Straight Line (to‘g‘ri chiziq), Single Arc (yoy), Double Arc(to‘lqin), Uncons
trained mode (mustaqil).
Obyektga egish effektini qo‘llash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
•
Obyekt yoki obyektlar guruhini belgilab oling va Interactive Envelope (egishni
interaktiv tuzish) instrumentlar tugmasini bosing. Obyekt atrofida avtomatik ravishda
egish effektini beruvchi gabarit to‘g‘ri burchaklik paydo bo‘ladi.
•
Atributlar panelidagi egish tartibini tanlash tugmasini bosamiz.
•
Interactive Envelope (egishni interaktiv tuzish) instrumentini gabarit to‘g‘ri
burchaklik bog‘lamlarini ajratish va almashtirish uchun foydalanamiz.
84
Deformatsiya effekti
Interactive Distortion (interaktiv deformatsiya) instrumenti tugmasi grafika
panelidagi interaktiv effektlar panelining qo‘shimcha instrumentlar panelida
joylashgan. Tugmadagi belgi g‘ijimlangan qog‘ozga o‘xshaydi. Deformatsiyaning
uchta turi mavjud:
1.
Push and Pull (tort-itar)
2.
Zipper (zigzag)
3.
Twister (aylantirish)
85-rasmda har uchta deformatsiyaning aylana obyektga ta’siri tasvirlangan.
Deformatsiya tipining soni va turli tumanligi cheksiz bo‘lib, uning natijasi
deformatsiya instrumentining tipi, boshqaruvchi markerga, kursorni tortish
yo‘nalishiga, shuningdek atributlar panelining parametrlarining tuzilishiga bog‘liq.
85-rasm. Tort-itar, zigzag, aylantirish
Perspektiva effekti
Perspektiva effekti tasvirga ko‘rish chizig‘i yo‘nalishini hisobga olgan holda
chuqurlik va hajm taasurotini beradi. Perspektiva effektini qo‘llash orqali obyekt
sahna foni chuqurligida kichraygandek tuyuladi.
Perspektiva effektini bitta obyektga va obyektlar guruhiga qo‘llash mumkin. U bir
vaqtning o‘zida bir nechta obyektga qo‘llanilishi mumkin emas. Lekin uni bir
obyektdan boshqa obyektga nusha olib o‘tkazish mumkin.
•
Perspektiva effektini qo‘llash uchun oldin obyekt yoki obyektlar guruhini
belgilab olish lozim. Keyin Effects/Add Perspektive (effektlar/perspektivani qo‘llash)
komandasi tanlanadi. Shundan keyin obyekt yoki obyektlar guruhi burchaklarida
bog‘lamlari bilan to‘g‘ri burchakli punktir ramka bilan ajraladi. Ramka ichi esa
vertikal va gorizontal holatdagi yo‘naltiruvchi chiziqlar bilan qoplanadi.
Obyektga perspektiva effektini berish uchun esa avtomatik ravishda paydo
bo‘luvchi Shape (shakl) instrumentidan foydalanamiz. Buning uchun esa bu
instrument yordamida obyekt burchaklaridagi bog‘lamlar dan birini ushlab kerakli
masofaga tortamiz.
Bog‘lamni surish yo‘nalishi obyektga qaysi turdagi (bir yoki ikki nuqtali)
perspektiva qo‘llanilishiga ta’sir qiladi.
85
Agar
CTRL
klavishini ushlab turib bog‘lamlardan birini vertikal yoki gorizontal
bo‘yicha sursak bir nuqtali perspektiva effekti hosilbo‘ladi. Bog‘lamni tortish
jarayonida biz CTRL klavishini ushlab turmasak ikki nuqtali perspektiva effektini hosil
qilgan bo‘lamiz.
86-rasm. Naqsh kompozitsiysi
Dostları ilə paylaş: |