11-MAVZU. MARKETING TIZIMIDA AXBOROT TA’MINOTI
11.1. Marketingda axborotlarning ahamiyati
11.2. Marketing axborotlari turlari
11.3. Marketing axboroti manbalari
Tayanch so‘z va iboralar:
Iste’molchilar talabi, marketing axboroti, marketing axboroti
tizimi, ichki hisobot tizimi, tashqi joriy marketing axborotlari yig‘ish tizimi, marketing
izlanish tizimi, marketing ma’lumotlari tahlili tizimi, axborotni to‘plash uslublari,
imitasiya, modellar banki, axborot manbalari.
11.1. Marketingda axborotlarning ahamiyati
Mamlakatda
iqtisodiyotni
rivojlanishi,
boshqarish
tizimini
mukamallashtirish
axborotlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Axborotlar milliy iqtisodiyotning barcha
tarmoqlari, sohalari, bo‘linmalari (ish joyidan tortib vazirliklargacha) o‘rtasida va ushbu
korxona bilan o‘xshash korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida uzluksiz axborot almashishdan
iborat. Fan-texnika taraqqiyoti o‘sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning
nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy
va murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi, texnologik jarayonlar intensivlashadi va
murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi va hokazo. Shuning uchun
korxonada foydalanadigan axborotlarning miqdori keskin ortadi. Shuni aytish kifoyaki,
hozirgi zamon mashinasozlik korxonasida boshqarish ehtiyoji uchun har soatda 100
mingdan ko‘proq yoki kuniga bir milliongacha axborot belgilarini ishlab chiqarish talab
qilinadi.
Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: "Biznesni boshqarish
- bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish - axborotga egalik qilishdir".
Haqiqatdan ham, axborot moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va ishchi kuchi kabi
muhim boshqarish resursi va ob’yekti bo‘lib qolmoqda. Shu bilan bir vaqtda, xorijlik
tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, bozor to‘g‘risidagi axborotlardan to‘liq qoniqqan
korxonani topish juda mushkul.
Ularning ko‘pchiligi marketing tadqiqot bo‘limlariga ega emaslar, boshqalari o‘z
tarkiblarida, sotishni istiqbollash va tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi kichik bo‘limlarga
egadirlar. Endi bizdagi ahvolga kelsak, bozorning ahvoli haqida axborot to‘plash hali o‘z
rivojining ilk bosqichidadir. Lekin yangidan-yangi talablarning shiddat bilan rivojlanishi,
marketingning baynalminallashuvi, raqobatning keskinlashishi samarali axborotlarga
egalik qilishni kun tartibiga qo‘ymoqda. Bunga yangi texnikalarning, yangi kompyuterlar,
nusxa ko‘chiruvchi mashinalar, videomagnitofonlar va boshqalarning keng ko‘lamda
ishlatilishi keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Dostları ilə paylaş: |