11-mavzu. Marketing tizimida axborot ta’minoti


Marketing axborotlari turlari



Yüklə 53,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü53,69 Kb.
#193775
1   2   3   4   5
11-мавзу

11.2. Marketing axborotlari turlari 
Ma’lumki, 
marketing axboroti
marketing faoliyatida qaror qabul qilish uchun asos 
hisoblanadi, shuningdek, qaror qabul qilgandan keyin olingan natijalarni tahlil qilish uchun 
ham kerakdir. Ko‘pgina marketologlarning ta’kidlashicha, axborot bilan bog‘liq faoliyat 
butun marketing faoliyati hajmining uchdan bir qismidan tortib yarmigachasini tashkil 
qiladi. Iqtisodiy amaliyotda qo‘llaniladigan marketing axboroti quyidagi mezonlar 
bo‘yicha tasniflanishi mumkin. 
Marketing maqsadlariga mo‘ljallangan axborotni bir nechta guruhlarga bo‘lish mumkin. 
Xususan, bozor va uning kon’yunkturasi haqidagi axborot, sotish (savdo)ning uslublari va 
shakllari haqidagi axborot va, nihoyat, o‘z korxonasi haqidagi axborot. 


Marketing axborot tizimi
(MAT) korxonaning marketing faoliyatini amalga oshirish 
uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash, jamlash va ishlov berishning usullari, 
uslublari, tashkiliy tadbirlari va texnik vositalarining yig‘indisi, deb ta’riflanadi. MAT 
korxonani boshqarishdagi axborot tizimining eng muhim tarkibiy qismidir. 
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, korxonadagi axborot tizimlari turli xil rivojlanish bosqichida 
bo‘lishi mumkin, shu jumladan: 
- ma’lumotlarni hisobga olishning oddiy modeli
- marketing hisobotlari tizimi; 
- turli hisob-kitob modellarini qo‘llashga mo‘ljallangan tizimlar; 
- marketingni prognozlash tizimi va hokazo.
Marketing razvedkasi
- bu, birinchi navbatda, marketing rejalarini ishlab chiqish va 
ularni to‘g‘rilash uchun zarur bo‘lgan marketing tashqi muhitining o‘zgarishi 
to‘g‘risidagi joriy axborotni to‘plash bo‘yicha tizimli faoliyatdir.
Razvedka ma’lumotlarini maxsus tadqiqotchi firmalardan ham olish mumkin. 
Ichki axborot asosan korxonaning ichki ahvoli va imkoniyatlarini ochib beradi. Unga, 
dastavval, korxonaning ishlab chiqarish, moliya, sotish, mehnat va boshqa resurslari kiradi. 
Shu bilan bog‘liq holda marketolog o‘z ishida marketing qarorlarida quyidagi 
ko‘rsatkichlarni hisoblash va foydalanishni bilishi kerak: 

mahsulotning me’yoriy va haqiqiy tannarxi

to‘g‘ri va yegri xarajatlar; 

chegaralangan foyda; 

foydalilik nuqtasi; 

narx chegirmalari. 

Yüklə 53,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin