg’or g’oyalar ilgari surildi. Mashhur ingliz faylasufi F.Bekon (1561-1626 yy.)
o’zining «Yangi Organon» asarida insonning tabiat ustidan hukmron bo’lishida fan
1
Axmad Donish. Navodir ul-vaqo.–T.,1964.-60-61 betlar.
|