Nazorat uchun savollar
1. 0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixida yangi davmi boshlanishiga
sabab nima?
2. Turkiston
general-gubematorligida
markaziy
va
mahalliy
boshqaruv qanday amalga oshirilgan?
3. Buxoro amirligi bilan chor Rossiyasi o ‘rtasida tuzilgan
shartnomaga ko‘ra, amirlikning tashqi faoliyati qanday amalga oshirilgan ?
4. Xiva xonligi bilan Rossiyaning imperiyasi o ‘rtasida tuzilgan
shartnomaning mazmuni nimadan iborat?
5. Ushbu davrda jinoyat va jazo masalalarini tahliliy o ‘rganing.
6. Turkiston general-gubematorligida sud tizimi qanday faoliyat
yuritgan?
7. Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida Turkiston o ‘lkasida
qanday huquq manbalari amalda bo‘lgan?
Adabiyotlar:
8. I.A.Karimov. Istiqlol va ma'naviyat. Т., 0 ‘zbekiston. 1994.
9. I.A.Karimov. Milliy istiqlol iqtisod, siyosat, mafkura. Т.,
0 ‘zbekiston. 1996.1-jild.
10. 0 ‘zbekistonning yangi tarixi. I-jild. Т., Sharq. 2000.
11. 0 ‘zbekistonning yangi tarixi. II-jild. Т., Sharq. 2000.
12. A.Saidov. J.Tashqulov. 0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi.
IIV AkademiyasiT., 1995 y.
13. A.Ziyo. 0 ‘zbek davlatchiligi tarixi. Т., Sharq. 2000y.
14. Z.Muqimov. 0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi".Samarqand-
1998.
15. M.Hamidova. 0 ‘zbekiston davlati va huquqi tarixi".Qo‘llanma.
T. TDYI. 2004.
149
Turkiston oikasida bolsheviklar hokimiyatini o‘rnati!ishi
Reja:
1. Turkistonda Sovet hokimiyatining o‘rnatilishi.
2. TASSRning tashkil topishi va uning 1918, 1920 yillardagi
Konstitutsiyalari.
3. 1918-20-yillardagi Turkiston qonunchiligining o‘ziga xos
xususiyatlari.
1917-yil
27-fevralda Petrogradda burjua-demokratik inqilobi
g ‘alabasi Turkiston o ‘lkasiga ham o ‘z ta'sirini o ‘tkazdi. Natijada
Turkistonda ham ishchi va soldat deputatlari Sovetlari va har xil toifalar
vakillaridan
tuzilgan ijroiya komitetlari
tashkil etila boshlandi.
Toshketning hamma dahalari vakillari to‘planib «Sho‘roi Islom»
tashkilotini tuzishgan.
1917-yilning mart oyida o‘lka muxtoriyati masalasi Turkiston
ijtimoiy-siyosiy hayotida asosiy masala bo‘lib qoldi. Turkistonga
muxtoriyat maqomini berish g ‘oyasi nafaqat demokratik ziyolilar
o ‘rtasida, hatto oddiy fuqarolar orasida ham keng tarqalgan.
31-mart kuni rus podshosining o ‘lkadagi tayanchi- Turkiston general
gubematori hokimiyatni tark etdi. 1917-yil 7-aprelda Muvaqqat hukumat
qarori bilan Shchepkin raisligida Turkiston komiteti tashkil qilingan 9
kishidan iborat bu komitet a'zolarining 4 tasi: Davlat Dumasining a'zosi
A.Bukeyxonov, II chaqiriq Davlat Dumasi a'zosi Maxmudjon Tinishpayev,
III chaqiriq Davlat Dumasining a'zosi Sadri Nizamovich Maqsudov va
general mayor Abdulaziz Davlatshin bor edi.
Aslida, Muvaqqat hukumat Turkiston general-gubernatorligi bilan
almashtirilib, o ‘lkani mustamlakachilik usulida boshqarishning tashqi
lavhasigina o ‘zgartirilgan, uning mohiyati esa avvaligicha qolavergan.
Natijada, Turkiston qo‘mitasi bilan mahalliy jamoat tashkilotlari o ‘rtasida
qarama-qarshilikni vujudga keltirdi.
Turkiston mahalliy aholisining oshib borayotgan ijtimoiy-siyosiy
faolligi sharoitida Toshkentda 1917-yil 16-aprelida «Sho‘roi Islomi”ning
Toshkent
tashkiloti
tashabbusi
bilan
chaqirilgan
Butunturkiston
musulmolarining I-qurultoyi ish boshladi. Bu sye’zda o ‘lkadagi barcha tub
xalqlaming vakillaridan iborat 150 ta delegat qatnashgan. Rayosat
tarkibiga Munavvar qori, Ubaydulla Xo‘jayev, Sherali Lapin, Mustafo
Cho‘kayev, Toshpo‘latbek Norbutabekov, Ahmad Zaki Validiy, Sodiq
Sattorov, I.Shoaxmedov, Abduraxmon 0 ‘razayev, Mulla Abdumaxmud
150
Maxmudov, Serekboy Akayev, Axmadbek Qo‘ybokarov, Sobirjon
Yusupovlar hukumatga munosabat; Rossiyada idora qilish shakli
to‘g‘risida; Ta'sis majlisiga tayyorgarlik ko‘rish haqida; Turkistondagi
mahalliy fuqarolar muassasalari; Turkistonda diniy-shariat muassasalari;
maktablar, madrasalar va vaqflar; moliyaviy ishlar; avvalgi zamondan
qolgan muassasalarni yangilash; Turkistondagi barcha musulmonlarga
rahbarlik qiluvchi islom diniy boshqaruvini tuzish to‘g ‘risida» oziq-ovqat
masalasi; urushga munosabat; front ortida (mamlakat ichkarisida) xizmat
qiluvchilar haqidagi masala; «Sho‘roi Islomni» o ‘lka miqyosida
birlashtirish to ‘g ‘risida; «Sho‘roi Islomiya»ning ijroiya qo‘mitalariga
munosabat; Rossiya Umummusulmonlar syezdiga delegatlar saylash
haqida; yer-suv to‘g ‘risidagi masalalar kiritilgan edi.
Syezdning so‘nggi majlisida Markaziy rahbarlik organi - Turkiston
o ‘lka musulmonlar Sho‘roi (G‘lkamussho‘rosi)ni tuzish to‘g ‘risida qaror
qabul qilindi. 0 ‘lka musulmon sho‘rolarini tuzish milliy harakatga
uyushgan va markazlashgan tus bag‘ishlash uchun barcha tarqoq, bir-biri
bilan o ‘zaro boglangan musulmon jamiyatlari, qo‘mitalari va ittifoqlarini
birlashtirishni ko‘zda tutardi.
0 ‘lkamussho‘roning 1917-yil ...B o‘lib o ‘tgan majlisida Nizom qabul
qilindi. Nizomga muvofiq barcha shahar, uyezd, volost, musulmon
sovetlari va «Sho‘roi Islom», «Ravnaq-ul islom», «Mirvaj-ul-islom»,
«Muallimlar jamiyati», «Talabalari jamiyati» kabi boshqa jamoat
tashkilotlari milliy va sinfiy tafovutlariga qaramay, musulmon deputatlari
volost, uyezd va shahar Sho‘rolariga birlashishlari, ularning hammasi
birgalikda musulmon
deputatlari
Turkiston Markaziy
Sho'rosiga
bo‘ysunishlari lozim edi. 0 ‘lkamussho‘ro biron-bir sinf, partiya yoki
qabilalaming organi bo‘lmay, balki qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga
oshiruvchi
vakolatli
umummusulmon
rahbarlik
organi
sifatida
tuzilayotgani haqida aniq izoh berilgan edi.
Dasturda yozilishicha, muxtor jumhuriyatlar parlamenti va mahalliy
o ‘z-o‘zini boshqaruv tashkilotlariga saylovlar, umumiy asosda, yashirin
ovoz berish yoTi bilan amalga oshiriladi, millatning 20 yoshga yetgan
barcha a’zolari jinsi, sinf yoki dinga mansubligidan qat'i nazar teng saylov
huquqiga ega bo‘lib, o‘zlari ham saylana oladilar. Musulmon ayollarining
saylovdagi ishtiroki esa «shariat qonun-qoidalari asosida o ‘tishi lozim»
deyiladi.
Jumladan, ular o ‘z dasturlarida muxtoriyatga erishgan o ‘lkalar ichki
boshqaruv masalalarida, moliya, shariat, madaniyat, adliya va xalq maorif
11 Fan va turm ush. Т., 1990-y. 7-son.
151
masalalarida mustaqil bo'lmoqlari kerak, degan fikmi olg‘a suradilar.
Bunda har bir respublika, viloyat, uyezdlarga bo‘linib, ularga mahalliy o ‘z-
o'zini boshqarish huquqi, Rossiyada yashab kelayotgan barcha turkiy
millatlar va elatlarga esa tegishli masalalami hal etish yuzasidan umumiy
milliy-madaniy uyushma tashkil etish huquqi berilishi lozimligi
ta'kidlandi.
Diniy masalalami hal etish uchun maxsus «Mahkamai sharia»
tashkilotini tuzishni, uning viloyatlardagi boshqarmalariga, qishloqlarda
esa bo‘linmalari bo‘lgan qozixonalarga topshirilishi ko‘zda tutilgan.
Rossiya musulmonlariga taalluqli barcha muammolami hal etish
uchun Shayxulislom tomonidan boshqariladigan umumiy kengash saylash
mo‘ljallangan.
Dasturda fuqarolarning huquqlariga bag‘ishlangan bo‘lim, ayniqsa,
e'tiborga loyiq bo‘lib, unda «Jumhuriyatning butun aholisi, dini va
millatidagi farqidan qat'i nazar, qonun oldida bir xil javobgardir» deb qayd
etilgan edi.
Vijdon erkinligi, ayniqsa, shaxs daxlsizligi ya'ni shaxs hibsga
olingandan so‘ng 24 soat ichida ayb e'lon qilinishi, pasport tartibini bekor
qilish, soliq hajmi daromad va foydadan kelib chiqqan holda belgilanishi
zarurligi, barcha davlat mulklari musodara qilinib, aholiga ijara uchun
berish yoki fuqarolarga sotish taklif etildi.
Dasturda ishchilar uyushmalari, jamiyatlar tuzish, ish tashlash usuli
bilan o ‘z huquqlarini himoya qilishi mumkinligi bayon etildi. Uning
himoya qilish uchun alohida qonunlar zarurligi to ‘g ‘risida maxsus modda
kiritilgan.
Muxtor jumhuriyatning qonuniy tizimi sud va yustitsiya tashkilotlari
biror kimsaning aralashuvidan holi bo‘lib, faqat shariat va qonunga
bo‘ysunmog‘i zarurligi, sud ishlari advokat ishtirokida olib borilishi lozim.
Bilim olish huquqi, maktabning mustaqilligi, boshlang'ich maktab
bepul, umumta'lim majburiyligi, o'qitish tillari haqida to‘xtalib o'tilgan.
0 ‘lkamusshuroning tashkiliy bo‘limi tarkibi quyidagilardan : ya'ni,
Zaki Validiy, Farid Toxiriy, Tolibjon Musoboy, Yamin Yanboyev,
Muhammadamin Afandizoda,
Nizomiddin Asaliy,
qori Ziyoboy,
Murodxo‘ja Salimxo‘ja, Shokirjon Raximiy, Tuzel Jonboy, Abdulla
Avloniy, Salohitdin Muftizoda, Piri Mursilzoda va Muhammadjon
Poshshaxo‘jayevlardan iborat bo‘lgan.
0 ‘lkamussho‘ro huzurida maorif bo‘limi ham tashkil qilingan. Uning
tarkibiga Munavvar qori, Zaki Validiy, Burxon Xabib, Po'latxon
Poshshabekov, Abdulqosi Aminzoda, Abdusalim qori, Rustambek
152
Yusufbek, Ibrohim Tohiriy va boshqalar saylangan. Turkistonning birligi
va yaxshi tomon muhim qadam qo'yildi.
Birlashish jarayonlari har doim ham bir tekisda rivojlanavermaydi.
Munavvar qori boshchiligidagi, Sho‘roi Islomiyadagi 1917-yil iyun oyida
asosan diniy ulamolardan tashkil topgan «Sho‘roi Ulamo» ajralib chiqqan.
Toshkentdagi ishchi va soldat deputatlari Soveti musulmonlar
o ‘rtasidagi ushbu bo‘linishdan ustalik bilan foydalanishga urinishgan.
Sentabr voqealari natijasida Toshket Soveti hokimiyatni qo‘lga olishga
harakat qilgan.
1917-yil 10-sentabrda Toshkentda Butunturkiston musulmonlarining
II-qurultoyi ochildi. Ushbu qurultoy hokimiyatni soldat ishchi va dehqon
deputatlari Sovetlariga berishga qarshi chiqdi. Sentabr voqealari
jamiyatdagi siyosiy qarama-qarshiliklami keskinlashtirib, o ‘lkadagi
ishchilar harakati bilan milliy harakatning keyingi yo‘llarini bir-biridan
ajratib yubordi.
Toshketda
1917-yil
17-20-sentabrda Turkistonlik va qozoq
musulmonlarining qurultoyida «Sho‘roi Islomiya», «Sho‘roi Ulamo»,
«Turon» va boshqalarni biriktirish yo‘li bilan butun Turkiston va uchun
umumiy bo‘lgan «Ittifoqi muslimin” degan siyosiy partiya tuzishga qaror
qilingan.
«Ulamochilar» qurultoyidagi asosiy masala Turkiston o'lkasining
bo‘lg ‘usini siyosiy boshqaruvi to‘g ‘risida bo‘lib, unda demokratik Rossiya
tarkibida hududiy federatsiya «Turkiston federativ Respublikasi» tuzilishi
g ‘oyasi olg‘a surildi. Fevral inqilobining ta'siri bilan Turkistonda kasaba
uyushmalari ommaviy ravishda tashkil etildi, mahalliy xalqlar tillarida
gazetalar chiqa boshladi.
1917-yil sentabr oyida bolsheviklashgan Toshkent Soveti soldatlami
va asli Rossiyalik ishchilami o ‘z tomoniga torta olgan edi. Toshkentdagi
oktabr to ‘ntarishi qatnashchilari 1-noyabrda Bosh komissar general
Korofichenko va Muvaqqat hukumatning Turkiston komitetini qamoqqa
olishgan va shu kuni Turkistonda Sovet hokimiyatini o‘matilganligi e'lon
qilindi. Qurollangan rusiyzabon ishchilar, asosan temiryo‘lchilar, Toshkent
gamizonining soldatlari bilan birgalikda bir guruh mahalliy binokor
ishchilaming xayrihoxligi bilan davlat to ‘ntarishini o ‘tkazdilar.
Turkiston bolsheviklari o ‘lkadagi butun hokimiyatni o ‘z qo‘llariga
olish uchun shafqatsiz kurash olib bordi.
1917-yil 15-22-noyabrda Toshkent shaharda bo‘lib o ‘tgan ishchi
soldat va dehqon deputatlarining III o ‘lka seyezdida hokimiyat masalasi
hal qilindi, Bunda 15 kishidan iborat Turkiston Xalq Komissarlari Soveti
153
tuzildi. (18 so‘l esar va 7 bolshevik). Hukumatga mahalliy aholidan birorta
ham vakil kiritilmadi. Sherali Lapin boshchiligidagi «Ulamochi»lar,
menshevik va so‘l eserlaming 0 ‘lka Soveti tarkibiga musulmon vakillarini
ham kiritish borasidagi takliflari inobatga olinmadi.
Rossiya Xalq Komissalari Soveti 2 noyabrda «Rossiya xalqlari
huquqlari deklaratsiyasi va 20-noyabrda «Rossiya va Sharqning barcha
musulmon mehnatkashlariga» murojotnoma e'lon qildi. Deklaratsiyada
xalqlaming o ‘z taqdirini o ‘zi belgilash huquq rasmiy ravishda tan olindi;
hattoki ajralib chiqish va mustaqil davlat tuzish huquqi berildi; hamma va
har qanday milliy va mustaqil davlat tuzish huquqi berildi; hamma va har
qanday milliy, diniy va boshqa cheklanishlar bekor qilindi.
Ko‘p o ‘tmay, Turkiston XKS «Sho‘roi Islomiya», «Sho‘roi Ulamo»
tashkilotlarini tarqatib yuborilgan.
2.
Turkiston ASSRning tashkil topishi va uning 1918-1920-yillardagi
Konstitutsiyalari.
1917-yil 26-28-noyabrda Qo‘qon shahrida Turkiston o ‘lkasi
musulmonlarining favqulodda 4-qurultoyi bo‘lib o ‘tdi. Qurultoyda
demokratik musulmon ziyolilar talabi bilan Turkiston aholisining
yevropali vakillari ham keng huquqli bo Tib ishtirok etishgan.
Turkistonning boshqarish tuzumi to‘g ‘risidagi masala uch kun davom
etgan qurultoyning diqqat markazida turgan.
Qurultoyning barcha viloyatlaridan vakil bo Tib kelgan qariyib 200
ga yaqin qatnashchilari bilan muxtoriyat va mustaqillik e'lon qilish
g'oyasini qoTlab-quvvatladilar.
Qurultoyda qabul qilingan qarorda «Turkistonda yashab turgan turli
millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da'vat etgan xalqlaming o ‘z
taqdirini o ‘zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni
Rossiya tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qildilar».
28-noyabrda tarkib topayotgan davlatning nomi aniqlanib «Turkiston
muxtoriyati» deb ataladigan boTgan. Butunrossiya ta’sis majlisi
chaqirilgunga qadar, hokimiyat Turkiston Muvaqqat kengashi va Turkiston
xalq (millat) majlisi qo‘lida boTishi kerak edi. Turkiston Muvaqqat
kengashi a’zolaridan tuzilgan Muvaqqat hukumati hay’ati tarkibiga 8 kishi
Muhammadjon Tanishboyev - bosh vazir, ichki ishlar vaziri, Islom
Shoaxmedov bosh vazir o ‘rinbosari, Mustafo Chukay- tashqi ishlar vaziri,
Ubaydulla Xo‘jayev- harbiy vazir saylandi, ulardan 4 o ‘rin rusiy zabon
aholi vakillariga ajratilgto.
Qurultoy jarayonida Turkiston Millat majlisi 54 kishidan iborat qilib
saylandi, shunday 2/3 qismi, ya’ni 36 nafari mahalliy aholidan edi.
154
Turkiston Muxtoriyati hukumati qisqa fursat ichida xalq o‘rtasida
katta e'tibor qozondi. Fitrat muxtoriyat e'lon qilingan kunni «milliy
laylaturqadrimiz» deb atadi.
Turkiston Muxtoriyatini ko‘pgina nomusulmon firqa va jamoat
tashkilotlari ham qo'llab-quvvatladilar. Shaharlarda tantanali namoyishlar
boTadi, milliy va rus matbuotida uni madh etuvchi, barcha millatlar
manfaatiga mos ekanligi haqida o ‘nlab maqola va chaqiriqlar bosiladi.
Shunga qaramay, u 72 kun hayot ko‘rdi. Sho‘ro hukumat 1918-yil
fevralida Muxtoriyatni va Qo‘qon shahri aholisini qonga botirdi, uch
kunlik qirg‘inda shaharda 10 000 kishi o‘ldirildi.
Turkiston Muxtor Sovet Respublikasi Turkiston o ‘lkasi Sovetlarining
V qurultoyida tashkil etildi. 0 ‘lka Sovetlarining qurultoyi 1918-yil 20-
aprelda o ‘z ishini boshladi. Unda 263 ta mandatga ega bo‘lgan vakillar
qatnashdilar. Shulardan 86 kishi firqasiz edi. Qurultoy ishtirokchilarining
atiga 20%gina mahalliy xalq vakillarini tashkil etardi.
23-26-aprel kunlari qurultoy sanoat korxonalarini milliylashtirish,
temir yo‘l trasportidagi ishlarning borishi, yer-suvga doir tadbirlami
amalga oshirish, harbiy qurilish, Turkistondagi oziq-ovqat masalasining
ahvoli kabi masalalami muhokama qildi va qaror qabul qildi. 27 aprelda
qabul qilingan «Turkiston Xalq Komissarlari Sovetining navbatdagi
vazifalari to ‘g ‘risida»gi deklaratsiyasida ochiqdan ochiq mustamlakachilik
ruhidagi qaror qabul qilindi. Unda: «Turkiston Rossiya Federatsiyasining
tarkibiy qismi bo‘lib qoladi» deyilgan edi.
30-aprelda shaxsan V.I.Leninning ko‘rsatmasiga asosan, qurultoy
RSFSR tarkibiga kiruvchi Turkiston Muxtor Sovet Respublikasini tuzish
to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi va shu davlat to ‘g ‘risidagi Nizom qabul
qilinadi. Turkiston Muxtor Sovet Respublikasi haqidagi Nizomga ko‘ra:
1) Turkiston o‘lkasi Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet
Respublikasi deb e’lon qilindi va unga Xiva va Buxorodan tashqari butun
Turkiston ju g ‘rofiy hududi kiritildi.
Turkiston ASSR 1918-yil Konstitutsiyasi Turkiston Respublikasining
quyidagi mustaqil huquqlarini belgiladi:
1) Konstitutsiya miqyosida belgilangan qonunchiliklar;
2) Turkiston Respublikasining yerlari, suvlari va zahiralarini
tasarruf etish va boshqarish;
3) Mehnatga haq to‘lash me’yorlari va lavozimlami, boshqaruvning
federal hukumat sohalaridan boshqa barcha sohalariga mansabdor
shaxslami tanlash, federal hukumatlarga nisbatan o ‘z ixtiyoriga ko‘ra
nomzodini qaytib olish va nazorat qilish huquqini ta’sis etish;
155
4) Federal hukumat tomonidan qabul qilingan mahalliy shart-
sharoit, harbiy muassasalar asoslariga nisbatan qo‘llanadigan o ‘zgarishlar;
5) Mahalliy xo‘jalik, qo‘shnichilik va militsiya masalalari bo‘yicha
federal vakillar orqali yon mamlakatlar bilan bevosita munosabatda
bo'lish;
6) Rossiya federatsiyasi miqyosida qarz va moliyaviy bitimlar;
7) Federal soliq va tolovlardan tashqari boshqa soliqlaming
o'matilishi;
8) Respublikaning maishiy xususiyatlarini hisobga olgan holda
fuqarolik va jinoiy sud tizimi va sudlov asoslari, shuningdek, fuqarolik va
jinoyat qonunlarining o ‘zgarishlari;
9) Turkiston Respublikasi miqyosida umumiy va qisman amnistiya;
10) Vakolatxona
me'yorlariga
nisbatan
saylov
qonunining
o ‘zgarishlari;
11) Turkiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi viloyat va milliy
uyushmalar chegara va vakolatlarini belgilash va o ‘zgartirish kiritish,
o ‘zaro bahslarning yechimini topish;
12) Turkiston
Respublikasi
tarkibiga
Rossiya
federatsiyasi
miqyosida yangi a'zolaming qabul qilinishi va unga ilgari a’zo
bo‘lganlarning chiqishini tasdiqlash;
13) Turkiston Respublikasi umumiy ma’muriy-hududiy bo‘linishi;
14) Turkiston Respublikasi hududida federal hukumat tomonidan
ishlab chiqilgan xo‘jalikni rivojlantirish rejalariga asoslangan xalq
xo'jaligi rejasining o ‘matilishi;
15) О ‘z budjetiga ega bo'lish;
Ko‘rsatilgan huquqlarni belgilashda Turkiston Respublikasining
markazdan uzoqhgi, ulkan hududi, etnografik, topografik va maishiy
xususiyatlari e’tiborga olindi. Mazkur xususiyatlar Turkiston Kengashining
IX-syezdi
tomonidan Turkiston
ASSRning
mustaqil
huquqlarini
mustahkamlagan yangi Konstitutsiyasini tasdiqlashda ham hisobga
olingan. Turkiston ASSRning 1920-yilgi Konstitutsiyasi TASSRning
1918-yildagi
Konstitutsiyasining
Turk Respublikasining
huquqlari
to ‘g ‘risidagi ayrim bandlariga aniqlik kiritdi, ayrimlarini chiqarib tashladi.
Shunday qilib, TASSRning 1920-yil Konstitutsiyasiga muvofiq, Turkiston
Respublikasi quyidagi mustaqil huquqlarini amalga oshirdi:
1) Turkiston Respublikasi sarhadlarida joylashgan yer, yer osti
boyliklari va suv zahiralarini tasarruf qilish;
2) Konstitutsiyada belgilanganidek qonunchilik va boshqaruv;
156
3) Lavozimlar ta'sis qilish va ish haqi me'yorlarini belgilash, federal
hukumatlariga tegishli bo‘lmagan boshqaruvning boshqa barcha sohalari
mansabdor shaxslarini tanlash va tayinlash;
4) Federal hukumat tomonidan belgilangan soliq va to ‘lovlardan qat'i
nazar soliq va to'lovlami belgilash;
5) Respublikaning mehnat qiluvchi aholisiga tatbiq qilinadigan sud
tizimi va sudlov asoslari huquqiy me'yorlarini belgilash;
6) Turkiston ASSR tarkibiga kiruvchi viloyat va milliy uyushmalar
hududlari chegaralari va vakolatlarini belgilash va o‘zgartirish;
7) Turkiston ASSR ma'muriy-hududiy bo‘linishini belgilash;
8) Turkiston ASSR miqyosida umumiy va qisman avf etish va
amnistiya;
9) Turkiston ASSR budjetini belgilash va tasdiqlash uchun
Butunittifoq markaziy ijroiya qo‘mitasiga taqdim qilish;
Turkiston
ASSR
1920-yilgi
Konstitutsiyasi
Turkiston
Respublikasining quyidagi huquqlarini chiqarib tashladi:
A) Federal hukumat tomonidan qabul qilingan mahalliy shart
sharoitlarga asoslangan qarbiy muassasalami o ‘zgartirish huquqi;
B) Mahalliy xo‘jalik, qo'shnichilik va militsiya masalalari bo‘yicha
federal vakillar orqali yon mamlakatlar bilan bevosita munosabatda bo‘lish
huquqi;
V) Rossiya federatsiyasi miqyosida qarz va moliyaviy bitimlar
huquqi;
D) Turkiston Respublikasi tarkibiga Rossiya federatsiyasi miqyosida
yangi a'zolaming qabul qilinishi va unga ilgari a'zo bo‘lganlaming
chiqishini tasdiqlash huquqi va boshqa huquqlar.
Turkiston ASSRning 1918-yilgi Konstitutsiyasida mudofaa, tashqi
aloqalar, pochta, telegraf, dengiz ishi, temir yo‘llar, tashqi savdo, sanoat va
moliya federal boshqaruv vakolatlariga mansubligi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da,
shunga qaramay bu masalalar bilan bevosita turkiston markaziy ijroiya
qo‘mitasiga bo‘ysunuvchi maxsus kommisariatlar shug‘ullangan.
TASSRning
1918-yilgi
konstitutsiyasiga
ko‘ra
Turkiston
Respublikasida Tashqi ishlar bo‘yicha Kommisariat, Harbiy Ishlar
bo‘yicha Kommisariat, Pochta va Telegraflar Kommisariat, Moliya Ishlari
bo'yicha Kommisariat, Aloqa yo‘llari bo‘yicha Kommisariat va boshqalar
faoliyat ko‘rsatgan. 0 ‘sha paytda federal organlar va Turkiston
Respublikasi organlari o ‘rtasida faoliyat doiralarining chegaralanishi hal
bo‘lmagan.
157
Boshqa sovet respublikalaridagi bo‘lgani kabi Turkiston ASSRning
xarakterli belgisi avtOnomiyaning Sovet hokimiyati asosida, proletariat
diktaturasi prinsiplari asosida qurilganligi edi.
Davlat va jamiyat tashkilotlarining tizimida yetakchi o'rinni
Turkiston Kommunistik Partiyasi - ishchilar kommunistik partiyasining
tarkibiy va bo‘linmas qismi egallagan.
Dostları ilə paylaş: |