Jamoaviy kuylashdagi holat – o‘tirib kuylashda qo‘llar tizza ustiga qo‘yiladi.
Turib kuylaganda esa qo‘llar ikki yonga erkin tushiriladi.. Har ikkala holatda ham
yelkalar orqaroq olinib, gavda va bosh zo‘riqtirmasdan to‘g‘ri tutiladi. Nafasni
rejaga solish, hamma bilan birga ko‘krak va yelkalarni ko‘tarmasdan, shovqinsiz
nafas olish, musiqaviy jumlalarning cho‘zimini oldindan his qilgan holda, asarning
sur’atiga qarab uzun yoki qisqa nafas ola bilish, olingan nafasni tejamli, bir
me’yorda sarflab, jumlaning oxirigacha yetkazish talab etiladi.
Yana bir muhim fiziologik jarayon- ovoz hosil qilish - artikullyatsiya
organlarini erkin harakatlantirish, lablar va tillarni faol tutish, unli tovushlarni
talaffuz qilganda og‘iz va lablarni ochilish holatlarini bilish, unlilarni yumaloq
qilib kuylay olish. Tovush temblarining bir xilliliga erishish. Tovushni bir
maromda, aniq balandlikda ushlay olish va unisonda (birovozlikda) kuylayolish.
O‘rtacha dinamikda mayin, yumshoq kuylash, mantiqiy urg‘ular bera olish
Xor malakalari -sinf sahnasiga chiqish qoidalarini va sinf xorida o‘rnini
bilish. Kuylayotganida qo‘shiq aytayotganlarning ovozini nazorat qilib borish va
o‘z ovozini ularga moslay olish. Tovushlarni kuylashda sozga, sur’at va dinamik
tuslarga rioya qilish, qo‘shiq so‘zlarini aniq va tushunarli qilib talaffuz etish. Butun
guruh bilan va yakka holda kuylay olish. Qo‘shiqlarni musiqa asbobi jo‘rligida va
jo‘rsiz kuylay olish, kuylaganda dirijorlik ishoralariga rioya qilish. Qo‘shiqning
usuliga chapak chalib, bir joyda qadam tashlab, tizzalariga kaft bilan urib jo‘r bo‘la
olish, turli yangi usul, harakatlarni o‘ylab topish va hokazo.
728
2 – sinfda - Do 1 - Re 2 diapozonimdagi bir ovozli qo‘shiqlarni kuylash
tavsiya etiladi