To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti


Temur va temuriylar saltanati davlati va huquqi



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

Temur va temuriylar saltanati davlati va huquqi
Reja:
1. A.Temur va temuriylar saltanati
2. Temuriylar davlatining boshqaruv tizimi.
3. Temuriylar davlatining sud hokimiyati, harbiy qo‘shin va soliq
tizimi.
4. "Temur tuzuklari"- temuriylar saltanatining huquq manbai.
XIV asming o ‘rtalariga kelib, Movarounnahrda Chig‘atoy ulusining 
ikkiga bo‘linib ketishi natijasida hokimiyat ancha zaiflashadi. Taxt uchun 
olib borilgan kurashlar 
natijasida
(1326-1358-yillar) mamlakatda siyosiy 
tarqoqlikdan foydalangan katta-katta viloyatlarni qabilalar boshliqlari, 
jumladan Keshni Xoji Barlos, Xujandda Boyazid Jaloyir, Balxni Uljoy 
Bug'asulduz, Toshkentni Xizir Yasevuriylaro‘z mulklari sifatida mustaqil 
boshqarar edi. Buni sabablari birinchidan:
Chig‘atoy ulusini parchalanib, siyosiy tarqoqlikning avj olishi, 
ikkinchidan 140 yil hukm surgan M o‘g ‘ul zulimidan qutulishga intilish, 
uchinchidan Chig‘atoy ulusini M o‘g ‘uliston xoni Tug‘luq Temurxon 
tomonidan qayta bosib olinishiga intilishi bilan xarakterlanib kelgan.
Ana shunday bir davrda Borlos begining o ‘g‘li Tarag‘ay Bahodirning 
o ‘g ‘li Temurbek tarix maydoniga keladi. Sharafutdin Ali Yazdiyning 
fikriga ko‘ra, A.Temur hijriy 736-yil sha'ban oyining 25-kuni ya'ni milodiy 
1336-yil 9-aprelda tug'ilgan. Uning otasi Tarag‘ay Bahodur Barlos 
um g‘ining boshlig‘i bo‘lib, X o‘ja Iig‘or qishlog‘idan edi. Onasi Takina 
xotun ismli ayol edi.
A.Temur yoshlik yillaridayoq bilim olishga kirishadi. Bu haqida 
uning o ‘zi shunday deydi: “Yetti yoshga toMganimda meni madrasaga olib 
borishdi va qo‘limga so‘zlar jadvalini berishdi. Men o ‘qiy boshladim. Va 
erishgan muvaffaqiyatlarimdan behad xursand bo‘ldim”. 9 yoshga 
to ‘lganda esa namoz o ‘qiganligi, 12 yoshda o ‘z tengqurlari bilan suhbatlar 
o ‘tkazganligi va nihoyat 21 yoshda otasining bor mol-mulkini 
boshqarganligini hikoya qiladi: “Otam amir Tarag'ay va uning 
fuqarolarining ekini shu yil m o‘l hosil berdi, qaramol va yilqi ham juda 
ko‘p tug'ildi. Har o‘n xizmatkorni birini boshliq qilib qo‘ydim, har 20ta 
otni bir podaga ajratdim, har podani bir xizmatkorga topshirdim. Menga 
qarashli molu-mulkni boshqarishni maxsus ishonchli xizmatkorga 
topshirdim”. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Temur yoshligidanoq 
juda tadbirkor bo‘lgan, boshqaruvni nozik sirlarini bilgan.
91


Temurning dunyoqarashida davlatga, harbiy ishlarga boigan qiziqish 
juda erta o ‘yg‘onadi. Bu haqida shunday deydi: “Men 10 yoshda o ‘zimda 
favqulodda hukmronlik va ulu giik alomatlarini his qildim. 18 yoshimda 
o ‘zimning suvoriylik va ovchilik hunarim haqida ko‘p o'yladim. Umrimni 
Qur'on o ‘qish, shatranj o ‘ynash va ot minish mashqlariga sarf qildim”.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin