i
boshqarishda uchragan har qanday voqea va ishni to‘ra va tuzuk asosida
i
bajardim”.
!
Dinu shariat tuzukini tartibga keltirganimdan so‘ng, saltanatim
E
korxonasining tuzugini tuzishga kirishdim. Saltanat ishlarini qonun va
qoidalar (to‘ra va tuzuk)ga solib, uning martabalari tuzukini quyidagilarga
tayanib tuzdim: Birinchidan, saltanatim qonun qoidalarini islom dini va
kishilaming eng xayrlisi (Xazrati Muhammad)ning shariatiga bog‘lab,
izzatu hurmatlash vojib bo‘lgan onhazratning avlodi va sahobalariga
muhabbat bildirgan holda ulami mustahkamladim,saltanatim martabasini
qonun-qoida asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlarini aralashib,
ziyon yetkazishga hech bir kimsaning qurbi yetmasdi.
Ikkinchidan, sipohi raiyatni umid va qo‘rquv orasida saqladim.
i
Do‘st-dushmanni murosayu-madora martabasida tutdim. Qilmishlarini,
[
aytgan gaplarini gohida sabr-toqat, gohida bilib bilmaslikka olish bilan
[
o ‘tkazdim. Do‘st-dushamanlardan kimki menga iltijo qilib kelgudek
bo‘lsa, do‘stlarga shunday muomila qildimki, do‘stligi yanada ortdi,
’
dushmanlarga esa shunday munosabatda boidimki, ulaming dushmanligi
i
do‘stlikka aylandi.
I
Menda biron kimsaning haqi boisa, haqini hech vaqt unutmadim.
!
В iron kimsa bilan tanishgan boisam uni hech vaqt nazarimdan chetga
qoldirmadim.
Uchinchidan, hech kimdan o ‘ch olish payida boimadim. Tuzimni
;
tatib menga yomonlik qilganlardan hech narsa talab qilmay, ulami
parvardigoru olamga topshirdim.
Ish ko‘rgan, sinalgan shijoatli er-yigitlami qoshimda tutdim, sofdil
kishilar sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq boidi. Nafsi
yomon himmatsiz kimsalarimni, ko‘ngli buzuq qo‘rqoqlami majlisimdan
quvib yubordim.
To‘rtinchidan, ochiq yuzlilik, rahm shavkat bilan xalqni o ‘zimga rom
qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr zulumdan uzoqroq boiishga intildim.
Amir Temurning takidlashicha, agar hukmdor davlatda kuchli
hokimiyat boiishini istasa quydagilarga amal qilishi kerak: “Saltanat
103
korxonasi Tagri Taolo korxonasining bir kichik nusxasidirki, unda turli
mansabdagi xodim va xizmatchilar (amal va fe’li) noiblar, eshik og‘alari
(hujjat) bordir, ulaming har biri martabasiga yarasha o ‘z yurishlari bilan
mashhurdir. Hech biri o ‘z martabasidan chetga chiqmaydi va doimo
Ollohning amriga muntazir bo‘lib turadilar.
Amir Temur o ‘zining “Tuzuklari”da vazirlar qanday bo‘lishlar
zarurligi haqida ham fikr bildirib, jumladan shunday deydi: "Amir
qildimki, vazirlar ushbu to‘rt sifatga ega bo‘lgan kishilardan bo‘lishlari
lozim; birinchisi - asillik, toza nasllik; ikkinchisi - aql farosatlilik;
uchinchisi - sipohi - raiyat ahvolidan xabardorlik ularga nisbatan xushmo-
malalik bo‘lishlik; to‘rtinchisi - sabr - chidamlik, tinchliksevarlik. Kimki,
shu to‘rt sifatga ega bo‘Isa, unday odamni vazirlik martabasiga loyiq deb
bilsinlar. Uni vazir yoki maslaxatchi etib tayinlasinlar. Bunday vazirga
to‘rt imtiyoz; ishonch, e'tibor, ixtiyor va iqtidor berilsin.
Sohibqron vazirlarga xos bo‘lgan noyob fazilatlarni sanar ekan, yana
bunday deb yozgan edi: “Kamolga erishgan vazir ul kim, davlat
muomalasini tartibga keltirib, mulkiy va moliyaviy ishlami to‘g ‘rilik bilan
asl-nasli tozaligini ko‘rsatib ajoyib tarzda ko‘rsatadi”.
Uning takidlashicha: “Qaysi vazir soflilik, to ‘g ‘rilik bilan vazirlik
ishiga kirishib, davlatning, moliyaviy-mulkiy ishlarini diyonat, savob bilan
nafsi buzuqlik qilmay, omonatga xiyonat etmay, bajarar ekan, unday
vazimi eng oliy martabalarga yetkasinlar”.9
Ma'lumki, Amir Temur bir vaqtlar o ‘zi ham vazir bo‘lgan. Shuning
uchun uning barcha siru-asrorlaridan voqif bo‘lgan. Bu haqida uning o ‘zi
shunday deydi: “Xalqqa yordamu-madad berish maqsadida men ham
Tug‘luq Temurxonning o ‘g ‘li Ilyosxo‘jaga vazirlik hamda sipohsolarlik
qilishga rozi bo‘lgan edim. Tangri Taoloning bandalariga yordam
qilganimdan bo‘Isa kerakki, Olloh Taolo menga saltanat martabasiga
yetkazdi”.10
Xos ul-xos navkarlarimdan uch yuz o ‘n uch kishiga amirlik mansabi
berishni buyurdim, chunki ular asli toza, pok nasllik, aql-farosatlik,
bahodir, dovyurak, tadbirkor, sergak, ehtiyotkor, oldini va orqasini o ‘ylab
ish tutadigan kishilar edi. Ularning har biriga o ‘rinbosar tayinladim. Agar
axnirlardan birontasi vafot etsa, u holda, o ‘rinbosari uning o ‘miga o ‘tiradi.
Uni amirlikka nomzod (muntazir ul amorat) deb aytadilar.
Tajribalardan sinab bildimki, jangning sir asrorlarini, g ‘anim
askarlarini sindirish yo‘lini bilgan, jang qiziganda o ‘zini yo‘qotmasdan,
9 “Tem ur Tuzuklari”. 75-bet.
10 ‘T e m u r Tuzuklari". 76-bet.
104
qo‘l-oyog‘i bo'shamasdan, lashkar favjlarini jangga boshlay oladigan,
rahna tushsa uni tezda tuzata oladigan kishi amirlik va hukmdorlikka loyiq
hisoblanadi.
Amirliklarda amirlar, mingboshilar, yuzboshilar, o'nboshilar va
boshqa sipohiylarga quyidagi tartibda maosh berilgan: oddiy sipohiyga o ‘z
vazifasini o'rinlatib bajarishi sharti bilan maoshi mingan otining bahosi
boigan. Bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan to ‘rt ot bahosigacha,
o ‘nboshilar maoshi q o i ostidagi oddiy sipoxiylardan o ‘n baravar ortiq,
yuzboshilar maoshi oiiboshilarga qaraganda ikki baravar ko‘p,
mingboshilarniki esa ziyoda etib belgilangan.
Sipohiylardan qaysi biri xatolikka y o i qo‘ysa, maoshidan o ‘ndan
birini kamaytirganlar.
Amir Temur saltanatni o ‘z erkida saqlash uchun o ‘n ikki narsani
o ‘ziga shior qilib oldi jumladan: o ‘z so‘ziga ega boiish, ishini o ‘zi bilib
qilish, ya'ni raiyat podshosining aytgan so‘zini, qilgan ishini o ‘zi aytishi.
“Sultonni har narsada adolat-pesha boiishi, qoshida insofli, adolatli
vazirlar saqlashi, toki podshox zulm qilgudek boisa, odil vazir uning
chorasini topsin”. Butun mamlakatda buyruq farmon berish ishlarining
podsho ixtiyorida boiishi. Podshohning o ‘z qarorlarida boiishi, ya'ni har
qanday ishni qasd qilar ekan, to bitirmaguncha undan q o i tortmaslik.
Podshohlik ishlarini tamoman boshqaga topshirib, erkni unga berib
qo‘ymaslik. Saltanat ishlarida har kimning so‘zini eshitish, har kimdan fikr
olish, qaysi biri foydaliroq boisa, uni k o ‘ngil xazinasida saqlab, vaqtida
ishlatish.
Saltanat ishlarida sipohu raiyatga b og iiq masalalarda
boshqalaming so‘z va fe'liga qarab amal qilmaslik. Podshoh hay’ati sipohu
raiyat ko‘nglida shunday o‘mashgan boiishi kerakki uning amr-farmoniga
hech kim qarshilik qilishga jur’at etolmasin. Podshoh nima qilsa o ‘z
erkicha qilsin, nima desa o ‘z so‘zida tursin. Saltanat ishlarida, hukm
yurgizishda podshoh o ‘zini yagona bilib, hech kimni o ‘ziga saltanat sherigi
qilmasin. Podshoh majlis ahvolidan ogoh va hushyor boisinkim, ular
ko'pincha ayb axtarib, uni tashqariga tashiydilar.
Amir Temur o ‘z tuzuklarida davlat arboblarining va qo‘shin
boshliqlarining ham burch hamda vazifalari xususida o ‘z fikrlarini bayon
qiladi. Vazirlarning xizmat qilish turi quyidagicha amr etilgan: To‘rt vazir
har kuni devonxonada hozir boisinlar. Birinchi-mamlakat va raiyat vaziri,
bu vazir mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolami, raiyat
ahvolini, viloyatlardan olingan hosil, soliq, oiponlar, ularni taqsimlash,
kirim-chiqimlami, mamlakat obodonchiligini, aholining farovonligini,
xazinani qanday qilib tartibga keltirayotganini menga bildirib tursin.
105
Ikkinchi-sipoh vazirdirkim, u sipohiylaming maoshlari, tanholarini
bosbqarsin va tarqoq holatga tushib qolmasligi uchun doimo sipoh
ahvolidan ogoh bo‘lib tursin, ulaming ahvoli to‘g ‘risida menga xabar berib
tursin.
Uchinchisi-egasiz qolgan, о ‘lib ketgan, qochganlarga tegishli
mollami, kelib-ketayotgan savdogarlar mol-mulkidan olinadigan zakot va
bojlami, mamlakat chorvalarini, ulaming o ‘tloq va yaylovlami boshqarib,
bulaming hammasidan yig‘ilgan daromadlami omonat tarzida saqlaydigan
vazirdir.
To‘rtinchisi-saltanat ishlarini yurituvchi vazir. U butun saltanat
idoralarining kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilingan taom xarajatlardan
ogoh bo'lishi kerak. Shu tariqa Amir Temur barcha davlat arboblarini
hamda qo‘shin boshliqlarining burch va vazifalarini belgilab bergan.
Amir Temur xizmatchilarini taqdirlashga alohida e'tibor bergan, u
amirlar, vazirlar, sipoh hamda raiyatni taqdirlab, in'om va sovg‘alar berish
yuzasidan quyidagi tuzuklami belgilaydi: qay si bir amir biron mamlakatni
fath etsa yo g ‘anim lashkarini yengsa, uni uch narsa bilan mumtoz
qilsinlar: birinchisi-fahrli xijob. Tug‘ va nog‘ora berib uni “bahodir” deb
atasinlar. Ikkinchisi-uni davlat va saltanat sherigi bilib, kengash majlisiga
kirgizsinlar. Uchinchisi-unga chegara viloyati topshirilsin va o ‘sha yerlik
amirlar unga bo‘ysinsinlar. Agar amirlardan qaysi birovi to‘rani (xon
o ‘g‘lini) yengsa yoki biron amirga shikast yetkazsa, yo biron o ‘lkani
mag‘lub etsa, uni yuqoridagi yo‘sinda mukofotlasinlar. Jangda o ‘zini
ko‘rsatib, qarshisidagi g ‘anim lashkarini sindirgan bir amirning marta-
basini oshirsinlar.
0 ‘nboshi, yuzboshi, mingboshilardan qaysi biri dushman safini
buzib, o ‘z qarshisidagi askar favjini sindirsa, o ‘nboshi bo‘lsa shahar
hokimligini bersinlar. Yuz boshi bo‘Isa, uni biron mamlakat hukmdori
etsinlar.
Amirlardan qaysi biri g ‘anim qo‘lidagi biron mamlakatni fath etib
dushman tasarmfidan ozod qilsa shu mamlakatni uch yilga unga in'om
tariqasida bersinlar.
Qaysi bir askar qilich chopib bahodirlik ko‘rsatsa, unga in'om
tariqasida cho‘mok, qimmatbaho toshlar qadalgan о ‘tog‘a, kamor tuma
bellik qilich va bir ot bersinlar, o ‘nboshilik martabasiga ko‘tarsinlar.
Ikkinchi bor bahodirlik ko‘rsatsa yuzboshi martabasiga yetishadi.
Amir Temur shu tariqa amirlar vazirlar, sipohlar hamda raiyatning
ko‘rsatgan bahodirligiga qarab taqdirlab, in’om sovg‘alar berishni joriy
etgan.
106
"Tuzuk" yozish odati Amir Temurdan avval ham, keyin ham bo‘lgan.
Bu asarlarda davlatni idora qilish tartib-qoidalari, turli mansab egalarining
vazifalari, xayri-sadaqa qilish tartib-qoidalari turli mansab egalarining
vazifalari va unga amal qilish tartibi, soliq solish va uni to ‘plash tartibi,
harbiy yurishlami o ‘tkazish va qo‘zg‘olonni bostirish qoidalari bayon
etiladi.
"Temur tuzuklari" ana shunday asarlardan biridir. "Temur tuzuklari"
Amir Temur tarixi uning zamonida aniqrog‘i 1342-1405 yillar orasida
Movarounnahmi ijtimoiy-siyosiy ahvoli Temur va temuriylar davlati
hamda qo‘shining tuzilishi, o ‘sha yillarda Temur davlatining qo‘shni
mamlakatlar va xalqlari bilan boigan munosabatlari haqida hikoya qiladi.
Temur davrida davlat asosini 12 ijtimoiy toifa tashkil etgan, uning
taqdirini esa uch narsa: podsho, xazina va askar hal qilgan Amir Temur
o ‘zining
ulkan
imperiyasini
uluslarga
b o iib
idora
qilgan.
Movarounnahrdan boshqa uning tasarrufida boigan barcha viloyatlar va
mamlakatlar to‘rt ulusga boiinib ularga Temurning o ‘g ‘illari hukmronlik
qilgan.
“Tuzuklar”da vazirlar, amirlar va voliylar haqida ham muhim
ma’lumotlar keltirilgan. Vazirlar deyiladi "Tuzuklar”da, saltanat ustun-
laridir... Mamlakat obodonchiligini, raiyatning tinchligini sipoharning
birligini, xazina boyligini doimo ko‘zda tutadilar. Davlat, saltanat ishlarini
yuzaga chiqarishda kamchilikka yo‘1 qo‘ymaslik, saltanatga zararli
narsalarni qaytarishda molu-jonini ayamaydilar.
Xulosa qilib shuni aytish joizki “Temur tuzuklari” bu faqat Amir
Temurning tarjimai holidan iborat asar emas, balki Movarounnahming hali
yaxshi o ‘rganilmagan ijtimoiy-siyosiy tarixi hamdir. Ikkiichidan, bu asar
Amir Temur asos solgan nisbatan markazlashgan feodal tuzilishini, XIV
asrda jahonga dahshat solgan Temur qo‘shining tarkibi, feodal
munosabatlarini va boshqa ilmiy masalalarni o ‘rganishda muhim manba
vazifasini o ‘tashi mumkin.
“Temur tuzuklari”ni o'rganish hozirgi kunda juda muhimdir, chunki
uning tuzuklari ko‘pchilikni muomala madaniyatini o ‘rganishga, o ‘zini
idora etishga o ‘rgatadigan manbalardan biridir. "Temur Tuzuklari" - 0 ‘rta
Osiyo xalqlarining harbiy sanatini o'rganishda ham muhim vazifani o ‘tashi
mumkin.
107
|