To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti


Amir Shohmurod islohotlari



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

Amir Shohmurod islohotlari.
Buxoro amirligida mang‘itlar sulolasidan Amir Ma'sum al-Ma'ruf, 
ibn Doniyolbiy otaliq Shohmurodbiy (1785-1800) davlat hokimiyatini 
mustahkamlash bo‘yicha qator islohotlar o ‘tkazgan. U o ‘tkazgan islohotlar 
uning topshirig‘iga binoan 1789-yilda Mirzo Bodi devon tomonidan 
yozilgan “Majami al-arqam” (Raqamlar va ruqumlar) asarida keltirilgan.
Asar tuzilishiga ko‘ra, 5 bob va mansabdorlar haqidagi ilovadan 
iborat. Unda davlat devonida xizmatni qanday o ‘tash, kirimchiqim 
daftarlari, davlatning ma'muriy xo‘jalik bo‘linishi tamoyillari yoritilgan. 
Ma'lumki, davlat kirim-chiqimlari xazina boyliklari miqdorini sir tutish va 
uni o'zgartirish, soxtalashtirishning oldini olish uchun faqat katta 
mirzolargagina ma'lum bo‘lgan devon daftari raqumlar va siyoqat (alohida 
raqamlar) bilan yozilgan.
Asaming ikkinchi-uchinchi boblari ana shunday yozuv va ularning 
sirlariga bag‘ishlangan. Beshinchi bobi-astronomiya. Arifmetik harakatlar 
jadvalidan iborat, to‘rtinchi bobi esa arifmetika, geometriya, algebra hisob- 
kitoblari va qoidalariga bag‘ishlangan
Mansablar haqidagi ilovada esa, Buxoro amirligidagi 135 dan ortiq 
katta va kichik mansablar, vazifalar va ularning vakolatlari haqida hikoya 
qilinadi.
Asarda davlat boshliqlarining birinchi navbatdagi vazifalari armiya 
ta'minoti ekanligini ta'kidlab, uning esa yig‘im tushumlariga bog‘liq 
ekanligini ko‘rsatib o ‘tilgan. Soliq yig‘uvchilar oldiga yuksak talablar 
qo‘yilgan. Soliq yig'uvchi soliqchilar, to‘la hech qanday aldovlarsiz, 
qonunlarni buzmasdan o ‘z burchlarini bajarishlari, barcha xalqlarda tartib 
saqlashlari, ishni oxirigacha olib borishi, xazina egaligidagi mulkni, 
kishilaming huquqlarini qo‘riqlashi lozimligi ko'rsatilgan.
Shuningdek asarda Buxorodagi mulk egaligi shakllari bo‘yicha ham 
ma'lumotlar uchraydi.
Mamlakatning pul va mablag‘larini 4ta xazinaga bo‘linishi, ya'ni 
qaysi manbadan kelishiga qarab 4ga bo‘lingan, buni Buxoro amirligi 
davlat budjetining 4-moddasi deb atash mumkin:
1-zakot, ushr va Xums (harbiy o ‘ljaning kambag‘allar uchun 
ajratilgan 5/1 qismi) soliqlaridan keladigan mablag‘lar to ‘plangan.
123


2-xiroj, juzya va musulmon bo‘lmagan savdogorlardan olinadigan 
soliqlardap tushadigan mablag‘lar.
3. Egasiz mulklardan xazinaga tushadigan mablag‘lar (ular 
kambag‘allar, yetimlar bemorlarga sarflangan).
4. Topib olingan mulklardan tushadigan mablag‘lar (u zakotdan 
foydalanuvchilarga berilgan)
Asarda Buxoro amirligining ma'muriy bo‘linishi haqida ma'lumotlar 
berilgan, unga ko‘ra davlat, viloyatlar, tumanlar, xazora, yarim xazora, 
obxor, norma, mazralarga boiinganligi, bir qator ariq bilan sug‘oriladigan 
100 ming tanob yer bir tumanni tashkil qilishi ularning 12ta nomi 
ko‘rsatilgan, bir katta ariq bilan sug‘oriladigan 50 ming tanob yer xazora, 
25 tanob yer esa yarim (nim) xazora, 10, 15 ming tanob sug‘oriladigan yer 
esa daryoning obkori, 400 tanob yerli aholi yashaydigan qishloq qoriya, 
300 tanob va undan kam yeri bo‘lgan aholi yashaydigan joy mazra'a deb 
atalgan.
Shohmurod birinchi navbatda, o‘z islohotlarida soliqlarni tartibga 
keltirishga qaratgan. U butun Buxoro shahri aholisiga Tarxon yorlig‘i 
berib, xalqni harbiy soliqdan boshqa barcha soliqlardan ozod qilgan. 
Avvallari joriy qilingan shariatga zid bo‘lgan yorg‘u, boj, tarx, tushmol, 
yasoq va boshqa soliqlarni bekor qilgan.
Shohmurod o ‘tkazgan sud islohotlariga ko‘ra:
«Наг bir musulmon, hatto qul ham qoziga o ‘z shikoyati bilan 
kelishga va o'zining xo'jayinining g ‘ayriqonuniy ish qilayotgan boisa, uni 
javobgarlikka tortishga haqli qilib qo‘ygan» edi. Bundan tashqari qirq 
a'lam (qonunshunoslar)dan iborat. Oliy sud (qozixona) palatasini tuzgan. 
Uning a'zolari shariat huquqi asosida Shohmurodning o ‘zi tuzib bergan 
to‘plamni qo‘llariga ushlab olib, arz va shikoyatlami hal etishda mana shu 
risolaga qarab ish ko‘rishgan. Ish ko‘rilayotganda amiming o ‘zi bosh 
bo‘lib turgan. Bundan tashqari ish ko‘rilayotganda da'vogaming shaxsan 
o ‘zi ishtirok etishi talab qilingan. Tumanlar va kattaroq qishloqlarga 
(kasabalarga) ham qozilar tayinlangan. Amir Shohmurod davrida Buxoro 
amirligida yangi sud tizimi: kasabalar, tumanlar, viloyatlar qozilari, Bosh 
qozi hamda “qirq a'lam” sudi vujudga kelib, eng oliy qozi Amirning o ‘zi 
bo‘lgan.
Amir 
Shohmurod 
bundan 
tashqari 
obodonchilik, 
ayniqsa, 
Samarqandni qayta tiklashga, unga boshqa joylardan ko‘plab aholini 
k o ‘chirib kelishi ham katta ahamiyatga ega.
Temuriylar davlati tarkibiga kirgan Xorazm vohasi 1505-yilda 
Shayboniyxon tomonidan bosib olingan bo‘lsa, keyinchalik, 1510-1512-
124


yillarda esa Eron shohi davlati tarkibiga kirgan. Xorazmning obro‘li 
shayxlaridan bo‘lgan Shayx ota avlodlari Dashti qipchoqlik o'zbeklar 
yo'lboshchisi Elbarsxonga Xorazm taxtini taklif qiladilar. Elbarsxon 
Xorazm poytaxti bo'lgan Urganch shahrini egallab, mustaqil xonlikka asos 
solgan.
1593-yilda Xivadagi o ‘zaro urushlardan foydalangan Abdullaxon II 
Xiva xonligini bosib olgan. 1598-yil Xiva xonligi yana mustaqillikka 
erishadi. Buxoro xoni, Eron shohi tomonidan bosib olingan Xiva xonligida 
1763-yildan hokimiyat o'zbek urug‘laridan bo'lgan qo‘ng‘irot sulolasi 
qo‘liga o ‘tgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Urganchda yetti yil ichida to ‘rt marotaba 
xon almashganligini ko‘ramiz. Bu yerda o ‘zbek urug‘ boshliqlarining 
ijtimoiy siyosiy hokimiyatda ta’siri kuchli bo‘lib, o'larni asosan qiyot- 
qo‘ng‘irot, uyg‘ur-nayman, qang‘li-qipchoq kabi qabila va urug‘larga 
birlashgan. 4 guruhga asosiy qabilalarga inoqlar rahbarlik qilib ular hatto 
xonlarga ham bo‘ysunishmagan.
XIX asming boshlariga kelib inoqlar faqat amalda emas balki, 
rasman ham Xiva taxtini egallashgan. Eltuzarxon Inoq Xiva taxtiga 
o ‘tirgan qo‘ng‘irotlar sulolasining birinchi xoni hisoblanadi. Uning vorisi 
Muhammad Rahim I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan.
Xiva xonligida ham o ‘sha davrga xos bo‘lgan yer egaliklari mavjud 
bo‘lib, ular davlat yerlari, vaqf yer egaligi va xususiy yer mulklaridan 
iborat bo‘lgan.
Yeming katta qismi davlat yerlaridan iborat bo‘lib, amlok, 
“mamlakat” yoki “podsholik yerlari” deb atalgan. Bunday yerlar 
dehqonlarga b o ia k qilib bo‘lib berilgan, dehqonlar u yerda ishlab davlatga 
soliq to‘lab turishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, XVII-XVIII asrlarda feodallar yerlarini tortiq 
sifatida emas, xususiy mulk sifatida sotib olish haqida bitimlar tuzilgan. 
Bunday yerlar “mulki hurri xolis” deb atalib, barcha soliqlardan ozod 
hisoblangan. Bitim davlat nomidan tuzilganligi uchun qozi huzurida 
shaxsan xonning o ‘zi ishtirok etgan va yemi sotib olinganligi haqida 
vasiqalar berilgan.
“Tanho” yerlari xonga yoki davlatga ko‘rsatilgan xizmatlari evaziga 
berilgan. Buni merosga qoldirish mumkin bo‘lmagan.
Vaqf yerlari ham keng tarqalgan bo‘lib, sug‘oriladigan va aholi 
yashaydigan yerlaming 40%ga yaqinini tashkil etgan. Vaqf yerlari ishlab 
foydalanish uchun ijaraga berilgan. Vaqfning nomlanishiga, turlariga
125


kelsak, soliqlardan ozod etilgan vaqf-oq vaqf, soliq olinadigan yer- qora 
vaqflarga bo‘lingan.
Xiva xonligida shartli yer egaligining o ‘ziga xos bir turi mavjud 
bo‘lib u “otliq” deb atalgan, bu esa boshqa xonliklarda uchramaydi. Xiva 
xonligida foydalanish uchun otliqlarga 30-50 tanob yer joriy etilgan. Otliq 
yerini olgan yer egasi xon talabi bilan bir otliq askami qurollantirib xon 
huzuriga yuborgan.
Yerlami ishlovchi asosan dehqonlar bo‘lib, ular davlat dehqonlari, 
xususiy yerlardagi dehqonlar, vaqf yerlaridagi dehqonlar, yersiz 
dehqonlarga bo‘lingan.
Xiva xonligida qulchilik mavjud bo‘lgan, ulardan uy-ro‘zg‘or 
ishlaridagina emas, balki dehqonchilikda ham foydalanganlar.
Xonlik 
iqtisodini 
asosan 
dehqonchilik 
va 
chorvachilik, 
hunarmandchilik va savdo-sotiq tashkil etib, ko‘plab kanallar va ariqlar 
muhim o ‘rin tutgan. Ulardan 11 tasi davlat ahamiyatiga ega edi.
Xonlikning ijtimoiy hayotida yakka xonlikka asoslangan o ‘rta asr 
musulmon davlatlarida bolganidek, xon va uning a'yonlari katta ijtimoiy 
huquqlarga ega edi.
Saroy amaldorlari, markaziy va mahalliy boshqaruvning yuqori 
pog‘onalarini egallab turgan ijtimoiy tabaqalar, harbiy ma'muriy 
amaldorlar va mansab egalari katta huquq va imtiyozlarga ega ijtimoiy 
tabaqa edi.
Daxlsiz huquqlarga, aholining barcha ijtimoiy tabaqalariga katta ta'sir 
ko‘rsatish kuchiga ega bo‘lgan oqsuyak tabaqa mahalliy shayxlar avlodlari 
xonlikdagi eng nufuzli ijtimoiy tabaqa hisoblanardi. Katta miqdordagi 
xususiy yer mulklarga egalik qilishdan tashqari ular odatda vaqf yerlaridan 
keladigan daromadlaming nazorat qilishda ham ko‘pgina imtiyozlarga ega 
edilar. Ularning huquqlari va imtiyozlari har qanday vaqt va sharoitda ham 
saqlanib qolinardi.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin