2. Harbiy
- sud komissiyalari; - ular harbiy jinoyat tuzugida
ko‘rsatilgan vatanga xiyonat qilish, kishilarda, hukumatga qarshilik
ko‘rsatish hissini uyg‘otish, davlat transportiga hujum qilish, xristianlami,
xristianlikni qabul qilishni istovchi kishilami va mansabdor shaxslarni
o ‘ldirish kabi jinoiy ishlarni к о‘rib hukm chiqarar edi.
3. Viloyat boshqarmalari
- ular uyezd sudlari vakolatiga taalluqli
bo‘lmagan fuqarolik ishlarini ко‘rib hal qilar edi.
1864-yildagi «Sud tuzuklari»ga binoan uyezd sudyalari qarorlari
bo‘yicha ariza va xususiy shikoyatlami к о ‘rib, tegishli qaror chiqarish,
umumiy qarorlar va 1865-yilgi 11-oktabrda imperator tomonidan
tasdiqlangan «qoidalar» asosida harbiy xalq boshqaruvi mansabdor
140
shaxslaming jinoiy ishlarini, talonchilik, bosqinchilik, birovlaming yeriga
hujum qilish, o ‘t qo‘yish yo‘li bilan mulkka zarar yetkazish, ochiqdan-
ochiq hokimiyatga qarshilik ko‘rsatish, soxta pul yasash va uni muomalaga
kiritish, davlat mulkini o ‘g ‘irlash, davlat boshqaruvi qoidalarini buzish,
tub aholidan chiqqan mansabdorlar jinoyatlarini ko‘rib hukm chiqarishgan.
Turkiston o ‘lkasida Rossiya saltanati fuqarolari nufuzining tobora
o ‘sib borishi ularning manfaatlari bilan bogliq ishlarni ko‘radigan sud
idoralarida ayrim o ‘zgarishlar kiritishni taqazo etgan. Jumladan, ayrim
tumanlarda sudda ish ko‘rish va tergov ishlarini bir kishiga yuklatish
maqsadga muvofiq emas deb topilib, bu ishlar alohida-alohida shaxslarga
yuklatilgandi. Ayrim uyezdlarda (masalan, Vemiyda hozirgi Olma-otada)
rus fuqarolari ishini ko'radigan sudyalar soni ko'paytirilgan.
Turkiston o ‘lkasida savdo-sotiqning rivojlanishi bilan bog'liq holda
tuzilgan shartnomalami notarial guvohlantirish, ehtiyojini hisobga olib,
general-gubemator Kaufmanning 1880-yil 1-maydan e'tiboran, «Notarial
qism haqidagi» Nizomi kuchga kirdi. «Nizom»ga binoan, Toshkent va
Vemiy shaharlarida notarial idoralar tashkil etilgan. Boshqa shaharlarda
esa notariuslik vazifasi tuman sudyalariga katta notariuslik vazifasi esa,
viloyat boshqarmalari sud bolim i boshliqlari zimmasiga yuklatilgan.
Shuni alohida qayd qilish lozimki, Turkiston o ‘lkasi viloyatlarini
boshqarishda, ularda sud va politsiya hokimiyatini amalga oshirishda
yagona tartibning yo‘qligi sezilib turardi. Buning sababi olkaning turli
mintaqalarida hokimiyatni amalga oshirish turli normativ-huquqiy
hujjatlarga asoslanganligi edi. Sirdaryo va Yettisuv viloyatlaridagi
boshqaruv haqidagi 1867-yildagi «Nizom» loyihasi, Zarafshon okrugi
general-gubematori Kaufman tomonidan
1868 yilda tasdiqlangan
«Vaqtinchalik nizom» Farg‘ona viloyati 1873-yilda Kaufman tomonidan
taklif etilgan «Nizom» loyihasi, Amudaryo bolim i 1874-yilda Turkiston
general-gubematori tasdiqlagan «Muvaqqat» qoidalarga binoan bosh-
qarilardi.
1882-1883-yillarda maxfiy maslahatchi Girs boshchiligidagi Turkis
ton o'lkasida o ‘tkazilgan senat taftishi bu yerdagi boshqaruv sohasidagi
kamchiliklar, qarama-qarshiliklar, suiste'molliklarni ochib tashladi. Taftish
natijalari chor hukumati Turkiston o ‘lkasida o ‘zining mustamlakachilikni
to‘la-to‘kis amalga oshirishi uchun bu o'lkaning boshqarish tizimida
yagona tartib joriy etilishi lozim degan xulosaga kelingan. Shu munosabat
bilan 1884-yilda Girs taklifiga binoan, maxsus komissiya tashkil etildi.
Mazkur komissiya tomonidan tayyorlangan «Muvaqqat o ‘lkasini bosh
qarish haqidagi Nizom» loyihasini 1886-yil 12-iyunda Rossiya imperatori
141
tasdiqladi. Mazkur «Nizom» uncha ko‘p bo‘lmagan qo‘shimchalar bilan
1917-yilning o ‘rtalarigacha amal qildi,
«Nizom»ga ko‘ra ma'muriy-hududiy tuzilishda chor hukumatining
Turkistondagi hukmronligini yanada mustahkamlash, uni boshqarish
uchun sarflanadigan davlat mablag‘larini qisqartirish, o ‘lka xalqlarini
ekspluatatsiya qilish va uning tabiiy boyliklarini talash evaziga keladigan
daromadlami yanada ko‘paytirishdan iborat edi.
<qilish ko‘zda tutilmagan edi. Ayni paytda o ‘lkadagi chor ma’murlarining
vakolatlari birmuncha kengaytirildi. Jumladan, Turkiston general-
gubematoriga Amudaryoning chap qirg‘og‘ida joylashgan aholi yashay
digan hududlar bo‘ysundirildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan
bevosita aloqalar o ‘matish, ularning fuqarolarini Rossiya fuqaroligiga
qabul ^qilish, qiymatidan qatg‘iy nazaf, barcha savdo shartnomalarini,
qiymati 30000 so‘mgacha boTgan qurilish ishlarining loyihalari va
xarajatlarini tasdiqlash, siyosiy nuqtai nazardan zararli deb hisoblangan
tub aholi vakillarini ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan hududlarga 5
yildan ortiq bo‘lmagan muddatga surgun qilish, qo‘shni davlatlaming
fuqarolarini (agar ularning amalga oshirayotgan faoliyatini zararli deb
hisoblasa) o ‘lkadan umuman chiqarib yuborish, rus fuqarolarini
Rossiyaning Buxorodagi Siyosiy mulozimi va Amudaryo bo‘limi boshlig‘i
taqdimiga binoan, Buxoro va Xivadan badarg‘a qilish, o ‘lkadagi ijtimoiy
tartibga va aholining osoyishtaligiga xavf tug‘diruvchi odam o'ldirish,
talonchilik, bosqinchilik, hokimiyatga qarshilik ko‘rsatish kabi jinoyatlami
sodir etgan shaxslaming ishini harbiy holat sharoitida amal qiladigan
qonunlarga binoan harbiy sudda ко‘rib, ularning javobgar qilinishini
imperatordan so‘rash kabi qo‘shimcha vakolatlar berildi.
«Nizom»da Turkiston general-gubernatori huzurida uning yordam-
chisi raislik qiladigan Kengash tashkil qilish, unga Sirdaryo viloyatining
harbiy gubematorini, Toshkent shahar sud palatasi prokurorini, xazina,
nazorat palatalari, dehqonchilik va davlat mulklari boshqarmasi, Turkiston
harbiy okrugi shtabi va general-gubemator devonxonasining boshliqlarini,
moliya vazirligining doimiy vakilini doimiy a'zo, Farg‘ona va Samarqand
viloyatlarining harbiy gubernatorlarini, ular Toshkent shahrida boTgan
paytlarida vaqtinchalik a'zo qilib kiritish ko‘rsatilgan edi. Bundan tashqari,
Kengash ishida maslahat
ovozi bilan
ommaviy
xalq iste'mol
mahsulotlaridan undiriladigan yigimlar bo‘yicha boshqaruvchi, general-
gubemator farmoyishi bilan taklif qilingan shaxslar qatnashsa boTardi.
Kengashga
qonunchilik
sohasidagi barcha
masalalami,
mahalliy
142
majburiyatlar xarajatlarini ko‘rib chiqish, ularning miqdorini belgilash,
xarajatlarning to‘g ‘ri bajarilishini nazorat qilish, ortiqcha xarajatlarga
ruxsat berish, yerdan foydalanish va soliq undirish ishlariga umumiy
rahbarlik qilish, soliqlar haqida takliflar kiritish, general-gubemator
nomiga soliqlar masalasi bo'yicha kelgan shikoyatlami ко‘rib chiqish va
general-gubemator Kengashda muhokama etilishi lozim deb hisoblangan
boshqa masalalami ham ко ‘rib hal etish vakolatlari berilgan.
«Nizom»ga va unga keyinchalik kiritilgan qo‘shimchalarga binoan,
harbiy
gubernatorlaming
huquqiy
maqomi
Rossiya
imperiyasi
guberniyalari boshliqlarining huquqiy maqomiga tenglashtirildi, ularga o ‘z
tashabbusi bilan yoki tuman boshlig‘ining bergan ma'lumoti bo‘yicha
jamoat tartibi va osoyishtaligini buzgan tub aholi vakillarini, unchalik
xavfli bo‘lmagan huquqbuzarlikni sodir qilgan mahalliy ma'murlami 1
oydan ortiq bo‘lmagan muddatga qamab qo‘yish, bo‘lis boshliqlari saylovi
natijalarini tasdiqlash yoki tasdiqlamaslik, bo'lim boshliqlarini almash-
tirish va boshqa vakolatlar berildi. Tuman boshliqlari, ularning yordam-
chilari va hudud pristavlariga janjallashgani, jamoat joylarida shovqin
ko‘targani, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganligi uchun tub aholi
vakillarini jazolash huquqi berildi. Uyezd boshliqlari 7 kundan ortiq
boTmagan muddatga qamash yoki 15 so‘mgacha jarima undirish, ularning
yordamchilari va uchastka pristavlari 3 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga
qamash yoki 3 so‘mgacha jarima undirish huquqiga ega edilar. 1898-yil
10-iyulda
«Nizom»ga
kiritilgan
qo‘shimchaga
binoan
yuqorida
ko‘rsatilgan xatti-harakatlarni sodir qilgan mahalliy aholi vakillarini uyezd
boshliqlari bir oygacha muddatga qamash huquqi berildi.
Turkiston o ‘lkasida chor hukumatining mustamlakachilik siyosatini
amalga oshirishga bevosita aloqador bo‘lmagan mahalliy aholi o ‘rtasidagi
mulkdan foydalanish, unga egalik qilish, uni tasarruf qilish, olish-sotish,
ijaraga berish, hadya etish, oila va nikoh, vasiylik va homiylik, meros,
majburiyatlar va hamkorlik bilan bog‘liq munosabatlarini shariat va odat
qoidalariga ko‘ra tartibga kiritishga ijozat berildi.
Chor Rassiyasi hukmronligi davrida o ‘lka huquq tizimida ham bir
qator jtddiy o‘zgarishlar yuz berishiga sabab bo‘ldi. Qator normativ-
huquqiy hujjatlar joriy qilindi. Ulardan "Turkiston viloyatini boshqarish
haqida"gi muvaqqat Nizom (6-avgust, 1865-y), "Yettisuv va Sirdaryo
viloyatlaridagi boshqaruv haqidagi Nizom" loyihasi (1867-y), Zarafshon
okrugini boshqarish haqidagi "Muvaqqat Nizom" (1968-y), "Farg'ona
viloyatini boshqarish haqidagi" "Nizom" loyihasi (1873-y), "Amudaryo
bo‘limini boshqarish haqidagi "Muvaqqat qoidalar" (1873-y), "Turkiston
143
o'lkasini" boshqarish haqidagi Nizom (12-iyun, 1868-y), "Turkiston
o ‘lkasining qishloq mansabdor shaxslarining huquqlari, burchlari va
vakolat doiralari haqidagi" yo‘riqnoma (17-sentabr, 1888-y), "Turkiston
o ‘lkasidagi sug‘orish ishlarini boshqaruvchi mansabdorlar, uyezd
boshliqlari, ariq oqsoqollari va miroblarining huquq va burchlari haqidagi
yo‘riqnoma (2-avgust, 1888-y), "Jinoyatlarni aniqlash va ularni sodir
qilganlami qidirib topish bo'yicha, Turkiston general-gubematorligining
politsiya
xizmatlariga
yo‘riqnoma"
(1892-y.)
"xalq
sudyalariga
yo‘riqnoma" (1-dekabr, 1892-y) "Natarial qism haqidagi Nizom" (1 may
1880-y); 1864-yildagi "Sud tuzuklari", 1865-yil oktabrda tasdiqlangan
"qoidalar" asosiy huquq manbalari bo‘lib xizmat qildi.
Dostları ilə paylaş: |