Tоshkеnt aхbоrоt tехnоlоgiyalari univеrsitеti «Kiberxavfsizlik va kriminalistika»



Yüklə 352,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix25.12.2023
ölçüsü352,83 Kb.
#194565
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Steganografik texnika 
axborot yashirish sohasidagi umumiy yо’nalishning 
bо’limlaridan biri. Steganografiyada ma’lumotlarni yashirishni о’rganuvchi boshqa 
yо’nalishlar ham mavjud. Bu kriptografiya, turli signalizatsiya tizimlari va shartli 
belgilar, niqoblash va chalkashtirish, nihoyat, bir xil sо’zlarning turli talqinlari 
va h.k. 
Steganografiyaning bir necha yо’nalishlari ajratilgan: 

klassik steganografiya; 

kompyuter steganografiyasi; 

raqamli steganografiya. 
Klassik stanografiya kompyuterdan 
foydalanmasdan xabarni yashirishning 
turli usullarini anglatadi va odatda murakkab texnik vositalarsiz foydalanadi. 
Bugungi kunda klassik steganografiya uzatiladigan va saqlanadigan 
hujjatlardagi axborotni yashirishning turli xil usullarini qо’llaydi. Ularga kо’rinmas 
siyoh, mikronuqtalar, akrostik, trafaretlar va boshqalar kiradi. 
Kompyuter steganografiyasi 
turli xil fayllar, dasturlar, protokol paketlari va 
shunga о’xshash bо’lgan kompyuter ma‘lumotlarini yashirish usullarini о’rganadi. 
Inson faoliyatining barcha sohalarining umumiy kompyuterlashtirilishini hisobga 
olgan holda, hozirgi kunda raqamli va kompyuterli steganografiya о’rtasidagi farqni 
aniqlash juda qiyin. Aloqa tizimlarida analog signallar (audio, video) paketlarga 
bо’lingan va tarmoq orqali uzatiladigan diskret ketma-ketliklar yoki oqimlar 
shakllariga aylantirilgani kabi, rasmlar, tovush yoki videoga mos keladigan 
kompyuter ma‘lumotlari kompyuter tarmog’i orqali fayllar sifatida yoki paketlar 
sifatida uzatiladi. 
Quyida ba‘zi misollar keltirilgan: 
Format fayldagi zahira maydonidan foydalanish- usulning mohiyati 
shundaki, kengaytma tо’g’risidagi ma‘lumot bilan tо’ldirilmagan fayl qismi nollar 
bilan avtomatik ravishda tо’ldiriladi. Bundan kelib chiqib, biz ushbu ―nolli‖ 


23 
maydonni о’z ma‘lumotlarimizni yozish uchun qо’llashimiz mumkin. Bu usulning 
kamchiligi shundaki, yashirish darajasining pastligi va kam miqdordagi axborot 
uchun mо’ljallanganligi. 
Yumshoq disklarning foydalanilmagan qismida axborotni yashirish 
usuli - bu usuldan foydalanganda ma‘lumot diskning foydalanilmagan qismlarida, 
masalan, nolinchi yо’lakda saqlanadi. Kamchiliklari: past samaradorlik, kichik 
xabarlarni yetkazish. 
Ekranda 
aks 
ettirilmagan 
format 
maydonlarining 
maxsus 
xususiyatlaridan foydalanish usuli - maxsus izohlar va kо’rsatmalarni olish uchun 
mо’ljallangan "kо’rinmas" joylarga asoslangan usuldir. Masalan, qora fonda qora 
yozish. Kamchiliklari: past unumdorlik, uzatiladigan ma‘lumotlarning oz miqdori. 
Fayl tizimining funksiyalaridan foydalanish - qattiq diskda 
saqlanganida, fayl har doim klasterlarning tо’liq sonini egallaydi. Misol uchun, ilgari 
keng ishlatiladigan FAT32 fayl tizimida klasterini standart hajmi – 4 KB. Shunga 
mos ravishda, diskda 1 KB axborotni saqlash uchun 4 kilobayt xotira ajratilgan, 
ulardan 1 kilbayt faylni saqlash uchun kerak, qolgan 3 esa hech narsaga ishlatilmaydi 
- ular ma‘lumotni saqlash uchun ishlatilishi mumkin. Ushbu usulning kamchiligi: 
aniqlashni osonligi. 

Yüklə 352,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin