To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

%
dan ortiq olgan sudxo'rlar bir yildan besh yilgacha 
qamalish belgilanadi. Syezd qabul qilgan qonunlardan biri “Vaqf yerlari
160


haqidagi qonun” bo‘lib, u machit va madrasalar, diniy tashkilotlarga 
tegishli bracha mulklar davlat mulki deb e'lon qilindi. hosilning 10/1 qismi 
davlat solig‘i sifati to‘lanishi belgilan. Mehnatkashlarning mavjud huquq 
va erkinliklari kengaytirildi, xususiy mulk bekor bo‘lgan, mulkdorlami, 
ruhoniylami, aksilinqilobiy kuchlarning saylov huquqlari bekor qilingan.
1920-yilning sentabrida Buxoroda to‘ntarish natijasida amir 
hokimiyati ag‘darib tashlangan. Shu yilning 6-oktabrida Buxoroda 
Umumbuxoro Xalq Vakillari birinchi qurultoyi ish boshladi va Buxoro 
Xalq Sovet Respublikasi deb e'lon qildi. 1921-yilning 4-martida BXSR 
bilan RSFSR o ‘rtasida “Ittifoq shartnomasi”, “Iqtisodiy bitim” imzolandi. 
Bunga ko‘ra RSFSR BXSRga ishlab chiqarish qurollari, texnikaviy 
yordam, materiallar yetkazib berish majburiyatini oldi.
1920-yilning 23-sentabrida Buxoro Sovetlarining qurultoyi uning 
birinchi Konstitutsiyasini qabul qilgan. Konstitutsiya RSFSRning 1918- 
yildagi Konstitutsiyasiga asoslandi. Konstitutsiyada Umumbuxoro Xalq 
deputatlari syezdi Oliy hokimiyat organi hisoblanib, 2 ming kishidan bir 
deputat miqdorida saylangan. Uning sessiyalari doimiy organ bo‘lgan. 
Butun Buxoro Xalq Sovet Respublikasining hukumati Xalq Nozirlari 
Soveti ustidan nazorat organi hisoblanib, uning muhim qarorlarini 
tasdiqlagan.
1920-yilning 14-sentabrida Birinchi Xalq Nozirlar Kengashi 9 ta a'zo 
(Xalq Komissarligi) tarkibida tuzilgan bo‘lib, u Umumbuxoro Ijroiya 
Komiteti tomonidan rajs, uning ikki o ‘rinbosari hamda Xalq nozirlari: 
Yustitsiya, ichki ishlar, harbiy ishlar, maorif, sog‘likni saqlash, mehnat va 
ijtimoiy ta’minot, savdo va sanoat, soliq, qishloq xo‘jaligi hamda davlat 
nazorati tarkibida tuzilgan. (Konstitutsiyaning 31,38,39-m.m.) Keyinchalik 
qishloq xo‘jaligi, moliya va iqtisod Xalq Nozirliklarini birlashtirib Xalq 
Xo‘jaligi Oliy Kengashi (VSNX) tashkil qilindi. Rais, uning o ‘rinbosari, 
uchta bo‘lim 1) Markaziy Moliya boshqarmasi; 2) Markaziy yer-suv 
boshqarmasi; 3) savdo va sanoat boshqarmalari tarkibida tuzildi. Ushbu 
tashkilot Xalq Nozirlar Kengashi, Buxoro Iqtisodiy Kengashi nomlari 
bilan qayta nomlangan. BXSR viloyat, tuman, kent Sovetlari va ularning 
ijroiya komitetlari tashkil qilinib, mahalliy boshqaruvni amalga oshirgan.
1923-yilning 23-sentabrida Buxoro MIK qoshida Turkman boTimi 
tashkil qilingan. Uni turkmanlardan bo‘lgan shaxs boshqargan. Tojiklar 
ko‘pchilikni tashkil qilgan, Sharqiy Buxoro alohida huquqiy rejim asosida 
komissiya orqali boshqarilgan. 
0 ‘z 
Nizomiga ko‘ra komissiya 
cheklanmagan harbiy va fuqarolik hokimiyatini amalga oshirgan, sud 
hokimiyatidan foydalangan. Bundan tashqari Nurota va 0 ‘rta cho‘lda
161


qozoq va qirg'iz milliy tumanlari, Chorjo‘y, qarshining bir qismini o ‘z 
ichiga olgan Turkman rayonlari tuzilgan.
Buxoroda qozi sudlari tiklanib, 1924-yilda 57 ta qozi sudlari faoliyat 
ko‘rsatgan.
1924-yilda BXSRda sud tuzilishi bo‘yicha Nizom qabul qilinib xalq 
sudlari - qozi sudlari; okrug sudi; Oliy sud tuzilgan. Qozi sudlari ishlami 
shariat huquqi asosida faoliyat ko‘rsatgan.
1922-yildan boshlab Buxoro hududida RSFSR qonunlari joriy 
qilingan. Davlatga qarshi jinoyatlar faqat RSFSR JK va JPK asosida 
ko‘rilgan. 1923-yilda Respublika Prokuraturasi tuzilib, uning boshida 
yustitsiya Xalq Komissarlarining birinchi o ‘rinbosari turgan. Uning 
yordamchisi Respublika Oliy sudi huzuridagi Prokuror funksiyasini 
bajargan, viloyat prokurorlari unga bo‘ysungan.
1924-yilning 19-sentabrda Umumbuxoro qurultoyi BXSRni Buxoro 
Sovet Sotsialistik Respublikasi deb e'lon qilindi.
Turkiston 
o ‘lkasida 
Sovetlar 
hokimiyatini 
o ‘rnatilishi 
va 
V.I.Lenining ko‘rsatmasiga binoan, o ‘lkani milliy respublikalarga bo‘lib 
yuborish amalga oshirilgan. 1924-yilga kelib, Turkiston hududida 0 ‘zSSR 
va uning tarkibiga kiruvchi Tojikiston ASSR, Turkmaniston SSR, RSFSR 
tarkibiga kiruvchi Qoraqirg‘iz avtonom viloyati, Qozog‘iston ASSR 
tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati tashkil etilgan.
1925 yil 19 fevralida Buxoroda 0 ‘zbekiston Sovetlarining 1- 
qurultoyida “0 ‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil qilinishi 
to‘g ‘risida”gi Deklaratsiya qabul qilingan. Bunda Turkiston, Buxoro 
viloyati Xorazm hududidagi respublikalar asosida milliy davlat 
chegaralanishi natijasida 0 ‘zbekiston Respublikasi tashkil bo‘lganligi e'lon 
qilindi. Bu respublika Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, 
Zarafshon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridan va Tojikiston Avtonom 
Respublikasidan tashkil topdi.
1925-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasini SSRni tarkibiga qabul 
qilinishi munosabati bilan 0 ‘zbekiston Sovetlarining 1927-yil 30-martda 
bo‘lib o ‘tgan 2-qurultoyida 0 ‘zbekiston SSRning birinchi Konstitutsiyasi 
qabul qilindi.
Konstitutsiyaga, “Mehnatkash va ekspluatatsiya qilinuvchi xalqlar 
huquqlari” 
Deklaratsiyasi, 
“0 ‘zbekiston 
SSRni 
tashkil 
qilinishi 
to‘g ‘risida”gi Deklaratsiyasi, SSSR Sovetlari 3-syezdining “0 ‘zbekiston 
SSRni Ittifoq tarkibiga qo‘shish” to‘g ‘risidagi qarori, SSSRning 1924-yilgi 
Konstitutsiyasi asos qilib olindi. Konstitutsiya 8-bo‘lim, 17-bob, 114- 
moddadan iborat.
162


Konstitutsiya 0 ‘zbekiston SSRning tashkil qilinganligi, 0 ‘zbekiston 
hududida 
proletariat 
diktaturasi 
o'rnatilganligini 
milliy 
davlat 
tuzilganligini, xususiy mulk bekor qilinganligini qonunlashtirgan.
Shuningdek, 
Konstitutsiyada 
0 ‘zbekiston 
SSR 
ishchi 
va 
dehqonlarning sotsialistik davlati ekanligi, unda butun hokimiyat ishchi 
dehqon va qizil askar deputatlari Sovetiga o ‘tganligi, asosiy ishlab 
chiqarish qurollariga nisbatan davlat mulkchiligi belgilanganligini e'lon 
qilgan.
Konstitutsiya bo‘yicha, 0 ‘zbekiston SSRning davlat hokimiyatining 
Oliy organi 0 ‘zbekiston Sovetlar qurultoyi, qurultoylar o ‘rtasidagi davrda 
Sovetlar Markaziy Ijroiya qo'mitasi, uning sessiyalari orasida MIK 
Prezidiumi, Oliy boshqaruv organi respublika Xalq Komissarlar Soveti, 
mahalliy davlat hokimiyati idoralari okrugi va tumanlarda Sovetlar 
qurultoyi, qurultoylar o ‘rtasida davrda Sovetlaming Ijroiya qo‘mitalari, 
shahar va qo‘rg‘onlarda Sovetlar sessiyalari o'rtasidagi davrda ularning 
ijroiya qo‘mitalari qishloqlarda qishloq Sovetlari etib belgilangan.
Doimiy ishlab turuvchi 0 ‘zbekiston MIK hukumat va boshqa 
vazirliklarning davlat organlari faoliyatini boshqarib turish, ularni ishlarini 
muvofiqlashtirish, Konstitutsiya va boshqa qonunlaming bajarilishini 
nazorat qilib borish bilan shug‘ullanishi belgilandi.
Konstitutsiyada fuqarolarning huquqiy holati, ularning huquq va 
erkinliklari ham ko'rsatiJgan edi va unda “mehnatkashlar” va “fuqaro” 
tushunchalari izohlab o ‘tilgan. Shu bilan birga mehnatkashlaming huquq 
va erkinliklariga alohida e'tibor berilgan.
Konstitutsiya mehnatkashlarga o ‘z fikrini erkin bildira olish, majlis 
qilish, birlashmalar tuzish huquqini berdi.
0 ‘zbekiston tarkibida Tojikiston ASSR 0 ‘zbekiston tarkibiga 
kirganligini inobatga olib, Konstitutsiyaning tegishli boblari, gerbida, 
o ‘zbek, tojik va rus tillarida yozib qo‘yildi.
1925-yilda 
vaqf 
mulkchiligi 
instituti 
huquqiy 
jihatdan 
rasmiylashtirildi. 0 ‘zSSR MIK va XKSning 1925-yil 19-dekabrdagi “Vaqf 
haqidagi qarori” ga asoslanib, qabul qilingan GKning 52-moddasidagi 
eslatmaga asosan vaqf mulklari davlat mulklari deb hisoblanadigan bo‘ldi.
Respublika XKS qoshidagi Vaqf Bosh Boshqarmasi, joylarda esa, 
uning bo Mini lari tashkil etilgan.
1929-yilda Xo‘jand viloyati Tojikistonga berilib, Konstitutsiyaga 
o ‘zgartirishlar kiritiladi. Tojikiston Sovetlarining uchinchi syezdida 
Tojikiston ASSR, Tojikiston Sovet Sotsialistik respublikasiga aylantiriladi 
va Ittifoq tarkibiga kiritilgan.
163


Tojikistonning 0 ‘zbekiston SSR tarkibidan chiqishi 1930-yil 20- 
iyunda 0 ‘zSSR Sovetlari MIKning qarori bilan mustahkamlanib, 
Konstitutsiyaga ham o'zgartirishlar kiritildi.
Shuningdek, 1930-yil 17-avgustda 0 ‘zbekiston Sovet MIKning 
qaroriga ko‘ra poytaxt Samarqanddan Toshkentga ko‘chirildi va shu 
munosabat bilan yana Konstitutsiyaga o ‘zgartirish kiritilgan.
0 ‘zbekiston Sovetlari syezdi va 0 ‘zbekiston SSR MIK davlat 
hokimiyatining Oliy organi bo‘lib, 0 ‘zSSRga tegishli barcha masalalami 
ко‘rib chiqib hal qilgan. Uning majlislari orasida MIK Prezidiumi barcha 
ishlarga rahbarlik qilgan.
Prezidiumda komitetlar, komissiyalar, bo‘limlar tashkil qilingan edi. 
Ulardan eng muhimi tashkiliy bo'lim, kamsonli millatlar ishi bilan 
shug‘ullanuvchi bo ‘limi, mehnatkashlar va ishlovchi ayollarning ahvolini 
yaxshilash qo‘mitalari edi. Yuqori ijro etuvchi va farmoyish beruvchi 
tashkilot bu 0 ‘zSSR Xalq Komissarlari Soveti edi. Tarmoqlar bo‘yicha 
boshqaruvni amalga oshiruvchi muassasalar Xalq Komissarliklari bo‘lib, 
ular bo‘ysunishiga qarab ikkiga bo‘lingan: birlashgan va birlashmagan. 
Birlashgan komissarliklar Ittiifoq va ittifoqdosh respublikalarda, 
birlashmaganlari faqat SSSR da mavjud bo‘lgan Xalq Komissarliklaridan 
iborat edi.
1927-yilgi 0 ‘zSSR Konstitutsiyasida sud tizimi va prokuratura 
to‘g ‘risidagi maxsus bo'lim yo‘q edi. Bu masalalar Ittifoq va Respublika 
qonunchiligi orqali hal etilar edi.
Quyidagi shaxslar saylash va saylanish huquqidan mahrum etildilar:
a) birovni mehnat qilishga yollab, undan daromad oluvchi;
b) 
noqonuniy yo‘llar bilan daromad olib 
uning evaziga 
yashaydiganlar;
v) mhoniylar, dindorlar, diniy tashkilot va oqimlarga mansub 
kishilar;
g) politsiyada, jandarmeriyada ishlagan kishilar;
d) ruhiy kasal bo‘lgan kishilar;
Sud yoki yuqori davlat idorasining qarori bilan saylov huquqidan 
mahrum etilganlar.
Qolgan fuqarolar esa, diniy e'tiqodi, millati, jinsidan qat'iy nazar 18 
yoshga to‘lgan har bir fuqaro saylov huquqlariga ega bo‘lgan.
0 ‘zSSRning 1927-yilgi Konstitutsiyasi asosida huquqning turli 
sohalari bo‘yicha qator normativ huquqiy aktlar qabul qilingan. Bular 
0 ‘zSSRning Grajdanlik Kodeksi (1927-y.) Grajdanlik protsessual kodeksi 
(1927-y.) Nikoh, oila, vasiylik va grajdanlik holatlarini qayd qilish
164


haqidagi kodeksi (1929-y). Yer suv kodeksi (1929-y), jinoyat protsessual 
kodeksi (1929-y) va boshqalar.
Oila huquqiga oid ayrim muammolami hal qilish maqsadida YUXK
1926-yil 25-fevralda “Xotin- qizlarni huquqiy himoyalash to‘g ‘risida”gi 
yo‘riqnomasini qabul qildi.
Bunga asosan nikoh ishlarini qozi sudlarida ko‘rish ishlari tugatildi. 
Bu davrda nikohni qayd etish masalalari, mahalliy sharoitni hisobga olgan 
holda, ayrim qo‘shimcha va o ‘zgartirishlar bilan to ‘ldirilgan RSFSRning
1918-yilgi oila va nikoh kodeksi asosida hal etilardi.
Oila, nikoh, vasiylik va grajdanlik holati aktlarini qayd qilish 
haqidagi 1927-yilda ishlab chiqilgan yangi Kodeks 0 ‘zbekistondagi 
birinchi oila-nikoh kodeksi edi. Unga ko‘ra, nikohga kirishning asosiy 
shartlari o ‘zaro rozilik va nikoh yoshiga yetganlik (xotin-qizlar uchun 18 
yosh), yaqin qarindoshlar o ‘rtasida nikohga kirish, ko‘p xotinlik qoralandi, 
shuningdek, nikohga kiruvchilarning diniy, milliy va ijtimoiy kelib 
chiqishi bilan bog‘liq chegaralanishlar ta'qiqlandi. Nikoh bekor qilingach, 
mehnatga qobiliyatsiz tomon uch yil davomida nafaqa olib turishi 
belgilandi.
Bu davrda qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 
0 ‘zbekiston Sovetlarining I-syezdi tomonidan qabul qilingan “0 ‘zbekiston 
SSRning tashkil topganligi to‘g ‘risida”gi Deklaratsiya, “Xo‘jalik qurilishi 
haqida”gi, “hokimiyatni yangi saylangan 0 ‘zSSR Sovetlari MIKga berish 
to‘g ‘risida”gi qarorlari, shuningdek, 0 ‘zSSR Sovetlari MIK va uning 
Prezidiumi 
tomonidan 
qabul 
qilingan 
“quyi 
davlat 
idoralarini 
mustahkamlash to‘g ‘risida”gi Nizomini tasdiqlash haqida”gi, 0 ‘zSSRning
1925-1926 yilgi davlat budjeti plani va boshqa aktlaming qabul qilinishini 
0 ‘zbekistonda yangi huquqiy tizimning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga 
olib keldi.
TASSRning 1922-yil 23-noyabrdagi qozi sudlari haqida qabul 
qilingan Nizomining 14-moddasiga binoan qozi va biy sudlarida, shariat 
qonunlari va odat qoidalariga asoslanib ish ko‘rish jarayonlari yangi 
huquqning asosiy qoidalariga zid kelmasligi shart qilib qo‘yildi. Sovet 
davlati qishloq joylarida 1925 yilda yer-suv islohotini, shaharlarda esa, 
uylami milliylashtirish va ularning egalaridan shahar Sovetlariga oUb 
berish amalga oshirilgan.
1922-yildagi Mehnat qonunlari Kodeksi 
qo‘llanilib mehnat 
huquqining me'yorlari mehnat shartnomasi va jamoa shartnomalari tuzish, 
dam olish, ish haqi, ish vaqti me'yorlarini tartibga solishga qaratilgan. Bu 
davrda kasaba uyushmalari jamoa shartnomasining faol ishtirokchisi bo‘lib
165


tanildi. Jamoa shartnoma, ishxona ma’muriyati bilan kasaba uyushma 
tashkiloti o'rtasida bir yil muddatga tuzilib u ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: 
bosh (generalniy) va lokal shartnomalar. Bu shartnomalar muhim huquqiy 
shakllardan bo‘lib, fuqarolaming mehnat jamoalarida ishchi va xizmatchi 
sifatida faoliyat ko‘rsatishlarida katta rol o ‘ynagan.
0 ‘zSSR JK 1926-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiritildi. Unga 
RSFSRning 1924-yildagi “Jinoyat huquqining boshlang‘ich qoidalari” 
asos bo‘lib xizmat qilgan.
Ushbu kodeks umumiy va maxsus qismlardan iborat bo‘lib, mavjud 
292-moddadan 56 tasi umumiy qismga, 236 tasi esa maxsus ishiga 
bag‘ishlanadi. Umumiy qism 4 ta bo‘limdan iborat.
0 ‘zSSR JK RSFSR Jinoyat Kodeksidan farqli ravishda boshqarish 
tartibiga qarshi qaratilgan jinoyatlarni ham juda xavfli jinoyatlar deb 
hisoblagan.
Jinoyat Kodeksida yangi ijtimoiy davlat tuzilishini va uning huquqiy 
tartiblarini, shuningdek, grajdanlarning huquq va manfaatlarini qo‘riqlash 
maqsadida jazoning og‘ir turlari ko‘rsatilgan.
JPK 1926 yilda qabul qilinib, u 1924 yildagi Ittifoq va ittifoqdosh 
respublikalar jinoyat sud yuritish asoslariga muvofiq holda, ishlab 
chiqilgan bo‘lib, o'zgartirish va qo‘shimchalar bilan 1929 yilgacha amalda 
bo‘ldi. Kodeks 6 bo‘lim 455-moddadan iborat edi.
JPKda jinoyat sud ishlarini yuritish asoslari, dalillar haqidagi 
normalar, sudning ushlab turish tartiblari va muddatlari, jinoyat ishini 
qo‘zg‘atish tartiblari va dastlabki tergov asoslari kabi qator normalar joy 
olgan.
Shuningdek, kodeksda jinoyat ishlarini xalq sudida ko‘rishning 
tartibi, oblast sudlari va harbiy tribunallarda hamda 0 ‘zSSR Oliy sudida 
sud ishlarini yuritish asoslari, tartiblari ham o ‘z ifodasini topgan.
Kodeksning so‘nggi bo‘limida hukmning ijro tartibi, muddatidan 
ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilish tartibi, shuningdek, shartli 
hukmlami va muddatidan ilgari shartli ozod qilishlami bekor qilish 
tartiblari ko'rsatilgan.
Bu davrda qator huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, 
0 ‘zbekiston 
Sovetlarining 
1-syezdi 
tomonidan 
qabul 
qilingan 
“0 ‘zbekiston SSRning tashkil topganligi to‘g ‘risida”gi qarorlari, 
shuningdek, 0 ‘zSSR Sovetlari MIKga berish to‘g ‘risida”gi qarorlari, 
shuningdek, 0 ‘zSSR Sovetlari MIK va uning Prezidiumi tomonidan qabul 
qilingan “quyi davlat idoralarini mustaqkamlash to ‘g ‘risida”gi Nizomini 
tasdiqlash haqida”gi, 0 ‘zSSRning 1925-1926-yilgi davlat budjeti va plani
166


va boshqa aktlaming qabul qilinishini 0 ‘zbekistonda yangi huquqiy 
tizimning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib kelgan.
0 ‘zbekiston SSRning 1927-yilgi Konstitutsiyasi asosida huquqning 
turli sohalari bo‘yicha qator normativ huquqiy aktlar qabul qilingan. Bular 
0 ‘zSSRning Grajdanlik kodeksi (1927-y.) Grajdanlik protsessual Kodeksi 
(1927-y.) Nikoh, oila, vasiylik va grajdanlik holatlarini qayd qilish 
haqidagi kodeksi (1929-y). Yer suv kodeksi (1929-y), jinoyat protsessual 
kodeksi (1929-y) va boshqalar.
0 ‘zSSR MIK Prezidiumining 1927-yil 22-oktabr qaroriga asosan 
GPK respublikaning barcha hududlarida 1928-yil yanvar oyidan boshlab 
kuchga kiritildi. Kodeks besh qismidan tashkil topgan bo‘lib, unda 
grajdanlik jarayonining asosiy mazmuni, sud daromadlari va xarajatlari, 
jarimalari, sud jarayoni ishtirokchilarini chaqirishning tartibi va 
protsessual muddatlar yoritilgan.
GPKning ikkinchi qismida da'vo ishlari bilan bog‘liq me'yorlari, 
uchinchi qismda esa alohida muhim ishlarni hal qilish tartiblari, to ‘rtinchi 
qismida sud qarori ustidan shikoyat qilish tartiblari va beshinchi qismida 
sud qarorlari va ajrimlarining ijrosini ifodalovchi normalami o ‘z ichiga 
olgan.
1930-yillar “qatog‘on” qilish siyosati bilan tarixda qoldi. Jinoyat 
protsessual qonunchiligida “ixchamlashtirish” yuz berdi. 0 ‘zbekiston 
Yustitsiya xalq komissarligi yangi Jinoyat protsessual Kodeksini ishlab 
chiqdi va u 1929-yil avgust oyidan kuchga kiritildi. 1926-yildagi 
Kodeksdan farqli o ‘laroq bu Kodeks 175 (455) moddadan iborat edi.
Bunda surishtiruv va dastlabki tergov institutlari birlashtirildi. Sud 
organlari qoshidagi tergov organlari prokuratura organlariga olib berildi. 
hatto tergovchi prokurorning ayrim nazorat funksiyalari bilan ham 
ta'minlandi. Kodeksda jinoyat ishini kuzatish yoki rad etish asoslari 
alohida ko‘rsatib o ‘tilmagan edi. Bu esa qonunchilikning buzilishiga olib 
keldi. SSSR MIKning 1934-yil iyuldagi “Umumittifoq Ichki Ishlar Xalq 
Komissariyatini tashkil qilish to‘g ‘risida”gi qarori bilan davlat birlashgan 
siyosiy boshqarmasi (OGPU) huzuridagi sud kollegiyasi tugatilib, davlat 
jinoyatlari va boshqaruv tartibiga qaratilgan jinoyatlarni tergov qilish 
SSSR Ichki Ishlar Xalq Komissarligi Davlat Xavfsizligi idoralariga berildi. 
Shu bilan birga SSSR va ittifoqdosh respublikalar Oliy sudlari qoshida 
ushbu turdagi ishlarni ко‘rib chiqish uchun maxsus kollegiyalar tuzildi. 
Vatanga xiyonat qilish, josuslik, terrorizm, qo‘poruvchilik kabi jinoyat 
ishlari Oliy sudning harbiy Kollegiyasi va harbiy tribunallar sudlovligiga
167


taalluqli bo'ldi. Bundan tashqari Ichki Ishlar Xalq Komissarligi xuzurida 
jinoyat ishlarini ko'rib chiqish huquqi bo‘lgan Maxsus Kengash tuzildi.
SSSR MIK 1934-yil dekabrdagi “Ittifoqchi respublikalaming 
harakatdagi jinoyat protsessual kodekslariga o'zgartirishlar kiritish 
haqida”gi qarorlarga asosan, 0 ‘zSSR MIK ham 1934-yilning 14-dekabrida 
“Jinoyat protsessual Kodeksining 11, 93, 106, 151, 167-moddalariga 
o ‘zgartirish kiritish va 99, 166-moddalar bilan toMdirish haqida”gi qarori 
qabul qilindi.
Ma'lumki 
1936-yil 
7-dekabrda 
Sovet 
Ittifoqining 
yangi 
Konstitutsiyasi qabul qilingan. Jamiyatda ro‘y bergan iqtisodiy, sinfiy, 
milliy sohalardagi o'zgarishlar ushbu Konstitutsiyaning qabul qilinishiga 
sabab bo‘ldi. Bu konstitutsiya o ‘sha kommunistik ta’limotga binoan, 
ittifoqda iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda erishilgan yutuqlami 
mustahkamlab, 
davlatchilikni yanada takomillashtirish vazifalarini 
bajarishi kerak edi.
Butun 0 ‘zbek Sovetlarining Favquloddagi VI kurultoyi 1937-yil 14- 
fevralda 0 ‘zSSRning yangi Konstitutsiyasini Sovet Ittifoqining 1936 yilgi 
Konstitutsiyaga to'liq mos ravishda qabul qildi. Yangi Konstitutsiya o ‘sha 
davming maqsadiga muvofiq ravishda "Sosializm qurish" sohasida qo‘lga 
kiritilgan yutuqlarini qonunlashtirdi. Bu o ‘zgarishlar ijtimoiy va davlat 
tuzulishiga fuqarolarning huquk va erkinligiga taalluqli bo‘lib, ular 
quyidagilardan iborat edi:
1) hokimiyat ko‘rsatilishicha, mehnatkashlarning qo‘lida bo‘lib, uni 
mehnatkashlar deputatlari Sovetlari orqali amalga oshirishi kerak edi;
2) Sovetlar faoliyatida "demokratik" deb nomlangan prinsiplar 
rivojlantirildi, ishchi, dehqon, soldat deputatlari Sovetlari o ‘miga doimiy 
ishlaydigan mehnatkashlar deputatlari Sovetlari keldi. Sovetlaming ish 
faoliyati shakllari o ‘zgardi, ya'ni butun 0 ‘zbek Sovetlari syezdi o ‘miga 
doimiy ishlaydigan 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti (Oliy Sovet 
sessiya chaqirish tartibida ishlaydigan organ) va uning Prezidiumi, davlat 
boshqaruvi 
organi 
sifatida 
Xalq 
Komissarlar 
Soveti 
joylarda 
mehnatkashlar deputatlari oblast, rayon, shahar Sovetlari ularning ijoriya 
organlari sifatida ijoriya qo‘mitalari tashkil etildi;
3) Sovetlarga saylov o ‘tkazish prinsiplari o ‘zgartirildi (Saylovda 
qatnashish tenglik asosida, to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri, yopiq ovozlar berish yo‘li 
bilan o‘tkaziladigan edi);
4) Sovetlar deputatlari vakolatining doimiyligi belgilandi (2,5 yil va 
5 yil);
168


Shuningdek, fuqarolaming asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari 
alohida belgilashda Oliy hokimiyat organlarining vakolatlari alohida 
belgilandi. Ishlab chiqarishda sotsialistik mulk iqtisodiy tuzumning asosi 
qilib belgilandi va uning ikki shakli davlat va jamoat mulki va boshqalar 
o‘z aksini topdi.
Yangi Konstitutsiya 0 ‘zbekiston SSRning Oliy davlat hokimiyat 
organi etib, 0 ‘zbekiston SSR Oliy Sovetini belgilagan va unga 
respublikada qonun chiqarish vakolatini bergan. Oliy Sovet sessiyalari 
o ‘rtasidagi davrda uning qonun bilan belgilangan vakolatlarini amalga 
oshiruvchi Oliy Sovet Prezidiumini tashkil qilinishi, Konstitutsiyada 
belgilab qo‘yilgan.
Yangi Konstitutsiya 0 ‘zbekiston SSRning Oliy boshqaruv idorasi 
qilib Xalq Komissarlari Soveti (1946 yildan Ministr Soveti)ni belgilagan.
Konstitutsiyada davlat hokimiyatining mahalliy idoralari qilib, 
viloyat, tuman, shahar, qo‘rg‘on va qishloq mehnatkashlari deputatlari 
Sovetlari mahalliy davlat boshqaruv idoralari qilib Sovetlaming ijoriya 
qo‘mitalari belgilangan.
Konstitutsiyada sud va Prokuratura idoralari tizimi, ularning 
vakolatlari, fuqarolaming huquq va burchlari va boshqa muhim davlat 
ahamiyatiga molik masalalar o ‘z aksini topgan.
Ushbu o'zgartirishlarga ko‘ra, Sovet hokimiyatining vakillariga 
qarshi qaratilgan, shuningdek, terroristik aktlar bilan bog'liq ishlar 
yuzasidan sud prokuratura organlariga quyidagi huquqlar berildi: a) 
tergovni 10 kundan oshiq bo‘lmagan muddatda tamomlash; b) ayblov 
fikrini ishni sudda ко‘rib chiqishdan bir sutka oldingina topshirish; v) 
jinoyat ishini ayblovchi va himoyachining ishtirokisiz ко‘rib chiqish. 
Ayblanuvchining sudga kelishini majburiy emas deb hisoblash. g) hukmni 
kassatsiya tartibida shikoyat qilish, avf etishni so'rab ariza berishga yo‘l 
qo‘yilmasligi. d) oliy jazo tayinlash haqidagi hukm chiqarilgandan so‘ng 
darhol uni ijro etish.
Boshqacha qilib aytganda, ayblanuvchi o ‘z aybini bilish huquqi, 
dalillar taqdim qilish, tergov va sud organlarining harakatlari ustidan 
shikoyatlar berish, himoyachiga ega bo‘lish kabi protsessual huquqlardan 
mahrum edi. Bulardan tashqari Partiya Markaziy Komitetlarining 
ko‘rsatmalari asosida yuzlab yo‘riq xatlar (instruksiyalar) to‘ldirilib, 
qonunchilik va uni amalda qo‘llash o ‘zgartirilib turildi.
Bu davrda jamiyatning ilg'or flkrli o ‘z dunyoqarashiga ega bo‘lgan 
farzandlariga «Xalq dushmanlari” tamg‘asi bosilib, «jahonda eng 
insonparvar» deb ta'riflangan sovet odil sudlovi qoidalari qo‘pol
169


buzilibgina qolmay, balki o ‘rta asr inkvizitsiya sudi usullari bilan tergov 
va sud jarayonlari o'tkazildi. O'lim mashinasining «tinimsiz ishlashini 
ta'minlash maqsadida» sovetlaming jazo organlari qayta tashkil qilindi, 
ularning huzurida g ‘ayri konstitutsiyaviy organlar tashkil qilindi. 1931 - 
yilda birinchi marta SSSR Ishchi Dehqon Militsiyasi haqida Nizom ishlab 
chiqilib tasdiqlandi. 1932-yilda esa Davlat Birlashgan siyosiy boshqarmasi 
huzurida (OGPU) Ishchi dehqon militsiyasi bosh boshqarmasi tuzildi. 
1932-yilning 25-iyulida «Revolyutsion qonunchilik haqida» SSSR 
Markaziy Ijroiya Komiteti va Xalq Komissarlari Sovetining qarori chiqib, 
Sovet jazo organlariga qonunchilik buzilgan hollarda qat'iy choralar 
ko‘rish topshirildi. 1933 yili SSSR Prokuraturasi tashkil qilindi. 1934-yilda 
Ichki Ishlar Xalq Komissarligi tuzilib, Militsiya Bosh boshqarmasi unga 
bo‘ysundirildi. 1934-yilda OGPU huzuridagi Sud kollegiyasi tuzildi. 
Uning sudlovidagi ishlari viloyat va Oliy sudlarga o‘tdi. OGPU esa, endi 
IIXKga Bosh Boshqarma sifatida bo‘ysundirilib, qayta tashkil qilindi. 
IIXK (NKVD) huzurida qaytadan Maxsus Kengash tuzildi. Unga esa, endi 
davlatga qarshi jinoyatlarni suddan tashqari ко‘rib chiqish huququni 
(sudsiz repressiya) berildi. 1943-yilda esa, yigirma yilga ozodlikdan 
mahrum qilish, qatorga ishlariga yuborish, osib o ‘ldirish, 1945-yilda 
barchaga o ‘n yil ozodlikdan mahrum qilish, qo‘shimcha jazo sifatida besh 
yilga huquqlardan mahrum qilish jazosi qo‘llash belgilangan.
Shunday qilib, Davlat Siyosiy Boshqarmasi (GPU)ning maxsus 
kengashidagi uchlik komissiyasi sirtdan sud qilish huquqiga ega bo‘lib, 
dastlab o ‘n yil, keyin 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, keyinchalik 
osib o ‘ldirish kabi jazolami berishga ham huquqli bo‘lgan. Bu 
komissiyalar ikkilik, uchliklar tarzida tuzilgan. Maxsus kengashda Partiya 
MIKdan bir vakil, IIXKdan bir kishi, prokuraturadan bir kishi doimiy vakil 
bo‘lib qatnashgan. Uning majlislari yopiq o ‘tkazilgan. Ular: a) unvon va 
mukofotlardan mahrum etish; b) barcha mol-mulkm musodara qilish; v) 
yopiq turma qamog‘i; g) yozishmalardan mahrum etish kabi jazolami 
qo‘shimcha jazolar tarzida berishlari mumkin bo‘lgan. qamalganlar o ‘z 
taqdirini bilmasdan katorga ishlarida yillab yurganlar.
1937-yillarda azoblab so‘roq qilish uchun (pitka) maxsus ijozat 
olingan bo‘lsa, 1938-yil bahoridan boshlab tergovda azoblash usulini 
qo‘llashga mxsat etilgan. 1939-yilda yana tergovda azoblash usuli alohida 
rasmiylashtirilgan. Urushdan keyin esa ruxsat olish yo‘li bilan, ko‘pgina 
jinoyatlar uchun azoblashni qo‘llash mumkin bo‘lgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida 0 ‘zbekiston Respublikasi oldida 
sanoatni front talablariga moslab qayta kurish, mamlakatning harbiy
170


hududlaridan ko‘chirilgan muassasalarni darhol joylashtirish va ishga 
tushirish kabi birlamchi vazifalar qo‘yildi.
Sovet davlatining favqulodda davlat organi bo‘lgan - Davlat 
Mudofaa Komiteti (DMK) 0 ‘zbekistonda bu kabi tadbirlami bajarilishiga 
katta e'tibor berdi. Jumladan, 1941-yilning avgustida DMK 1942-yilda 
mamlakat mudofaasini ta’minlovchi harbiy xo‘jalik rejasini ishlab chikdi, 
Unda front chizig‘idagi zavod-fabrikalarni, mamlakatning sharqiy 
rayonlariga ko‘chirish, yangi zavodlar qurish, shaxta, konlar qurib ishga 
tushirish, ishchi kadrlami tayyorlash ko‘zda tutilgan edi. Uning asosida 
0 ‘zbekiston hukumati o'zining 1942-yilga mo‘ljallangan harbiy rejasini 
ishlab chiqdi. Ko‘chirib kelinayotgan zavod-fabrikalarni joylashtirish 
uchun 1941-yilning 25-avgustida komissiya tuzildi. 0 ‘zbekistonda 
to‘qimachilik mashinasozligi, ikkita qishloq xo‘jalik, mashinasozligi 
zavodi, nasos-kompressor qurilmalar zavodi, burg‘ulash uskunalari zavodi, 
elektrokabel, vagonlarni ta’mirlash, ko‘tarma mexanizmlar zavodi, ximiya 
kombinatlari qurilmalari zavodi, to‘rtta qand zavodi, konserva zavodlari, 
paxta, qog‘oz fabrikalari va boshqalar ko‘chirib kelindi, qurilib, o ‘z 
vaqtida ishga tushirildi.
SSSR Oliy Soveti Prezidiuminchng 1942-yilning 1-fevralida «Urush 
davrida shahaming mehnatga layoqatli aholisini qurilish va ishlab 
chiqarishga jalb etish to ‘g ‘risidagi farmon»iga binoan, 16-55 yoshdagi 
erkaklar, 16-45 yoshdagi ayollami ishga jalb etilgan, deb hisoblandi. 1943- 
yilning 23-sentabrida 0 ‘zSSR FA tashkil qilib front uchun katta ishlarni 
bajardi.
Davlat qurilishi borasida SSSR Oliy Kengashi va Xalq Komissarlar 
Sovetining 1941 yilning 30 iyundagi qarori bilan DMK va ittifoqdosh 
respublikalarda uning vakilligi tashkil qilindi.
Urush yillarida ikki marta 0 ‘zSSR Oliy Sovetining sessiyalari 1943- 
yil martida va 1944-yilning sentabrida o ‘tkazildi. U Sessiyada «harbiy 
xizmagchilaming oilalariga yordam ko‘rsatish borasidagi tadbirlami 
yaxshilash” masalasi tinglandi. Shu maqsadlarda urushning 18 oyi ichida 
Z3 mln. so‘m sarflangan.
1943-yilning 27-sentabrida ochilgan VI sessiyasidg ittifoq respublika 
Xalq Komissarliklari, 0 ‘zSSR Mudofaa Komissarligi va Tashqi Ishlar 
Xalq Komissarliklari tashkil qilingan.
0 ‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining 1941-yil 31-iyulidagi 
farmoniga binoai Ichki Ishlar Xalq Komissarligi va Davlat Xavfsizligi 
Xalq Komissarligi birlashtirildi. Ammo bu turmushda o ‘zini oqlamadi. 
1943-yilning 19-mayida qaytadan ikkita Xalq Komissarligi tuzilgan.
171


Urush yillarida 0 ‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti barcha 
Xalq Komissarliklari ishini uyushtirib, respublika oldidagi vazifalami 
aniqlab, ularning bajarilishiga rahbarlik qilib turdi. 1942-yilda 0 ‘zbekiston 
SSR XKS Raisini qurol-yarog1, o ‘q-dori, energetika va yonilg'i bo‘yicha 
o'rinbosari lavozimi tasis qilingan.
Arxitektura ishlari Davlat komiteti, kinemotografiya ishlari Davlat 
komiteti, harbiylaming oilalarini ishga joylashtirish va ularga davlat 
ta'minotini yo‘lga qo‘yish boshqarmasi, poligrafiya va nashriyot 
boshqarmasi, diniy ishlar boshqarmasi kabi yangi davlat organlar tuzilgan.
Yangi Konstitutsiya asosida 0 ‘zbekiston SSRning Jinoyat Kodeksi 
(1959-y) Jinoyat protsessual kodeksi (1959-y), Grajdanlik kodeksi (1963- 
y) Grajdanlik protsessual kodeksi (1963-y.), Nikoh va oila Kodeksi (1969- 
y), Yer kodeksi (1970-y), Mehnat qonunlari kodeksi (1971-y), Suv kodeksi 
(1972-y) va boshqa qator normativ huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
60-70- yillarda 0 ‘zbekiston huquqining ikkinchi kodifikatsiyasi 
o'tkazilib, huquqning barcha tarmoqlari bo‘yicha jami 16 kodeks qabul 
qilingan.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin