To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

za k o t
va 
bojlami, mamlakat chorvalarini, ulami o ‘tloq-yaylovlarini boshqaravchi va 
bulaming barchasidan keladigan soliqlami daromadlarini jamlab, omonat 
tariqasida ushlab turadigan vazir Egasiz mulklami merosxo‘rlarga berish 
bilan shug‘ullangan.
4-vazir, saltanat ishlarini yurituvchi vazir. U butun saltanatning 
idoralari kirim-chiqimi, xazinadan taomlar uchun sarf qilinadigan 
xarajatlar, otxona va boshqa jonzotlarga qilinadigan xarajatlar bo'yicha 
vazir. Bulardan tashqari chegara tumanlari bo'yicha ham uchta vazir 
tayinlangan. Ular sarhadlar va tobe mamlakatlar muammolari, daromad­
larini idora qilganlar. Bosib olingan yerlardagi vazirlardan 7 tasi 
Devonboshga bo‘ysungan. Kelib tushgan arizalar bilan shug'ullanuvchi 
“ariza begi-dodxox” mansabi mavjud boigan.
Amir Temur ulkan saltanatni uluslarga bo iib idora qilgan. U o'ziga 
bo'ysungan butun viloyat va mamlakatlami 4 o 'g iig a ulus qilib bergan. 
To‘ngich o ‘g ‘li Muhammad Jaxongirga Balx viloyati 12 ming qo‘shin 
bilan, o ‘g ‘li Umar Shayx Mirzoga Fors viloyati 10 ming askarga 
qo‘mondonlik qilish uchun, Mironshohga Ozorbayjon, Iroq va Armaniston 
9 ming askar bilan va kenja o ‘g ‘li Shohruxga Xuroson, Jurjon, 
Mozondoron, Seyiston viloyati va 7 ming askarga qo‘mondonlikni bergan.
Temuriylar davlatining mahalliy boshqaruvi tizimi va ma'muriy 
boiinishi butun davlat okrug-nohiyalarga, o ‘n mingliklar-tumanlarga, 
mingliklar xazoraga, yuzliklar sad va o ‘nliklar dahalarga boiingan. 
Mahalliy boshqarishning "o‘nliklar" tizimi mavjud boiib, uning asosida 
askar yetkazib berish ya'ni tumanlar 10.000., xazoralar-1000, sadlar-100, 
dahalar 10 askar qurollantirib yuborishi ko‘zda tutilgan.
Temuriylar davlati sud hokimiyati, harbiy qo‘shin va soliq tizimi
Temur davlatida sudlov ishlarini qozilar tomonidan amalga oshirlgan 
b o iib , ular fuqarolar, harbiylar, ruhoniylar va xizmatchilar ishlarini 
ko‘radigan qozilar turlariga boiingan. Har bir shaharda Dorul-omonat 
ya'ni 
hukumat 
uyi, 
Dorul-adolat 
qozixonalar 
mavjud 
boigan. 
Yuqoridagilarga ko‘ra temuriylar davlatida qozilar 4 ga boiingan;
1. Qozi-askar: -lashkarlar, sipohlar uchun qozi.
97


2. Urf- odatlar bilan bog‘liq ishlami ko'ruvchi Axdos qozi.
3. Ruhoniylar bilan bog‘liq ishlami ko‘ruvchi Shayx-ul-islom.
4. Aslzodalar bilan bog‘liq ishlami ko‘ruvchi Ixdom qozisi.
Temur tuzuklariga ko‘ra, qozilar asoslangan hukm va qaror 
chiqarishi zamr bo‘lgan. Agar tomonlardan biri qozining chiqargan 
qaroridan norozi bo‘lsa davlat boshlig'iga shikoyat qilish lozim bo‘lgan. 
Butun mamlakat bo‘yicha qozilar faoliyatini nazorat qilish kozikolonga 
yuklatilgan.
Temur davlatida alohida muassasa “Adolat devoni” bo'lgan. U 
asosan, davlatga qarshi qaratilgan jinoyatlar, boshqarish tartibiga va 
mansabdorlik jinoyatlarini ko‘rib, tegishli jazo tayinlangan.
Temur davlatida maxsus jinoyat qidiruv mirshabligi bo'lgan. U 
savdo karvonlari harakati xavfsizligini ta’minlash, bosqinchilar va o ‘g ‘rilar 
to‘dalarini topish va qo‘lga olish, shariat qoidalarini buzganlarga, 
darbadarlarga, tilamchilarga qarshi choralar ko‘rish bilan shug‘ullangan.
Amir Temuming nomini dunyoga mashhur qilgan hamda uni 
Sohibqiron, ya'ni shohlarni shohi degan unvonga sazovor bo‘lishi 
zaminida uning shavkatli amirlari, lashkarlari turadi. Gap shundaki, u 
hokimiyat uchun kurashga kirgan kunidan boshlab, ana shu sipohni tuzish 
va uning kuch-qudratini doimo yuksaltrishga alohida e'tibor berdi. Eng 
oliy bosh qo‘mondon Temuming o ‘zi hisoblangan, u bo‘lmagan vaqtlarda 
qo‘shinlar ishi yuzasidan noibi bosh amir, Amim-ul-umaro boshchilik, 
qilgan. Tuzuklarda ko‘rsatilishicha bu unvonga 5 kishi sazovor bo‘lgan, 
qoidaga ko‘ra “Amir ul-umaro” unvoniga sazovor bo‘lgan kishilar chegara 
nohiyalaming hokimi, o ‘z yo‘l ostidagi viloyatlaming harbiy va fuqaroviy 
hukmdori hisoblangan. Ulardan keyingi darajada 4 ta “beklar begi” turgan. 
Amirlar 1-12 darajali amirga bo‘linib, darajasiga qarab 1-12 mingta 
qo‘shinga boshchilik qilgan. Umsh vaqtida ular amiri ul-umaroning 
noiblari hisoblangan. Sipoh tashkil qilishda Temur ularga 10 boshi, 100 
boshi, mingboshi, amirlar tanlashda bevosita jang maydonida o ‘zining 
mahoratini ko‘rsatgan kishilami tanlaydi. Bu haqida uning o ‘zi shunday 
deydi: Cherik tuzib navkar olmoqda 3 qoidaga amal qildim. 1-dan 
yigitning kuch-quvvatiga, 2-dan qilichni o ‘ynata olishiga, 3-dan aql- 
zaqovatiyu - kamolotiga e'tibor qildim. Shu uch fazilat jamuljam bo‘Isa 
navkarlik xizmatiga oldim.
Yurish vaqtida ulus va tuman amirlari har chodir (o‘tov) 1 otliq har 2 
(кара chayla) 1 otliq, har 1 o ‘troq aholidan 1 otliq miqdorida qo‘shin 
to ‘planishi lozim. Qo‘shin ichidagi tuzilish o ‘nlar tuzumiga asosan tuzilib, 
ular boshida o ‘nboshi, yuzboshi, mingboshilar turgan. Temur o ‘z sipohni
98


tuzishda tabiiy qonunchilikga amal qiladi. Shuningdek, ularning boshlig‘i 
qilib, o ‘zlarining orasida hammalaridan ham botirini, shijoati ortiqroq 
jangchini tanlab, qolgan to'qqiztasini roziligi asosida o ‘nboshi qilib 
tayinlaydi. Bu holat 100 boshi va ming boshilarga nisbatan ham 
qoilangan, bu esa o ‘ziga xos harbiy demokratiyani belgisi edi.
Amir Temur o ‘matgan qonun va qoidasiga binoan lashkarlar orasida 
biror-bir kimsa o isa, yoki qochib ketsa uning o ‘miga yangi kishi taynlash 
qo‘yidagi tartibda o ‘tkazilgan: oddiy jangchi o ‘nboshi, o ‘nboshi 100 boshi, 
100 boshi esa mingboshi boiishiga huquq beriladi. Bu o ‘zgarishlar va 
yangi tayinlanganlar haqida va uning sabablarini shaxsan o ‘zini xabardor 
qilishlarini talab qilgan. Amir Temur jang maydonlarida hamda saltanat 
ishlarini boshqarishda mingboshning hukmi yuzboshiga, yuzboshining 
hukmi o ‘nboshiga va 10 boshining hukmi q o i ostidagi jangchilarga qat'iy 
qilib belgilab qo'yadi. Agarda kimda kim bu qoidani buzsa, u qonuniy 
jazoga tortilib, o ‘z lavozimidan bo‘shatilgan va o ‘miga yangi shaxs 
tayinlangan.
Amir Temur faqatgina o ‘z sipohini tashkil etish yoki uning 
jangovorligini oshirish ishlari bilangina emas, balki u sipohning ichki 
masalalari, sipohga ulusda oziq-ovqat, maosh turli moddiy in’omlar qilish, 
tanho taqsimlash, ya'ni ayrim amirlarga, mingboshi, yuzboshilari uchun 
boylik, yer-suv, amirlik mansabini berish, martabalarga tayinlash 
qoidalarini ishlab chiqqan va amalga oshirgan. Maosh tayinlashni 
quyidagicha amalga oshirgan:
Odiy sipoh o ‘z vazifasini o ‘rinlatib bajarganda unga mingan otining 
bahosi berilgan, bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan 4 ot bahosigacha. 
0 ‘nboshilaming maoshi q o i ostidagi oddiy sipohiydan 10 barobar ortiq 
boigan. Yuzboshilaming maoshi esa 10 boshilaming maoshidan 2 
barobar, mingboshning maoshi esa, 100 boshining maoshidan 3 barobar 
ortiq belgilangan. Askarlaming maoshi ko‘rsatgan xizmatlariga qarab 
berilgan. 
Bundan 
tashqari 
alohida ko'rsatgan 
xizmatlari 
uchun 
(qahramonliklari uchun) “ulufa”, “tanho” kabi rag‘batlantirishlar joriy 
qilingan.
Agarda sipohiylardan qaysi biri jangda xatolikka yo‘1 qo‘ysa, uning 
maoshi o ‘ndan birga kamaytirilgan. Maoshni belgilash “devon begilar” 
orqali amalga oshirilgan.
Amirlar va amir ul-umarolarga sarxad yerlaridagi viloyatlardan biri 
“tiyul” mulk (soliq y ig ib olish uchun topshiriladigan viloyat, yer mulk) 
qilib belgilangan.
99


Amir Temur o ‘z qo‘shinining yaroq va jihozlari haqida doimo 
g ‘amxo‘rlik qilgan. Oddiy askarlar 18-1 chodir, 1 qilich arra bigiz. 1 qop, 
Bahodirlar 5-1 chodir har biri temir sovut, dubulg‘a qilich o ‘q 5 ta ot, 
yuzboshilar har biriga 1 chodir, 10 ot, sovut, mingboshilar 1-1 chodir, 
soyabon, boshqa aslaha qurol yaroq ko‘tara olganicha.
1-amir 110 ot, 2-chisi 120 ta ot, 3-si 130 4-chisi 140 ta ot. Amir 
Temurni o ‘zi esa 300dan kam bo‘lmagan ot olishi belgilab qo‘yilgan.
Urush va tinchlik paytlarida sipoh va o ‘rda 4 tarafdan qo‘riqlab 
turilgan. 
Sipohlar, 
amirlar, 
yuzboshi, 
mingboshilar devonxonaga 
majlislarga bosh kiyimsiz, qilichsiz kirishi mumkin bo‘lmagan. Hamma 
vaqt 12 ming askar qorovullikda turgan. Har kecha 1000 kishidan 
soqchilik qilib turishgan. Har 100 soqchiga 100 boshi tayinlanib, 
shartlashgan mahfiy so‘z aytilgan
Qo‘shin tuzishda yuqoridagi tamoyillarga, qoidalarga qat'iy amal 
qilish natijasida Amir Temur o ‘rta asrlarda misli ko‘rilmagan jan- 
gavorliklarni qo‘lga kiritgan va eng og‘ir shiddatli janglarda ham doimo 
zafar qozongan.
Ko‘p ming sonli armiya va boshqaruv apparatini moliyaviy 
ta'minlashning asosiy yo‘li turli soliqlarni yig‘ish bo‘lgan. Temur davlatida 
olinadigan soliqlar quyidagilardan iborat bo‘lgan.
1. Xiroj-solig‘i (naqd pul yoki mahsulot)
2. Sovarin-oliy martabali shaxslarga qilinadigan tortiq.
3. Qo‘nalg‘a-safar paytida olinadigan soliq.
4. Shilon puli-podsho va oliy mansabdorlaming ovqati uchun 
yig‘iladigan soliq.
Xiroj miqdori daromadning uchdan biri miqdorida undirilgan.
Shuningdek, tashlab qo‘yilgan yerlami ishlab, hosildor yerga 
aylantirgan dehqonlardan, hosilning birinchi va ikkinchi yili o ‘zi 
xohlaganicha soliq to ‘lab, 3 yildan boshlab umumiy asoslarda soliq 
to‘laganlar.
100



Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin