qiladigan grafik muhit. Grafik interfeys g‘oyasi, axborotni amaliy tizim haqida axborot taqdim etishning tabiiyligidan foydalanishdan iborat. Foydalanuvchi interfeysining asosiy tushunchalari bo‘lib, oyna va piktogramma hisoblanadi. Grafik interfeysni ishlatadigan tizimda amallarni bajarish, oynalar bilan va ular ichida ishlashdan iborat. GRAFIKA
GRAPHICS
ГРАФИКА
Predmetlarni rang ishlatmasdan, kontur chiziqlar va shtrixlar vositasida aks ettirish san’ati. Shu sababli, dastlab oq - qora chizmalarni va sxemalarni tayyorlash jarayoni kompyuter grafikasi deb nomlangan. KOMPYUTER
GRAFIKASI
COMPUTER
GRAPHICS
КОМПЬЮТЕРНАЯ
ГРАФИКА
Kompyuterlar yordamida tasvirlarni yaratish va ishlov berish texnologiyasi. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi, uni yangicha tushunishda, hattoki virtual haqiqiylikni yarata oladi. Vizualizasiya tobora ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Kompyuter grafikasi yordamida vektorli tasvirlar va rastrli tasvirlar yaratilmoqda. MEGAPIKSEL
MEGAPIXEL
МЕГАПИКСЕЛ
Bir million piksel. Atama grafik qurilma, jumladan skaner, raqamli kamera yoki monitorlarning ajrata olish qobiliyatiga ko‘ra ishlatiladi. PETABAYT
PETABYTE
ПЕТАБАЙТ
2-dan 50-gacha bo‘lgan (1 125 899 906 842 624 ta) kuch baytlari. Petabayt 1024 terabaytga teng. PIKSEL
PIXEL
ПИКСЕЛ
Tasvir elementi. Tasvirni diskretlash (boshqa bo‘linmaydigan elementlar - diskretlarga, uyalarga yoki rastr nuqtalariga bo‘lish) natijasida paydo bo‘ladigan eng kichik tarkibiy qism. PING
(ingl. ping - “taqqillatmoq” so‘zidan). Boshqa kompyuterga
107
PING
ПИНГ
tarmoq orqali signalni jo‘natish va javob signalini kutib olish. Odatda bu aloqani tekshirish uchun qilinadi. RASTR
RASTER
РАСТР
Tasvirlarni to‘g‘ri burchakli matritsaviy tasvir elementlari - piksellar shaklida taqdim qilishning raqamli vositasi. Ular tasvirlarni yoki fazoviy obyektlarni rastrli ifodalash asosidir. RASTRLI
KOMPYUTER
GRAFIKASI
Bunda tasvir uni hosil qiluvchi nuqtalar (piksellar, pellar) yordamida hosil qilinishi tushuniladi. PNG
(PORTABLE
NETWORK
GRAPHICS)
Tarmoq ko‘chma grafikasi, PNG formati. GIF formati bilan patentlash muammolari paydo bo‘gandan so‘ng uning o‘rniga kiritilgan yangi grafik format (ping deb o‘qiladi). Format yangi bo‘ganligi sababli kam sonli brauzerlar va dasturiy ta’minotni ayrim turlari tomonidan quvvatlanadi. Ranglilik chuqurligi 64 bit pikselgacha bo‘gan tasvirlarni saqlash imkonini beradi, zichlash birmuncha yaxshilangan. GIF
GRAPHICS
INTERCHANGE
FORMAT
Grafik formati - tarmoqdagi eng keng tarqalgan grafik format bo‘lib, u tarmoqda birinchi bo‘lib paydo bo‘lgan. Tarmoqdagi rangli tasvirlar va fonlarning ko‘p qismi GIF formatli fayllaridir. GIF tasvimi siqishga imkon beradi, tasvirlarning rang palitrasi 256, yoki undan kamroq rangni saqlaydi. Bu siqish jarayoni sifatga ta’sir qilmaydi, ya’ni, siqishdan keyin olingan tasvir boshlangich tasvir kabi bo‘adi. Agar tasvir 256 dan ortiq rangga ega bo‘sa, ulaming soni chegaralangan qiymatgacha qisqartiriladi. Shuni aytib o‘ish kerakki, ranglar sonini qisqartirish bosqichida tasvir sifati pasayishi mumkin. JPEG
JOINT
PHOTOGRAPHIC
EXPERT GROUP
Grafik formati (qisqartirilgan holda JPG) ko‘p rangli tasvir fayllarini tarmoqda ishlatish uchun mo‘jallangan bo‘ib, foydalanish darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi grafik format hisoblanadi. JPEG rang palitrasi 16 777 216 (True Color) tagacha bo‘gan rangni saqlaydigan tasvirlami siqish imkoniyatini beradi. Bunday siqish tasvirning sifati yo‘qolishi (lossy compression) hisobidan sodir bo‘ladi. PNG
Web
PORTABLE
NETWORK
GRAPHIC
Sahifalarda tasvir va grafiklari joylashtirish uchun maxsus yaratilgan siqish formati bo‘lib, Deflate siqish algoritmidan foydalanadi. Bu format GIF va JPEG formatlarining afzallik tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan.
108
TIF
TAGGED IMAGE
FILE FORMAT
Grafik format Aldus kompaniyasi tomonidan PhotoStyler dasturi uchun ishlab chiqilgan bo‘lib “tegni tasvirlaydigan fayl” ma’nosini anglatadi. Bu grafik format etarlicha murakkab bo‘lsa ham uning strukturasi ma‘lumotlarni yozishning qulayligi va tasvirni kengaytirishda katta imkoniyat mavjud. Tasvirning raqamli ma‘lumotlarni ifodalovchi barcha axborotlar boshqa ko‘pgina format fayllari singari uning boshlang‘ich qismida emas, balki maxsus bloklarda, tasvir parametrlarining ichki belgilashlarida saqlanadi. Unda 45 dan ortiq turli teglar mavjud bo‘lib ularning qo‘llanilishi ko‘pgina qo‘shimcha funktsiyalarni tashkil etish imkoniyatini beradi. BMP
BIT MAP IMAGE
Grafik formati Windows operatsion tizimi uchun Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. U favqulotda sodda strukturani ifodalaydi va uncha katta bo‘lmagan piktogramma- tasvirlarning namoyish etilishini izohlash uchun xizmat qiladigan rastrli (nuqtali) grafik formatdir. U grafik interfeyslarda keng qo‘llaniladi. WMF
WINDOWS
METAFILE
Windows-dasturlari uchun vektorli grafik fayllarning universal formati. CDR
CORELDRAW
FILES
Vektorli grafik format bo‘lib, CorelDraw grafik muharririning asosiy formati hisoblanadi. PSD
PHOTOSHOP
DOCUMENT
Kuchli imkoniyatli rastrli (nuqtali) grafik format bo‘lib, Photoshop grafik muharririning asosiy formati hisoblanadi.