yurishlarida
qo‘shinlaming
soni,
harbiy
tayyorgarligi,
qo‘shin
boshliqlarining qo‘mondonlik mahorati katta ahamiyat kasb etardi.
Shayboniylar qo'shini asosan otlik va piyoda askarlardan tashkil
topgan. Qo‘shin urushda o ‘q-yoy, uzun, nayza, qilich, gurzi, uzun dastali
jang boltasi (tabarzin), changak kabi
asosiy hujum qurollaridan
foydalangan. Abdullaxon II davrida qo‘shin xorijdan keltirilgan pilta
miltiqlardan qurollantirilgan. Shayboniylar qo‘shinida navkarlar himoya
uchun qalqon (sipar)dan foydalanganlar, hamda temir simdan mayda qilib
to‘qilib, usti ipak va baxmal mato bilan yopilgan sovut-jovshan (forscha
baxtar) yoki jiba (jeva) - temir yoki po‘latdan ishlangan maxsus kiyim
kiyib jang qilganlar. Abudllaxon II davrida Yevropadan keltirilgan jovshan
(sovut) ham bo‘lgan. Urushda yaroq va o ‘q o ‘tmasligi
uchun otlar ustiga
maxsus yopinchiq gejm (kejim) yopishgan.
Qo'shin tarkibida naftandozlar, manjaniqchilar va tosh otuvchilar
ham bo‘lib, ular shahar va mudofaa qo‘rg‘onlarini egallashda katta o ‘rin
tutgan. XVI asrning 2-yarmidan boshlab Abdullaxon II qo'shinida chet
ellardan keltirilgan kichik zambaraklar paydo bo‘ladi.
Qo'shin tarkibi, uning jangovor saflanishi, jang qilish tartibi,
Chingizxon va Amir Temur qo'shinlari harbiy tuzilishi,
urush taktikasiga
asoslangan bo‘lib, unga Shayboniyxon davrida ko'chmanchi o ‘zbeklarga
xos bo‘lgan bir qancha yangi jang usullari kiritildi. (Turlama).
Shayboniylar qo'shini asosan, qalb (kavl) deb ataluvchi markaziy
qism, barong‘or (o‘ng qanot) vajavong'or (so‘l qanot) qismlaridan hamda
xirovul (qo‘shinning orqa qismi)dan tashkil topgan. Ularga xonning o ‘zi
va tajribali o ‘zbek sarkardalari boshchilik qilgan.
Qo‘shinning qanotlariga boshchilik qilgan sarkarda o ‘g ‘lon deb
yuritilgan.
Qo‘shini oldida manglay (avangard) deb ataluvchi harbiy qism yarim
doira shaklida saf tortib borgan. Uning oldida esa tez harakatlanuvchi
kichik jangovor qism - ilg'or bo‘lgan. Shayboniylar qo‘shinida umumiy
qism oldida boruvchi «qoravul» deb atalgan maxsus qism, qo‘shinining
o ‘ng va so‘l qismlari oldida boruvchi "kichik" g ‘o ‘l
deb yuritilgan
bo‘linmalar va ortidan boruvchi maxsus yordamchi bo'linma-chanoh
bo'lgan.
Qo‘shin tarkibida tug‘chi qism, ya'ni bayroq ostida ehtiyotda
turuvchi (tug‘ni qo'riqlovchi) 20-30 ming kishilik jangovor harbiy
boiinm a hamda zabongilari - ya’ni dushman tomonidan yashirin ravishda
“til” tutib keluvchi maxsus boMinma va xabarchi-dushman to‘g ‘risida
umumiy ma’lumot keltiruvchi bo‘linmalar ham bo‘lgan.
из
Harbiy yurishlar paytida xon uchun rasmiy qabul marosimlari
o ‘tkaziladigan maxsus joy-bargoh hozirlashgan.
Qo‘shinda saralangan o ‘zbek navkarlaridan tuzilgan xonning
qo'riqchilari ham katta rol o‘ynagan.
Shayboniylar
qo‘shini
ham
Chingizxon
va
Amir
Temur
qo‘shinlaridek 10 minglik korpuslar - tumanlarga bo‘lingan.
Unga Nuyon
deb ataluvchi harbiy sarkarda boshchilik qilgan. Tumanlar o ‘z navbatida
minglik, yuzlik, o ‘nliklarga bo‘lingan.
Qo‘shinni jangga hozirlash, ularning maoshini to‘lash va boshqa
tashkiliy ishlar bilan maxsus amaldor - tavochi shug‘ullangan. Qo‘shinni
qurol-yarog' bilan ta'minlashga ma'sul bo‘lgan amaldorlar -jevachi bo‘lib,
u xonning qurol-aslahalariga ham javobgar bo‘lgan.
Harbiy amaldorlar va navkarlarga xazinadan beriladigan yillik
maoshdan tashqari harbiy yurishlar paytida qolgan kiritiladigan oljadan
ham berib turilgan.
Shayboniylar davrida 40 dan ortiq turli
soliq va jarimalar mavjud
bo‘lgan. Soliq tolovchi aholi fuqaro (raiyat) deb yuritilgan va ulardan
soliqlardan tashqari jarimalar ham undirib olingan.
Yerdan olinadigan asosiy soliq xiroj bo‘lib, u ishlab chiqarilgan
mahsulotning 5/1 miqdorida pul yoki mahsulot bilan olingan.
Zakot soligl savdogarlar va chorvadorlardan olinib, uning hajmi
40/1 miqorida boigan.
Shahar aholisi hunarmandlar va do‘kondorlar maxsus soliq - tamg‘a
tolaganlar. Yirik boylar va so‘dxo‘rlarga tegishli savdo rastasida
do‘konlami ma'lum haq
evaziga ijaraga olib, o ‘z mahsulotlarini sotganligi
uchun taxti joy (tagjoy) deb ataluvchi soliq tolangan.
Boshqa dingan mansub savdogarlar o ‘z mahsulotlarining 5/1 qismini
juzya soligl tarzida tolaganlar.
Bu davrda yana ixrojot, tog‘ar, ulufa-ko‘nalg‘a, begar, madadi
lashkar, boj, tansuqot, tuxfa va
boshqa soliqlar mavjud bo lib, ularning
ko‘pchiligi butun o ‘rta asrlar davriga xos edi. Raiyat soliqlami tolashdan
tashqari turli ishlarga mudofaa inshootlarini, sug‘orish tarmoqlarini tiklash
kabilarga majburan jalb etilgan.
Dostları ilə paylaş: