To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti


“Davlat korxonasi (Birlashmasi)



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

“Davlat korxonasi (Birlashmasi)
to‘g‘risida”gi 
qonundir. Mazkur qonun XI chaqiriq Oliy Sovetning VII 
sessiyasida 1987-yilning 30-iyunida qabul qilinib, 1988-yil 1-yanvardan 
kuchga kiritilib, ko‘p masalalarni yangi tartibda hal qildi. Masalan, mehnat 
jamoalarining barcha masalalarda vakolatlari kengaytirildi. Korxonada 
xo‘jalik hisobini mustahkamladi. U 3 bo‘lim, 25 moddadan iborat bo‘lib, 
uning birinchi bo‘limi xalq xo‘jaligining asosiy bo‘g ‘ini sifatida korxona 
(birlashma)ning 
huquq 
va burchlari, 
ikkinchi 
bo'limi 
korxona 
(birlashma)ni boshqarish va mehnat kollektivlari to‘g ‘risidagi qoidalardan
176


iborat edi. 
“Kooperatsiya to‘g‘risida”gi 
qonun SSSR Oliy Sovetining 
1986-yilning 26-may qarori bilan tasdiqlanib, 1-iyuldan boshlab kuchga 
kiritilgan.
Qonun besh bo‘lim, 58-moddani o ‘z ichiga olib, undan kooperatsiya 
va uning mamlakat iqtisodida tutgan о ‘mi, kooperativni mamlakat 
kooperatsiya tizimida xo‘jalik mexanizmining iqtisodiy asoslari, davlat va 
kooperatsiyaning o ‘zaro munosabatlari, ularning ayrim turlari va 
xususiyatlari kabi masalalarni o ‘z ichiga oladi. qonunga ko‘ra, 
kooperatsiya foydali faoliyatning mutassil rivojlanib boradigan ilg‘or 
shakli ekanligi ko‘rsatilgan. U fuqarolarga o ‘z kuchlari va bilimlarini
iste’dodlari va istaklarini hamda har birining qobiliyatiga muvofiq unumli 
mehnatga sarflash va ularniig mehnatiga qarab haq olishida imkoniyatlar 
ochib berishi to‘g ‘risida gapirilgan.
Yangi qonunchilik Sovet davlati va huquqi tarixida birinchi marta 
konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasini tuzishni mustahkamladi, ya'ni 
konstitutsiyaviy nazoratni vujudga keltirdi. Bu organning tashkil qilinishi 
va faoliyati maxsus akt - Konstitutsiyaviy nazorat to ‘g ‘risidagi 1989-yil 
23-dekabro qonuni bilan tartibga solindi. Ana shunday qonunlardan yana 
biri, 
0 ‘zSSRning ijara to ‘g ‘risidagi Nizomidir. 
Mazkur Nizom 
0 ‘zbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumining 1989-yilning 29-dekabridagi 
Farmoni bilan tasdiqlangan va 1990-yil 1-yanvarda kuchga kiritildi. 
Nizom ikki bo‘limga boiingan 33 moddadan iborat bo‘lib, unda ijara bilan 
bog‘liq umumiy masalalar, ichki ijara, pudrat masalalari va boshqalar 
huquqiy tartibga solingan. Jumladan, qonunga ko‘ra ijara-shartnoma 
asosida yer, boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, birlashmalar va boshqa 
mulklami, shuningdek, xo‘jalik faoliyati va o ‘zga faoliyatni mustaqil 
ravishda amalga oshirish uchun ijarachiga muddatli egalik qilish va undan 
foydalanish maqsadida topshirishdir.
Sud islohotiga ko‘ra, bir necha qonunlar qabul qilindi. Bularga 
«SSSR Ittifoqi va Ittifokdosh respublikalaming sud tuzilishi asoslari» 
to‘g ‘risidagi 
1989-yil 
13-noyabr qonuni, 
“Sudyalaming 
maqomi 
to‘g ‘risida»gi 1989-yilning 4-avgustdagi qonuni, “Sudga hurmatsizlik 
haqida»gi 1989-yilning 2-noyabrdagi qonunlarini ko'rsatish mumkin. 
Asoslarga binoan, sud tuzilishiga quyidagi yangiliklar kiritilgan:
1 Rayon (shahar) xalq sudlari (xalq sudyalari), ana shu sudlar 
huzuridagi ma'muriy suddami tuzish va ular zimmasiga ma’muriy 
huquqbuzarliklar to ‘g ‘risidagi ishlarni ко‘rib chiqishning yuklatilishi.
177


2. Qonunda o ‘lim jazosi berilishi yoki 10 yildan oshiq muddatga 
ozodlikdan mahrum qilishi nazarda tutilgan ishlarni kechgaytirilgan 
maslahatchilar kollegiyasi sudi tomonidan hal etilishi.
3. Gumon qilingan ayblanuvchi va sudlanuvchi shaxs himoya 
qilinish huquqiga ega ekanligi, ularning bu huquqi ushlangan yoki 
qamoqqa olingan yoki aybnoma topshirilgan paytdan boshlab vujudga 
kelishi.
4. Sudyalami 10 yil muddatga yuqori, xalq deputatlari sovetlari 
tomonidan saylanishlari.
5. Aybsizlik prezumpsiyalarining mustahkamlab qo‘yilishi.
80-yillar o ‘rtalarida O'zbekistonning xo‘jalik tashkilotlarida ochilib,
tergov va sud qilingan markaziy matbuot esa, «o‘zbeklar ishi», «asr 
jinoyati» deb cho‘qintirgan «Paxta ishlari» va uning aarofidagi tuhmat 
hamda ig‘vogarliklar sobiq SSSR bilan birga tarix mulkiga aylanib qoldi. 
0 ‘zbekiston Respublikasi o ‘zining davlat mustaqilligiga erishishi 
arafasidayoq» sobiq sho‘rolar sud, tergov organlari faoliyatidagi bu 
boradagi barcha nuqsonlar fosh etildi. Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy sudining Plenumi, hukumatimiz rahbarlarining tashabbusi bilan ushbu 
ishlarni o ‘rganib chiqib, 1990-yilning 20-iyulida «Respublika sudlari 
tomonidan paxta va boshqa qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlash va 
qayta ishlash bilan bog‘liq bo'lgan talon-taroj qilish, qo‘shib yozish va 
boshqa suiiste'molliklar haqidagi ishlarni ko‘rish amaliyotida vujudga 
kelgan ba'zi masalalar to‘g ‘risida» nomli №4 sonli qaror qabul qilib, unga 
binoan bu kabi jinoyatlaming oxirgi zarurat sifatida sodir etilganligini
shuning uchun bu harakatlarda jinoyat tarkibining yo‘qligini isbotlab 
berdi. 1991 yilning mart oyigacha protsessual qonunlar qo‘pol tarzda 
buzilib, javobgarlikka tortilgan 1207 rahbar ozod qilindi. Nohaq 
sudlanganlar oqlandi, qonunsiz ishdan bo‘shatilganlar ishga tiklandi, sabr- 
toqatli, sodda, mehnatkash, ishonuvchan o ‘zbek xalqining nomi ham 
T.Gdlyan va Ivanovlaming tergov guruhi mudhish aybnomalaridan ozod 
bo‘ldi.
Shu yillarda SSSRda yashayotgan yashirin iqtisodiyot (pora olish, 
berish, xo‘jalik jinoyatlari va boshqalar) ko‘rsatilganidek. 140 million 
so‘m emas, 100 milliard so‘mdan oshiq ekanligi, SSSR Bosh Prokurori 
nutqida tan olingan edi.
Bu narsa Markaziy hukumatga mamlakatning siyosiy va iqtisodiy 
tizimidagi kamchiliklami bo‘yab ko‘rsatish, bunga ittifoqchi respublikalar 
aybdor, «Mana biz jinoyatchilikka qarshi kurashayapmiz, tartibga 
olayapmiz», degan fikmi tug‘dirib, jamoatchilik fikrini chalg‘itish, Gdlyan
178


kabilar uchun esa, o‘zining kasbiy mahorati atrofida shov-shuv ko‘tarish 
va xizmat pog‘onasining yuqori bosqichiga qadam tashlash uchun kerak 
edi.
Shuning uchun ham, V.Ilyuxinning kitobida ko‘rsatilganidek, Gdlyan 
va 
Ivanov 
kabi 
shaxslami 
tergov 
protsessida 
yo‘l 
qo‘ygan 
qonunbuzarliklari 
oddiy 
xatolar 
emas, 
protsessual 
banditizm», 
bosqinchilikdan iboratdir. 
Ammo o ‘tkazilgan islohotlar, ko‘rilgan 
tadbirlar, qabul qilingan katta-kichik qonunlar ham, siyosiy, ijtimoiy- 
iqtisodiy inqirozni boshdan kechirayotgan sobiq sovetlar davlatini saqlab 
qola olmadi. Ushbu o ‘zgarishlar boshqa ittifoqchi respublikalar qatori, 
0 ‘zbekistonga ham joriy etilgan bo‘lsa-da ular samara bermadi. Chunki, 
nurab borayotgan davlatni bu choralar bilan olib qolish mumkin bo'lmay 
qoldi. Voqealaming hal qilish nuqtasi bo‘lib 1991-yilning 17-24- 
avgustdagi voqealari bo‘ldi.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin