To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti


YANGI DAVRDA 0 ‘ZBEKIST0N HUDUDIDA



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

YANGI DAVRDA 0 ‘ZBEKIST0N HUDUDIDA
DAVLAT VA HUQUQ
Chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkiston davlati va huquqi
Reja:
1. Turkistonda Chor Rossiyasi hukmronligining o‘rnatilishi.
" 2. General-gubernatorlikning markaziy va mahalliy boshqaruvi.
_ 3. General-gubernatorlikning sud tizimi.
4. Chor Rossiyasi hukmronligi davridagi huquq manbalari.
5. Rossiya protektorati davrida Buxoro amirligining davlati va
huquqi.
6. Rossiya protektorati davrida Xiva xonligining davlati va huquqi.
O ‘zbekiston davlati va huquqi tarixida XIX asrning 60-yillarini 
«yangi davr»ning boshlanishi deb atash mumkin. Bu bevosita Turkiston 
o ‘lkasini, jumladan 0 ‘zbekiston hududini chor qo'shinlari tomonidan 
bosib olinishi bilan xarakterlanadi. Ma'lumki, Chor qo‘shinlari birin ketin 
Oqmachit (qizil 0 ‘rda) To'qmoq, Pishkek, Avliyo ota (Jambul), Turkiston 
va Chimkentni bosib oldi. Bosib olingan hududlarda 1865-yilda Turkiston 
viloyati tashkil qilindi. Toshkent, Niyozbek, Xo‘jand, 0 ‘ratepa, Jizzax 
qal'arini bosib olinib, 1867-yil 4-iyulda Turkiston general-gubematorligi, 
keyinchalik Turkiston harbiy okrugi tashkil etildi. Gubernatorlikning 
markazi qilib Toshkent shahri belgilandi. Gubernatorlikda markazi 
Toshkent bo‘lgan Sirdaryo, markazi Vemiy (Alma-ota) bo‘lgan Yettisuv 
viloyatlari tashkil qilindi. 1868-yilning may oyiga kelib Samarqand, 
Kattaqo‘rg ‘on, Zirabuloq chor qo‘shinlari tomonidan egallanadi va 
Zarafshon okrugi tashkil etildi.
Shu yilning yoz oylarida Buxoro amirligi bosib olindi. Buxoro 
amirligi bilan Rossiya imperiyasi o ‘rtasida Sulx shartnomasi imzolandi. 
Mazkur shartnomaga ko‘ra Buxoro amirligi Rossiyaning vassali ekanligi, 
unga 500 ming so‘m urush tavoni to‘lashi, chet ellar bilan mustaqil siyosiy 
aloqalar o ‘rnatish huquqidan mahrum edi. Samarqand va Kattaqo‘rg‘on 
viloyatlarini Rossiyaga berish haqida kelishib olingan.
1870-yilga kelib chor qo‘shinlari Shahrisabz, Kitob, Qizil Arvotni, 
1873-yilga kelib esa Xazorasp, Xiva va Chandir qal'alami bosib olganlar. 
1873-yil avgust oyida Rossiya imperiyasi bilan Xiva xonligi o ‘rtasida 
tuzilgan Sulh shartnomasiga ko‘ra, Xiva xonligi Rossiyaning vassaliga 
aylangan.
136


U mustaqil tashqi siyosiy aloqalar o ‘matish huquqidan mahrum 
bo‘ldi va Rossiyaga 2 mln. 200 ming so‘m tovon to‘lash majburiyatini 
olgan. Xonlik poytaxtiga yaqin joyda Petr-Aleksandrovskiy qo‘rg‘oni 
tashkil etilib, Turkiston general-gubematorligi tarkibiga kiritildi.
1875-yilga kelib Qo‘qon, Marg‘ilon, Andijon, Namangan chor 
qo‘shinlari tomonidan bosib olingan. 1876-yilda Qo‘qon xonligi tugatilib, 
Turkiston general-gubematorligi tarkibiga kirgan Farg‘ona viloyati tashkil 
qilingan.
Chor hukumatining puxta o ‘ylab, aniq reja asosida izchillik bilan olib 
borgan mustamlakachilik siyosati tufayli 0 ‘rta Osiyo Rossiyaning xom 
ashyo manbaiga va tayyor mahsulotlar bozoriga" aylantirilgan. Dastlabki 
davrdayoq o ‘lkadagi oltin, neft, ko‘mir va boshqa yer osti qazilma 
boyliklarini qidirib topish ishlarini qizitib yuborishgan. 0 ‘rta Osiyo tillasi, 
paxtasi, qorakoli, pillasi, turli quruq va xo‘l mevasi Rossiya san'atining 
asosiy xom ashyosiga aylangan.
Turkistonda mustamlaka va boshqamv idoralari, huquq tizimining 
shakllangan bosqichma-bosqich amalga oshirilgan. Turkiston viloyatini 
boshqarish, hududda chor hukumatining mustamlakachilik siyosatini 
amalga oshirish jarayonida shakllangan munosabatlami tartibga solishning 
huquqiy zamini sifatida 1865-yilning 6-avgustida Rossiya imperatori 
tomonidan tasdiqlangan «Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi 
Muvaqqat Nizom» xizmat qildi. «Muvaqqat Nizomga» binoan, viloyatda 
harbiy xalq boshqaruvining amalga oshirish vakolati harbiy gubematorga 
berilgan bo‘lib, u o ‘z vakolatini o ‘z yordamchilari va devonga tayangan 
holda amalga oshirar edi. Bu davrda chor ma'murlariga o ‘lkani muhofaza 
qilish uchun zarur boigan harbiy qo‘shinni barcha kerak bo'lgan narsalar 
bilan ta'minlash; mahalliy ma'murlar faoliyatini nazorat qilish yuklatilgan 
edi. Perovskiy, Turkiston, Chimkent, Avliyo ota va To‘qmoq uyezdlari 
boshliqlari joylardagi hokimiyatni amalga oshirar edi. Ular viloyat harbiy 
xalq boshqarmasiga bo'ysunganlar. Mahalliy ma'murlarga o ‘zlari 
boshqarayotgan hududlardan o'tadigan karvonlar xavfsizligini ta'minlash; 
o'rmonlami muhofaza qilish choralarini ko‘rish; sugorish inshootlarini 
yaroqli holat va saqlash, qirglzlar bilan o ‘zbeklaming suvdan 
foydalanishlari bilan bogliq boigan nizolami bartaraf qilish; soliqlar 
yiglshni tashkil qilish; yuqori boshliqlar ko‘rsatmalarining o ‘z vaqtida 
to ‘g ‘ri bajarilishini nazorat etish; soliqlar va majburiyatlar miqdori 
taqsimlanishi bilan bogliq aholining noroziliklari va shikoyatlarini yuqori 
boshliqlarga yetkazish; sudda ishlaming to‘g ‘ri qurilishini kuzatish kabi 
vakolatlar berilgan edi.
137


Umuman olganda, dastlabki davrlarda Turkistonda tashkil etilgan 
mustamlaka 
boshqaruvi 
mahkamasi 
unchalik 
katta 
bo‘lmagan. 
Keyinchalik esa, keng ko‘lamda olib borilgan bosqinchilik harakatlari 
natijasida Turkiston viloyatining hududlarining kengaytirilishi, bir 
tomondan, ikkinchi tomondan esa, mahalliy xalqlarning istebdodiga qarshi 
noroziligining kun sayin kuchayib borishi, mustamlaka boshqaruvi 
idoralari tizimini yanada takomillashtirish, Turkistonliklarni itoatda tutib 
turish uchun zarur tartib-intizomni joriy qilishni taqozo qilgan. Bu 
muammoni hal qilishda maxsus komissiyani 1867-yilda ishlab chiqqan 
«Yettisuv va Sirdaryo viloyatlaridagi boshqarish haqidagi Nizom» loyihasi 
huquqiy asos sifatida xizmat qildi. Nizom loyihasi rasman davlat boshligi 
tomonidan tasdiqlanmagan bo'lsada, to 1886-yilgacha Turkiston o ‘lkasida 
amal qilgan.
«Nizom» loyihasiga binoan, harbiy xalq boshqaruvi bo‘yicha 
Turkiston o ‘lkasini boshlig‘i - general-gubernatori imperiya harbiy 
vaziriga bo'ysunardi, uning boshqaruv sohasidagi huquqiy maqomi esa, 
imperiyaning boshqa qismlari gubernalari boshliqlarining huquqiy 
maqomiga tenglashtirilgan. Unga qo‘shni davlatlar bilan diplomatik 
aloqalar olib borish, yerdan va yetishtirilgan hosildan olinadigan soliqlar, 
soliq yiguvchilarga beriladigan pochta va telegraf boshqarmasi bilan 
kelishilgan holda aloqa xizmatidan foydalanganlik uchun, harbiy 
harakatlar vaqtida yuklami tashigani uchun to ‘lanadigan haq miqdorini, 
o ‘lkani boshqarishga ajratilgan mablaglar doirasida harbiy xalq boshqa- 
ruvining turli yo‘nalishlari bo‘yicha xarajatlarni belgilash, olkadagi o ‘quv 
yurtlarga homiylik qilish, sudlarning chiqargan hukmlarini tasdiqlash kabi 
vakolatlar berilgan.
Hisob-kitob bo‘yicha va yozishmalarni tashkil qilish ishlari 
Turkiston general-gubernatori Kanselariyasi (Devonxona)da jamlangan 
bo‘lib, unda dastlab 18 ta xodim xizmat qilgan bo‘Isa, keyinchalik qurilish 
qo'mitasi, tog* ishlari bo'limi, kimyo laboratoriyasi, Turkiston jamoat- 
chilik kutubxonasi va muzeyi, «Turkiston vedomostlari» ro‘znomasi 
tahririyati va harbiy xalq boshqaruvi bosmaxonasining tashkil etilishi 
munosabati bilan xodimlar soni 1882-yilda 49 kishiga yetgan.
«Nizom» loyihasi bo‘yicha harbiy va fuqarolik hokimiyati 
viloyatlarda harbiy gubemator qo‘lida to‘plangan bo‘lib, uning fuqarolik 
boshqaruvi sohasidagi huquqlari saltanat viloyat boshliqlarining vako- 
latlarini belgilovchi umumiy qoidalar bilan, harbiy sohadagi huquqlari esa 
Turkiston harbiy okrugi haqidagi «Nizom» bilan belgilangan edi. Harbiy 
gubemator huzurida viloyat boshqarmasi bo‘lib, uni harbiy gubemator
138


yordamchisi boshqarar edi. Viloyat boshqarmasida farmoyish beravchi, 
xo‘jalik ishlari va sud bo‘limlari bo‘lib, harbiy gubernator lozim topgan 
barcha masalalar boshqarmaning majlisida muhokama qilib, u bo‘yicha 
tegishli qaror qabul qilar edi. 1865-yildagi sudlov ishlari haqidagi 
«qoidalar»ga binoan viloyat boshqarmasi mirovoy sudlar vakolatiga 
kirmaydigan qiymati 2000 so‘mdan ortiq fuqarolik ishlarini ко‘rib hal 
qilar; tijorat sudi vazifasini o ‘tar; xizmat vazifasini bajarish bilan bog‘liq 
jinoiy ishlami ko‘rib hukm chiqarar; mirovoy sudlar qurultoyi sifatida 
jinoyat va grajdanlik ishlari bo‘yicha uzil-kesil qaror qabul qilardi.
«Nizom» loyihasi bo‘yicha viloyatlar ma'muriy-hududiy jihatidan 
uyezdlarga bo‘lingan bo‘lib, ular ma'muriy va politsiya hokimiyatini 
amalga oshiruvchi uyezd boshlig‘i tomonidan boshqarilardi. Unga uyezdda 
osoyishtalik, tartib-intizomni va xavfsizlikni ta'minlash choralarini qurish, 
mahalliy ma'murlar faoliyatini, volost (bo‘lis) va pul yig‘imlarini 
o ‘tkazilishini, xalq sudyalari (biy va qozilar) faoliyatini, davlat va mahalliy 
soliqlami to‘g ‘ri va o ‘z vaqtida undirilishi, yo‘llar, ko‘priklar yaroqligini, 
maktablar ochish va ulami obodonlashtirish, ishlarini nazorat qilish 
' vakolatlari berilgan va savdo sanoat tarmoqlaming har tomonlama 
rivojlanishi uchun qulayliklar yaratish vazifasi yuklatilgan edi. Har bir 
uyezd boshlig‘i huzurida boshqarma tashkil qilingan bo‘lib unda o ‘rta 
hisobda sakkiz nafar zobit xizmat qilardi. Bo‘lislami boshqarish o ‘tovlar 
vakillari tomonidan aylanadigan starshinalarga (oqsoqollarga) yuklatilgan. 
O ltroq aholi yashaydigan joylarda aholisi nufuzli va huquqiy maqomi 
jihatidan bo‘lisga, tenglashtirilgan oqsoqolliklar tashkil qilindi. Ularni 
boshqarish xalq yig‘inlarida saylanadigan oqsoqollarga yuklatildi. 
Oqsoqollar bo‘lislar va ovullarning boshliqlariga o ‘zlari boshqaradigan- 
hududlarda ma'muriy va politsiya hokimiyatini amalga oshirish vakolati 
berildi. 0 ‘troq aholining jamoa xo‘jaligini boshqarish undiriladigan 
soliqlami belgilash ishlarini amalga oshirish uchun shaharlar va qishloq- 
larda xo‘jalik ishlari bo‘yicha jamoatchilik ishlari asosida ishlaydigan 
boshqarmalar tuzildi. Bu boshqarmaning a'zolari aholi tomonidan 
saylangan. Ko‘chmanchi xalqdan undiriladigan soliqni o‘tovlar va ovullar 
o ‘rtasida taqsimlash va ulami undirishni amalga oshirish bo‘lis boshliqlari 
va ms ma'murlari nazorati ostida ish ko‘ravchi bo‘lis aholisi tomonidan 
saylanadigan vakillarga yuklatilgan.
1867-yildagi «Nizom» loyihasida Toshkentdan boshqa shaharlarda 
boshqaruv idorasini tashkil etish ko‘zda tutilmagan edi. Loyihaga binoan 
shaharlar va kattaroq aholi yashaydigan joylar dahalarga bo‘linib, ularni 
har qaysi oqsoqol tomonidan boshqarilgan.
139


/l867-yilgi «Nizom» loyihasida Turkiston o'lkasida sud hokimiyatini 
amalga oshirish masalasi ham o ‘z aksini topgan edi. Unda ko‘chmanchi va 
o ‘troq, rus aholisi uchun alohida sud organlarini tashkil qilish kerak edi. 
Loyihada ko‘chmanchi aholi uchun har bir bo'lisda 4-8 nafar biylar 
saylash ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu lavozimga 25 yoshga to‘lgan muqaddam 
sudlanmagan, tergov qilinmayotgan kishi aholi tomonidan uch yil 
muddatga saylanishi mumkin edi. «Nizom» loyihasida biylar uch turga 
bo'linadi;
100 so‘mgacha (besh ot yoki 50 qo‘y) qiymatga ega bo‘lgan ishlarni 
ko‘ruvchi, da'volashuvchi tomonlar^tomonidan tanlanadigan bitta yoki bir 
nechta biylar qiymati qanchaligidan qat'iy nazar, barcha ishlarni 
ko‘radigan qiymati, 1000 so‘mgacha da'volami ko‘rib, uzil-kesil hal 
qiladigan vaqti-vaqti bilan chaqiriladigan volost biylari qurultoyi;
Rus sudlari
1. Uyezd sudlari, qiymati 2000 so‘mgacha bo‘lgan nizolami ko‘rgan 
sudyalari Uyezd gubemator tomonidan tayinlangan, ulami faoliyatini 
nazorat qilish viloyat boshqarmalariga yuklatilgan.
2. Harbiy sud komissiyalari;
3. Viloyat sud boshqarmalari. harbiy xalq boshqaruvini amalga 
oshiruvchi mansabdor shaxslaming jinoiy ishlarini ko‘rgan (1864-y. Sud 
tuzukriga asosan).
1. Uyezd sudlari - ular mansab yuzasidan huquq va burchlarini 
amalga oshirish, mansabdorlardan jarima undirish bilan bog‘liq mahalliy 
ishlarni ко‘rib hal qilish, mulk huquqidan mahrum etish, yoki uni cheklash 
jazosi qo‘IIanishi mumkin bulgan jinoiy ishlarni ко‘rib, hukm chiqargan; 
qiymati 2000 so‘mgacha bo‘lgan da'volar va nizolami sudga ko‘rish uchun 
qabul qilgan, 100 so‘mgacha qiymatga ega fuqorolik ishlarini ко‘rib, uzil- 
kesil hal etish; sud tergovini amalga oshirish vakolatlari berilgan.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin