To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

Qo‘qon xonligi. 
Buxoro taxtiga o ‘tirgan, Ubaydullaxon hukmronligi 
davrida (1702-1712) xonlikdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashib, 
markaziy hokimiyat yanada zaiflashgan. Bundan foydalangan Chodak
129


xo'jalari 1709-yilda Farg‘onada qo‘zg‘olon ko'tarib, mustaqil davlat 
tuzilganligini e'lon qiladi va 1710-yilda o ‘zbeklaming ming qabilasi 
boshlig‘i Shohruxbiy hokimiyat tepasiga keladi. Dastlab Qo‘qon, 
Namangan, Marg‘ilon, Konibodom, Isfara va ular atrofidagi qishloqlami 
o ‘z ichiga olgan davlat hududi Shohruxbiyning vorisi Muhammad 
Abdurahimbiy taxtga o ‘tirgandan so‘ng ancha kengayadi. Andijon, 
Xo‘jand, Buxoroga tegishli Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shahari xonlik 
tarkibiga kiritiladi. Qo‘qon qishlog‘i yaqinida yangi shahar qurila 
boshlangan. Bu shahar dastlab «Kal'ai Rahimbiy» deb atalgan. Shahar 
bitgandan so‘ng davlat poytaxti To‘raqo‘rg‘ondan Qo‘qonga ko'chiriladi 
va davlat poytaxt nomi bilan Qo‘qon xonligi deb atala boshlanadi.
Olimbek davrida (1801-1810) Qo'qonning siyosiy mavqei ancha 
oshgan. Dastlab u harbiy islohotlar o ‘tkazib, qo‘shmini ancha 
kuchaytirgan. Harbiy yurishlar natijasida Angren vohasini, Toshkent, 
Chimkent va Turkistonni o ‘ziga bo‘ysundirgan. Dastlab davlat hukmdori 
o ‘zlarini “biy” va “bek” unvonlari bilan davlatni boshqarishgan.
1805-yildan bu davlat rasman Qo‘qon xonligi deb e'lon qilindi va 
Olimxon “xon” unvoni bilan hokimiyatni boshqargan.
Xonlik tarixida «amir ul-musulimin» unvoni bilan hukmronlik qilgan 
Umarxon, uning o ‘g ‘li Madalixon “g ‘ozi” (ya'ni din homiysi, din yo‘lida 
kurashuvchi) kabi ko‘plab hukmronlari davlatni boshqargani ma'lum.
Qo‘qon xonligi yer egaligi ishlab chiqarishga asoslangan davlat 
bo‘lib, ijtimoiy tabaqalar, ularning jamiyat hayotidagi mavqei qo‘shni 
Buxoro xonligidan farq qilmagan. Davlatda xon va uning yaqinlari 
markaziy va mahalliy boshqaruvni amalga oshirgan. Vaziri ul-vuzaro, amir 
ul-umaro 
deb 
nomlangan 
ijtimoiy 
tabaqaning, 
harbiy-ma'muriy 
amaldorlaming mavqei juda yuqori bo‘lgan. Bu amaldorlar o ‘z xizmatlari 
evaziga muayyan maosh olishdan tashqari yer mulklariga ham ega 
bo‘lganlar.
Ruhoniylar, ma'lum darajada yerlari bo‘lgan dehqonlar, savdogarlar, 
hunarmandlar to‘la huquqlarga ega edi. Past huquqiy holatga ega bo‘lgan 
yersiz dehqonlar va qisman qullar ham mavjud edi. Qaram holatiga tushib 
qolgan dehqonlar ham ko'pchilikni tashkil etardi. Ayniqsa Toshkentda yer 
egalarining yer, bog‘larni ishlab berganlar “qora qozonlar” deb atalgan, 
xonlikda yollanib ishlash ham tarqala boshlagan.
Qo‘qon xonligida xonlaming yer mulklarining o ‘ziga xos shakllari 
ham mavjud boigan.
Xon va uning oila a'zolariga tegishli yerlar quyidagi shakllarda 
bo‘lgan.
130


1. Xos mulki - undan keladigan daromadlar xon saroyi va 
soqchilarga sarf qilingan.
2. Taqiq yerlar yoki quruq yerlar. Bunday yerlar ilgari barchaga, 
jamoaga tegishli haydalmaydigan dalalar, o ‘tloqlar, qamishzor va 
chakalakzorlami xonlar o ‘zlariniki qilib olishlari natijasida vujudga 
kelgan.
3. Chek yerlar. Xon va uning oila a'zolari tasarufidagi yerlar.
Bulardan tashqari amlok yerlar ya'ni davlat yerlari hamda “mulki hur
xolis” yerlar (bunday yer egaligi davlatga tegishli yerlami xususiy 
kishilarga sotish) vujudga kelgan. Yirik yer egalari, boylar yerlami sotib 
olib, undan davlat xazinasiga soliq to‘lamasdan, shu yerda ishlovchi 
dehqonlami boshqarish huquqini qo‘lga kiritgan Davlat boshlig‘i bunday 
yerlami sotishda yer egasi sifatida qatnashgan, ular vasiqalar orqali 
rasmiylashtirilgan.
Xonlikda yer egaligining “tanho” shakli ham keng tarqalgan bo‘lib, 
bunday yerlar xonga xizmat qiladigan askarlarga shartli xizmat muddatiga 
yer berilgan. Bunday yerlami boshqalarga sotish, berish, meros qoldirish 
mumkin bo‘lmagan.
Shuningdek, bu xonlikda ham xususiy va jamoa egaligidagi yerlar, 
vaqf yerlari mavjud bo‘lgan.
Qo'qon xonligida davlat boshqaruvi tizimi Movoraunnahrdagi o ‘rta 
asrlardagi davlatlar boshqaruv tizimiga juda o ‘xshash bo‘lgan.
Xonlikda mutlaq huquqlarga ega bo‘lgan va qadimgi odatlarga ko‘ra, 
saylanib qo‘yiladigan xon cheklanmagan huquqlarga ega bo‘lib, u harbiy- 
ma’muriy, diniy amaldorlar yordamida davlatni boshqargan. Dastlabki 
hukmdorlar «biy» unvoni bilan hokimiyatni boshqargan, Olimxon 
davridan (1805) esa «xon» unvoni bilan yuritila boshlagan.
Xon saroyida muhim ishlami ко‘rib chiqadigan Kengash tuzilgan 
bo‘lib, unga “mingboshi” boshchilik qilgan. A'zolari dasturxonchi, 
risolachi va у ana ba'zi muhim amaldorlar bo‘lgan. Davlatni boshqarishda 
bu Kengashning ham o ‘mi katta edi. Saroy amaldorlari ichida ming boshi 
(bosh vazir) va amiri lashkar (harbiy vazir), qushbegi - xon maslahatchi 
yoki viloyat hokimi, parvonachi (xon maslahatchisi), shig‘ovul, xudoychi 
xonning yordamchisi, tunqator, xon yotog‘i posboni, tundan topshiriqlami 
bajamvchi, noib (sarbozlar boshlig'i) otaliq, dodxoh, mextarboshi, 
dasturxonchi, to ‘qsoba, devonbegi, mirzaboshi, sarkor va boshqa muhim 
amaldorlar hisoblanganlar. Ular o‘z xizmatlari evaziga maosh va tegishli 
yer mulklari olishgan.
Mansablardan amirlashkar va mingboshilikka bir kishi tayinlangan.
131


Bulardan tashqari shariat, sud ishlariga oid mansabdor muddaris
Shayx ul-islom (rais), Oliy sud- qoziul quzot, qozikalon bosh qozi, katta 
qozi, qozi askar, maxsus qozi, a'lam (huquqiy-maslahatchilar boshlig‘i), 
mufti va boshqa mansabdorlar bo‘lgan. Bu mansablami ishga tayinlash va 
faoliyati ustidan nazorat qiluvchi mansabdor shaxs “shig‘ovul” deb 
atalgan.
Qo‘qon xonligidagi barcha mansablar uch toifaga oliy, o ‘rta va past 
darajalarga ajratilgan.
Qo‘qon xonligining asosiy hududini Farg‘ona vodiysi, Toshkent 
viloyati, Xo‘jand, 0 ‘ratepa, Janubiy Qozog‘iston va hozirgi Qirg‘iziston 
Respublikalari tashkil qilgan. Xonlik ma'muriy jihatdan bekliklarga 
bolinib boshqarilgan. Ularning ko‘pchiligi turli davrlarda xonlik tarkibiga 
kirib chiqib turgan. Asosiy bekliklar sifatida Namangan, Marg‘ilon, 
Andijon, To‘raqo‘rg‘on, 0 ‘sh, 0 ‘ratepa, Xo‘jand, Toshkent, Turkiston
Chimkent va boshqalar bo‘lgan.
Bekliklar xon tomonidan tayinlanadigan hokim - qushbegi 
tomonidan boshqariladigan, kichik ma'muriy birliklar amin va oqsoqo- 
liklarga bo‘lingan.
Xonlik qo‘shinlari o ‘sha davr qonun-qoidalari asosida 10 minglik, 
minglik, yuzliklarga bo‘lingan. Harbiy ma’muriy amaldorlar ichida yirik 
shaharlar va bekliklar hokimlari - qushbegilar Oliy harbiy amaldorlar 
hisoblanib, ularning har biri o ‘z qo‘shiniga ega bo‘lgan.
Qo‘shin asosan otlik askarlar, piyodlar va sarbozlar, to‘pchilardan 
iborat bo‘lgan. Xizmatga chaqirilgan sarbozlar qushbegi tomonidan oziq- 
ovqat jihatidan to la ta'minlangan, ammo qurol yarog‘ini o ‘zi sotib olgan, 
xon esa Qo‘qon (shahri) viloyatining qo‘shinlarini ta'minoti bilan o ‘zi 
shug‘ullangan. 
Tinchlik 
paytlari 
sarbozlar 
tarqatilgan, 
faqatgina 
qushbegining soqchilari qolgan. Ular bir vaqtning o‘zida qo‘shin hamda 
xizmatkor bo‘lib hisoblangan. Keyingi davrlarga kelib doimiy airniya 
shakllana boshlagan, ma'lumotlarga ko‘ra xonlikning xarajatlar jadvalida 
botirlar soni 8 000 deb ko‘rsatilgan, ularning har biriga 50 tanga maosh 
to'langan.
Xonlikdagi mavjud soliqlar tizimi shariat qonun-qoidalarida 
belgilangan tartibda undirilgan. Shu bilan birga aholidan ko‘plab mayda 
soliqlar, jarimalar undirib olinardi. Savdogarlar va chorvadorlar zakot 
solig‘ini, hunarmandlar turli soliqlar (tamg‘a, joy solig‘i) to‘lardi. Soliqlar 
naqd pul yoki mahsulot tarzida undirib olingan. Soliq yig‘uvchi amaldorlar 
“tanobchi”, “zakotchi” deb atalganlar. Soliqlar qat'iy belgilangan miqdorda 
va vaqtida yig'ilishi shart bo‘lsada, amaldorlarning ixtiyori bilan o ‘zgarib
132


ham turgan. Harbiy yurishlar paytida esa soliqlarning turi va miqdori 
oshirilgan.
Soliqlardan tashqari aholi majburiy ravishda turli ishlarga kanallar 
qazish, ariqlami tozalash, obodonchilik ishlariga, turli qurilishlarga jalb 
qilingan.
Xonlikning asosiy huquq manbai sifatida shariat huquqi amalda 
bo‘lgan. Qozoq va qirg‘izlar yashaydigan joylarda esa odat huquqi amalda 
bo'lgan. Yer, suv, davlat xizmati bilan b og liq masalalar xonning 
farmonlari bilan tartibga solingan.
Akademik X.Sulaymanovaning fikriga ko‘ra, qo‘qon xonligida 
jinoyat huquqi alohida xususiyatlari bilan ajralib turgan. Davlatga qarshi 
qaratilgan jinoyatlar, diniy, mulkka, shaxsga, oilaga qaratilgan jinoyatlarga 
bolingan. Davlatga qarshi qaratilgan jinoyatlar dinga ham qarshi 
qaratilgan deb hisoblangan.
Bunday jinoyatlarni xonni o ‘zi ko‘rib hal qilgan. Ko‘pchilik hollarda 
ularga nisbatan o ‘lim jazosi belgilangan. 0 ‘lim jazosi sazoyi qilish bilan 
birga, osib oldirishi shaklida ijro etilgan.
Sazoyi qilish jazosi ham og‘ir shaklda qollanilgan. Masalan: Oq 
masjidda Rusiya soldatlari bilan urush olmay qochgan qo‘qon 
qo'shinlarining boshligl Shodmonqul sazoyi qilingan. Manbalarda 
keltirilishicha, uning ijrosi quyidagicha boigan... Xo'jand o ‘rtasida jamshi 
azimning o ‘rtasida Shodmonqulning boshiga xotinlar roinoli o ‘ratilib, 
oldiga charx do‘q qo‘yib, sharmandayu-sharmisor qilibdilar.
Shuningdek, 
1813-1814-yillarda Rusiya savdo karvonlarining 
tarjimoni sifatida Qo‘qonda bo‘lgan F.Nazarov quyidagilami yozib 
qoldirgan: «Hukumat savdogarlami kam olchab, oshiqcha tortmasliklari 
ustidan qattiq nazorat qiladi. Mening ko‘z o ‘ngimda kam olchab, kam 
tortib bergan bir kimsani yalong‘och holda ko‘chalarda qamchi bilan urib, 
olib yurishganlarini ko'rdim».
Jazoning maqsadi keltirilgan zararni qoplash, hamda xalqni 
qo‘rqitishdan iborat boigan. Jazolar ochiq holda ko'pchilik to‘plangan 
gavjum joyda ijro etilgan. Ozodlikdan mahrum qilish zindonda o ‘talgan. 
Zindonlar chayon, kanalar bilan toldirilgan.
Maxsus xonalar ham boigan, yoki mahbuslarni ustidan chayonlarni 
yig‘ib tashlangan.
Din bilan bogliq jinoyatlarga daxriylik boshqa dinni qabul qilish, 
diniy ko‘rsatmalarni buzish, dindan qaytish, xon rejimini ta'qiq qilish, 
boshqa dindagi kishi bilan nikohga kirish, shariat taqiqlagan ovqatlami 
yeyish, spirtli ichimlik iste'mol qilish, yolg‘on guvohlik berish, yolg‘ondan
133


qasam ichish kabilar kirib, ularga darra bilan urish, mamlakatdan quvib 
yuborish va qatl etish kabi jazolar qo'llanilgan.
Shuningdek, xonlikda asosiy yashash joyidan quvib yuborish, jinoyat 
sodir etgan kishini yoki uning oila a’zolarini xon armiyasiga askarlikka 
berish, mulkni yo‘qotish, musodara qilish kabi jazolari berilgan. Odam 
o ‘ldirilganligi uchun qotil o ‘lgan odamning qarindoshlariga beriladi. Ular 
uni sotib yuborishlari yoki qon uchun xun olishlari mumkin.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin