Xonlik iqtisodining asosiy tarmoqlari qishloq xo‘jaligi (dehqonchilik
va
chorvachilik)
savdo-sotiq
va
hunarmandchilik
hisoblangan.
Shayboniylar davrida yer egaligining asosiy tarmoqlari mavjud edi.
1. Mulki sultoni - davlatga qarashli yerlar.
2. Mulki xolis- xususiy shaxslarga tegishli.
3. Vaqf -
diniy
mahkamalarga,
madrasa
va
masjidlarga,
qabristonlarga qarashli yerlar.
4. Qishloq jamoalari egalik qiladigan yerlar.
Mehnat qiladigan kishilaming asosiy qismi kambag‘al qishloq aholisi
bo‘lib, ular ijaraga olingan yerda dehqonchilik qilib kun kechirgan.
Manbalarda keltirilishicha, bu davrda bug‘doyning 10 xil navi, arpa,
jo ‘xori, mosh, no‘xot, makkajo‘xori va sabzavot, poliz ekinlari, sholi,
paxta yetishtirilgan.
Dehqonchilik uchun qulay bo'lgan hosildor yer maydonlari bepoyon
yaylovlar xon va uning yaqinlari, yirik harbiy-ma'muriy amaldorlarga
qarashli edi. Bu davrda iqto, suyurg‘ol va tanho kabi xususiy yer egaligi
keng tarqalgan. harbiy-ma'muriy amaldorlarga yirik din peshvolariga
davlat oldidagi xizmatlari uchun beriladigan bunday yerlarda asosan,
yersiz kambag‘al dehqonlar yollanib ishlaganlar.
Chorvachilik qishloq-xo‘jaligida yetakchi tarmoq sifatida katta
ahamiyatga ega edi.
Yirik va mayda tuyoqli hayvonlami boqish, yilqichilik, tuyachilik
ancha rivojlanadi. Yarim ko‘chmanchi hayot kechiruvchi o ‘zbek qabilalari
boshliqlari, yirik chorvador boylar, shuningdek, xon va saroy amaldorlari,
harbiy-ma'muriy mansabdorlar, din peshvolari tog‘ va tog‘ oldi
tumanlarida, dashtlarda katta-katta yaylovlarga ega boiganlar.
Dostları ilə paylaş: