jinoiy javobgarlikka tortiladi. Faqat odarn o ‘ldirish, qasddan tan jarohati
yetkazish, nomusga tegish, o‘g‘rilik, talonchilik uchun 14-16
yoshdan
jinoiy javobgarlik belgilandi, 18 yoshgacha bo'lgan shaxslarga nisbatan
qanday jinoiy jazolarning qo‘llanilishi mumkinligi jazolaming oz va ko‘p
muddatlari aniqlashtirilgan.
0 ‘zbekiston SSR Jinoyat Kodeksining tizimiga asos qilib,
jinoyatning obyekti olingan va ana shu jinoiy tajovuz obyektiga qarab
tegishli boblarga ajratilgan. Jinoyat kodeksi umumiy qism va maxsus
qismlardan iboratdir.
Jumladan, uning maxsus qisrni quyidagi boblardan iborat:
Birinchi bob - davlatga qarshi qaratilgan jinoyatlar bo‘lib, bu
davlatga qarshi qaratilgan alohida xavfli jinoyatlar ikkinchisi davlatga
qarshi qaratilgan boshqa jinoyatlar.
Ikkinchi bob
- shaxsning hayoti, sog‘ligi, ozodliti va qadr-qimmatiga
qarshi qaratilgan jinoyatlar.
Uchinchi bob - mulkka qarshi jinoyatlar.
To'rtinchi bob - grajdanlaming shaxsiy mulkiga qarshi jinoyatlar.
Beshinchi bob - grajdanlaming siyosiy va mehnat huquqlariga qarshi
jinoyatlar.
Oltinchi bob - Mansabdorlik jinoyatlari
Yettinchi bob - odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatlar.
Sakkizinchi bob - xo'jalik jinoyatlari.
To‘qqizinchi bob - idora qilish tartibga qarshi qaratilgan jinoyatlar.
0 ‘ninchi bob - jamoat tartibi va jamoat xavfsizligiga qarshi
qaratilgan jinoyatlar.
0 ‘n birinchi bob - harbiy jinoyatlar.
Idora qilish tartibiga qarshi va boshqa sohadagi bir qancha jinoyat
turlari o ‘z ahamiyatini yo‘qotganligi sababli Jinoyat Kodeksiga 36 ta yangi
modda va u kuchga kirgandan so‘ng qo‘shimcha 22 modda kiritildi.
Shuni aytish lozimki, 0 ‘zSSR Jinoyat kodeksi ozodlikdan mahrum
qilish jazosini minimal 3 oydan maksimal 10 yilgacha, alohida og‘ir
jinoyatlar uchun 15 yilgacha belgiladi. Bunda 18 yoshga to‘lmagan
shaxslarga 10 yildan oshiq belgilash mumkin emas edi.
Jinoyat
kodeksining ishlab chiqarilishi bilan jinoyat huquqi normalarini
takomillashtirish ishlari oxiriga yetmadi, balki rivojlantirildi.
0 ‘zbekiston davlati va huquqi rivojlanishi tarixida 1978-yilda qabul
qilingan Konstitutsiya alohida ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiya Oliy
Sovet
sessiyasida
1978-yil,
18-aprelda
qabul
qilindi.
Unda
0 ‘zbekistonning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tizimi, fuqarolaming huquq
175
va erkinliklari, davlat organlarining tuzulishi prinsiplari ularning tizimi va
vakolatlari davr talabiga moslashtirib mustahkamlangan.
0 ‘zSSRning Konstitutsiyasi kirish (muqaddima), XI bo'lim, 21 bob
188 moddadan iborat edi. Bu Konstitutsiya 1937-yilgi Konstitutsiyadan
o ‘zining muqaddimasi bilan ajralib turadi unda respublika bosib o ‘tilgan
yo‘l, Konstitutsiyaga asos bo‘lgan manbalar ko'rsatilgan.
0 ‘zbekistonning bu Konstitutsiyasi quyidagi
xususiyatlari bilan
ajralib turadi.
Birinchidan, 0 ‘zSSRning siyosiy, tizimi, uning jamiyatning
boshqarishdagi vazifalari, siyosiy tizim rivojlanishining asosiy yo‘llari,
0 ‘zSSRning sotsial rivojlanishi yo'llari 0 ‘zbekistonning tashqi siyosati
asoslari, mehnatkashlar deputatlari Sovetlari o ‘rniga xalq deputatlari
Sovetlari bolganligi;
Ikkinchidan,
oshkoralik,
qonuniylik,
demokratik
sentralizm
prinsiplarining davlat va jamoat tashkilotlarining faoliyati uning asosiy
prinsiplar qilib belgilanganligi;
Uchinchidan, fuqarolaming huquq va
erkinliklari kengaytirilgan
(mehnat va uy joy bilan ta'minlash huquqi);
To‘rtinchidan, har bir davlat organi va mansabdor shaxsning
topshirilgan vazifa yuzasidan javobgarligining oshirilganligi fuqarolami
davlat va jamoat ishiga jalb qilishni kengaytirilganligi, ularning bir-birlari
oldidagi xalq va davlat oldidagi ma'suliyatining oshirilganligi va
Konstitutsiya mazmunidan kelib chiqib, "O'zbekiston
SSR Oliy Sovetiga
saylovlar haqida" (1978-y), " 0 ‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti haqida
(1978-y) 0 ‘zbekiston SSR Xalq deputatlari mahulliy Sovetlarga Saylovlar
haqida (1959-y), 0 ‘zbekiston SSR Xalq deputatlari oblast Soveti haqida
(1980-y), hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish haqida
qonunlar va boshqa normativ huquqiy aktlar qabul qilingan.
Huquqiy islohotni amalga oshirish Sovet jamiyatining siyosiy
tizimini tubdan qayta qurishning bir yo‘nalishi, uning ajralmas qismi edi.
Jumladan, bu boradagi qonunlardan biri
Dostları ilə paylaş: