To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

Oila va nikoh huquqi. 
1968-yilning 27-iyunida Nikoh va oila 
kodeksi qonunchiligi Asoslari qabul qilingan. Shundan keyin, 0 ‘zSSR 
Oliy Kengashi 1969 yilning 6 iyulida yangi Oila va Nikoq kodeksini ishlab 
chiqib, 1-oktabrdan kuchga kiritgan. Bulardan tashqari, 0 ‘zSSR Ministrlar 
Soveti tomonidan 1970-yilning 4-martida tasdiqlangan “Grajdanlik holati 
aktlarini ro‘yxatga olish tartibi to ‘g ‘risida hamda vasiylik va homiylik 
haqida”gi Nizomlami tasdiqlab, kuchga kiritdi. 0 ‘zSSRning bu kodeksi 
boshka respublikalamikidan farq qilib, 6 bobdan iborat, ya'ni vasiylik va 
homiylik alohida bobda ko‘rsatilgan. Uning birinchi bobida 0 ‘zSSR 
Nikoh va Oila kodeksining vazifalari haqida gap boradi. Ya'ni oilani 
mustahkamlash, ozod, erkin xohish-irodaga asoslangan nikoh ittifoqi 
asosida oila munosabatlarini qurish, bolalar tarbiyasi va boshqalar. Unga 
ko‘ra nikoh oilaning asosini tashkil qiladi. qonun amaldagi (ro‘yxatdan 
o ‘tmagan holda birga yashash) nikohni tan olmaydi. Faqat grajdanlik 
holati aktlari idoralarida ro‘yxatdan o‘ttan nikohgina qonuniy hisoblanadi. 
Nikoh yoshi 18 yosh qilib belgilangan. Uni pasaytirish hollari ham bo‘lishi 
mumkin. Nikohdan oldin va undan keyin ham sovg‘a sifatida olingan 
mulklar er va xotinning o ‘z mulklari hisoblanadi. Faqat nikoh davomida 
birgalikda topilgan mulk ularning umumiy mulkidir.
Nikoh bekor qilinganda, mexnatga layoqatsiz bo‘lib qolgan taraf bir 
yilgacha nafaqa olishga huquqli.
Mehnat huquqi. 
1970-yilning 15-iyulidagi Mehnat qonunlari 
asoslariga ko‘ra, 0 ‘zbekistonda 1971-yil 17-dekabrda yangi Mehnat 
qonunlari kodeksi qabul qilinib, 1972-yilning 1-maydan kuchga kiritildi. 
Kodeks 18 bob, 300-moddadan iborat muhim masalalar, alohida boblarga 
ajratilgan. 0 ‘zSSRning bu kodeksida, aqliy mehnat talab qiluvchi, hamda 
malaka talab qiluvchi ishlarga 3 oy, ba'zan 6 oygacha sinov muddati 
belgilandi. Ma'muriyat tashabbusi bilan xodimni ishdan bo‘shatayotgan 
vaqtda FZMK 7 kun ichida ma'muriyat fikri bilan tanishib, o ‘z fikrini 
bildirishi lozim. Shundan keyin faqat bir oy ichidagina ma'muriyat
173


xodimni ishdan bo‘shatishi mumkin. Ushbu kodeksda ayollar va o ‘smirlar 
mehnatining garantiyalaii kengaytirildi Mehnat nizolarini ко‘rib chiqish 
mehnat nizolari komissiyasida besh kungacha bo‘lgan muddatda, Kasaba 
uyushmalarining fabrika, zavod mahalliy komitetlari (FZMK)da 7 
kungacha, xalq sudlarida 10 kungacha qilib belgilangan.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin