Buxoro amirligida Rossiya protektorati davrida huquqning asosiy
manbai sifatida shariat qonunlari, ko‘chmanchi aholi yashaydigan
hududlarda odat huquqi normalari saqlanib qolingan.
Vujudga kelgan yangi ijtimoiy munosabatni tartibga solish uchun esa
ko‘plab huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ular 1868-yil 23-iyuldagi "Sulh”,
1873-yil sentabrdagi "Do‘stlik” haqidagi shartnoma, "Buxoro xonligida
vino ishlab chiqarish haqidagi qoidalar" (1893-y), "Buxoro xonligidagi
oltin sanoati haqidagi qaror" (1896-y) "Buxoro xonligida kuchli quvvatli
ichimliklami sotish qoidalari" (1889-y, iyun), "Buxoro xonligida kuchli
quvvatli ichimliklami sotish joylarini, ularning turlari va soni hamda yangi
savdo joylarini tashkil qilish tartibini belgilash haqidagi qoidalar" va
boshqalar edi.
Xiva xonligi bilan Rossiya imperiyasi o'rtasida imzolangan "Sulx"
(1873-y, avgust) shartnomasiga ko‘ra, xonlik Rossiyaning vassaliga
aylandi. Shartnomaga ko‘ra, xonlik va Rossiya o'rtasidagi munosabatlarni
amalga oshirish va xalq hukumati faoliyatini nazorat qilish uchun 7
kishidan iborat Kengash tashkil etilgan. Kengash a'zolarining 4 tasi chor
hukumati vakillaridan 3 tasi xivaliklardan (xon, mextar, devonbegi) dan
iborat bo‘lib, uning raisi rasman xon bo‘lsada, qabul qilingan qarorlar
Turkiston general-gubematori tomonidan tasdiqlanishi belgilangan edi.
1874-yilda Amudaryo okmgini Amudaryo bo‘limiga aylantirilishi
munosabati bilan Kengashga barham berildi. Amudaryo bo‘limiga harbiy
boshliq boshchilik qiladigan bo‘ldi. U Rossiya bilan Xiva xonligi
o ‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish vakolatiga ega bo‘lgan.
1887-yildagi Nizomga ko‘ra, Amudaryo bo‘limi boshlig‘i harbiy
gubernatorga bo‘ysunadigan bo‘ldi. U Amudaryo bo‘limidagi chor
qo‘shinlariga rahbarlik qilardi.
Xonl ikda davlat boshlig‘i rasman xon bo Tib, u mamlaktni
amaldorlariga tayangan holda boshqargan. Markaziy boshqaruv idoralariga
mansabdorlami lavozimga tayinlash va vazifasidan ozod qilishni General-
gubematoming roziligi bilan uning yorlig‘iga ko‘ra amlga oshirgan.
Xondan keyingi mansabdor Mextar bo‘lib, u davlat xazinasiga boshchilik
qilgan, davlat daromad va xarajatlarining hisobga olishga rahbarlik qilgan.
Shimoliy qism aholisini boshqargan. U
Dostları ilə paylaş: