11-mavzu. Marketing tizimida axborot ta’minoti


Tovar bozorlarini har tomonlama tartiblashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar. Ular



Yüklə 53,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix25.12.2023
ölçüsü53,69 Kb.
#193775
1   2   3   4   5
11-мавзу

Tovar bozorlarini har tomonlama tartiblashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar. Ular 
faoliyatining asosiy maqsadlari quyidagilar: 

xalqaro savdo, shuningdek, konkret tovarning ishlab chiqarilishi va iste’moli bilan 
bog‘liq muammolarning qo‘yilishi va tahlil

mazkur tovar bozorining jahon kon’yunkturasini o‘rganish, bozordagi ahvol haqida 
uning qatnashchilarini muntazam xabardor kilib turish; 

statistika ma’lumotlarini to‘plash, chop etish va bozorning iqtisodiy tahlilini 
tayyorlash; 

mazkur tovar bilan savdo qilish muammolari bo‘yicha ko‘p tomonlama maslahatlar 
berilishini tashkil qilish; 

xom ashyoni ishlab chiqaruvchi mamlakatlarda ishlab chiqarishni kengaytirish va 
yeksport imkoniyatlarini mustahkamlash bo‘iicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularga 
mos keladigan infrastrukturani rivojlantirish, xom ashyoni qayta ishlash, marketingi va 
taqsimlanishida ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning qatnashishining kengayishiga 
ko‘maklashish, atrof-muhitni muhofazalashni yaxshilash, aniq xom ashyo tovarining 
iqtisodiyotini rivojlantarish loyihalarining tahlili va xom ashyoni ishlab chiqaruvchi 
mamlakatlar hukumati tomonidan tavsiyalarni ishlab chiqish. 
Paxta bo‘yicha Xalqaro maslahat beruvchi qo‘mita (PXMQ, International Cotton Advisory 
Committeye, ISAS) - bu paxtani ishlab chiqarish, xalqaro savdo va iste’mol sohasida 
hamkorlikda manfaatdor bo‘lgan mamlakatlarni birlashtiruvchi hukumatlararo tashkilot. 
PXMQ 1939 yilda AQSH tashabbusi bilan paxta bo‘yicha xalqaro konferensiyada tashkil 
etilgan edi. 


PXMQning asosiy funksiyalari quyidagilar: 

jahon paxta bozori holatini nazorat qilish va uning rivojlanishiga ta’sir yetuvchi 
omillarni o‘rganish; 

paxtaning jahon bo‘yicha ishlab chiqarilishi, xalqaro savdosi, iste’moli, zaxiralari va 
narxlari haqida statistik va boshqa axborotni to‘plash va tarqatish, shuningdek, boshqa 
tekstil to‘qimalar va matolar bo‘iicha axborotlar, chunki ular paxta bozorining 
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi; 

jahon paxta bozorida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan aniq 
tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha PXMga a’zo bo‘lgan mamlakatlarga tavsiyalar berish; 

doimiy qo‘mita va uning har yillik sessiyalarida paxtaning narxlari masalalari bo‘yicha 
muhokamalarni tashkil etish va o‘tkazish. 
Gʻarbiy marketing amaliyotidan ma’lumki, ba’zi hollarda firmalar "sanoat shpionaji" 
usullariga murojaat qiladilar. Bunda tijorat qimmatlikka ega bo‘lgan axborotni uning 
egalari - firmalar, jamoat tashkilotlari, davlat muassasalariga bildirmasdan, yashirin va ular 
xohishiga zid holda oladilar. Ko‘pincha manfaatdor firmalarning diqqat-e’tibori 
texnologiyalar: chizmalar, formulalar, nusxalar, dasturlar, g‘oyalarga qaratiladi; kamdan-
kam holda - moliyaviy hujjatlar: schyotlar, smeta, shartnomalar, rejalarga e’tibor beriladi. 

Yüklə 53,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin