To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti


Markaziy va mahalliy boshqaruv



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

Markaziy va mahalliy boshqaruv
Xiva xonligi xon tomonidan saroy amaldorlari yordamida 
boshqariladigan, yakka hokimlikka asoslangan davlat bo‘lib, xonlikdagi 
eng yuqori unvon xon bo‘lib, u siyosiy, harbiy va diniy hokimiyatga ega 
edi. Xon va boshqa amaldorlarning mansabi bu xonlikda meros tariqasida 
avloddan avlodga o ‘tgan.
Xon davlatni boshqarishda harbiy ma’muriy, harbiy va diniy 
amaldorlarga tayangan, xonlikdagi mansab va unvonlar 3 toifaga 
bo‘lingan.
126


Xondan keyingi eng katta nufuzga inoq, otaliq va biylar unvonlarga 
ega bo‘lgan. Ular xonning eng yaqin maslahatchilari bo‘lib, davlatning 
siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy, harbiy, hayotini nazorat qilgan.
Inoq - vazirlik, xondan keyingi birinchi mansabdor bo‘lgan. Davlat 
hokimiyatining markazlashuvi va kuchayishi natijasida XIX asming 
birinchi yarmidan boshlab inoqlaming ahamiyati pasayib, qushbegining 
ta'siri orta boradi. Qushbegi asosan, xonning barcha yorliq va farmonlari 
uchun javobgar, o ‘troq aholiga boshchilik qilish, soliqlami davlat 
xazinasiga tushib turishi ustidan nazorat olib borgan. Mehtar esa 
xonlikning moliya ishlari hamda uning Shimoldagi o ‘troq aholisini 
boshqarishga rahbarlik qilgan.
Xonlikning siyosiy iqtisodiy hayotida ulardan tashqari naqib, amir- 
ul-umaro, 
mehtar, 
qushbegi, 
beklarbegi, 
devonbegi, 
parvonachi, 
dasturxonchi, eshik og‘asi, shotir, yasavulboshi, udaychi, mingboshi, 
mirobboshi va boshqa mansabdorlar ham muhim o ‘rin tutgan. Diniy 
hokimiyat Shayxulislom boshliq din peshvolari qo‘lida bo'lgan. Mahalliy 
shayxlar Said ota Shayx avlodlari, Darvish shayxlari davlatdagi nufuzli 
diniy amaldorlar sirasiga kirar, barcha diniy mansablar ularning vakillariga 
berilar edi.
Barcha farmonlar, davlat ishlari, hujjatlar o ‘zbek tilida yozilardi. 
Dastlab xonlik ma'muriy jihatdan viloyatlarga boiingan bo‘Isa, 
keyinchalik (XVIII asming boshlari XIX asming boshlaridan) davlatdagi 
asosiy ma'muriy birlik bekliklar deb yuritila boshladi.
Bu davrda xonlik 16 ta beklik va 2 ta noiblikdan iborat boigan. Ular 
Xozarasp, Gurlan, Xonqa, Ko‘hna Urganch, qo‘shko‘prik, Gitraq, Fazovot, 
Qiyot, Shobboz, Shovot, Toshhovuz, Ambarmanaq, Urganch, X o‘jayli, 
Shumanay va qo‘ng‘irot bekliklari hamda Beshariq, Qiyot- Qo‘ng‘irot -
noibliklaridan iborat bo‘lgan.
Bu beklik va noibliklami xon tomonidan tayinlanadigan beklar va 
noiblar boshqargan. Xiva shahri esa xon va bosh vazir (inoq) tomonidan 
boshqarilgan.
Inoqlar ta'siri kuchaygan davrda ulardan 5 kishi a'zo bo‘lgan. Xon 
Kengashi ham bo‘lib u maslahat organi hisoblangan.
Xonlikning o ‘troq aholi qavmlar bir masjidga birlashgan bir guruh 
aholi bo‘lib, uning boshida saylanib qo‘yiluvchi oqsoqol turgan qavmlar 
eng boshling‘ich soliq va ma'muriy birlik boigan. Xonlikdagi shaharlami 
idora qilish hokimlar va ularning yordamchilari yuzboshi va oqsoqollarga 
topshirilgan.
127


Xonlik tarkibiga kirgan qozoq va qoraqalpoq aholisini biylar, 
turkmanlarda esa vakil va bek boshqargan. Bir necha avlodga birlashga 
urugiam i biylar boshqargan. U otaliqqa ular esa beklar begiga 
bo‘ysungan.
Xonlik qo‘shinlari qo‘shni mamlakatlarga xavflar solib turuvchi, 
talonchilik urushlari uyushtiruvchi davlat sifatida ma'lura edi.
Qo‘shin Xiva xonligida turli yillarda turli sohada bo‘lgan. XVIII 
asrning oxiri XIX asrning boshlarida xonlikda doimiy armiya shakllana 
boshlagan, ular davlat ta'minotida bo‘lgan. Xiva xonlarining davlat 
ta’minotida turgan oddiy askar bir yillik maoshi oltita qo‘ydan iborat 
bolganligi ular davlat ro'yxatida turganligi haqida ma'lumotlar bor.
XIX asring ikkinchi yarmiga kelib, Xiva xonlarining armiyasi 13 
mingdan ortiq navkar, 8 mingga yaqin to‘pchi va piyoda askarlardan iborat 
bo‘lgan, ular xizmatlari evaziga soliqlardan ozod etilib, sug‘oriladigan 
yerlardan berilgan.
Harbiy sohada oliy bosh qo‘mondon Xon hisoblangan. Xondan 
keyingi ikkinchi o ‘rinda turgan inoq o ‘z vazifasiga ko‘ra harbiy-ma'muriy 
amaldorlarga yetakchilik qilgan. Undan keyingi harbiy mansabdor amir ul- 
umaro bo‘lib, qo‘shinlar boshlig'i sarkarda deb atalgan.
Xonning shaxsiy gvardiyasi boshlig‘i yasovulboshi unvoni berilgan 
bo‘lib, u xonni qo'riqlash, tartib-intizomni saqlashga mas'ul hisoblangan.
Harbiy-ma'muriy amaldorlar ichida mingboshi, yuzboshi kabi harbiy- 
bo‘linmalar boshliqlari, ishg‘ovul (ayg‘oqchi), kutval, tug‘begi kabi harbiy 
mansabdorlar ham katta ahamiyatga ega edilar.
Qo‘shinlar otliq va piyoda navkarlardan tashkil topgan bo‘lib, harbiy 
talonchilik yurishlari davrida asosan, tez harakat qiluvchi otliq 
qo‘shinlardan, shahar va qal'alar himoyasida piyoda qo‘shinlardan 
foydalanilgan.
Asosiy hujum qurollari o ‘q-yoy, qilich, nayza dubulg‘a bo‘lib, bu esa 
qo‘shinni kuchsizligidan dalolat beradi.
Qo‘shinni asosini yollangan turkman sarbozlari turli o ‘zbek 
qabilalaridan tuzilgan qo‘shinlar tashkil qilardi. Jang olib borish usuli esa 
Chingizxon va Amir Temur davridagi qonun qoidalarga asoslangan.
Davlat boshqaruv apparati va qo‘shin soliqlar evaziga tutib turilgan. 
Asosiy davlat solig‘i xiroj yoki solg‘ut, ushr (lOdan 1 qism), 
chorvadorlardan olinadigan zakot (mulk qiymatining 40%), o ‘tloq va 
yaylovlarda mol boqqanlik uchun cho‘p puli, shuningdek, yil boshida yoki 
bir necha yillik soliqlarni avvaldan undirib olish, barot kabi turlari bo‘lgan.
128


Zakot natura tartibida olinsa 5 tuyadan 1 qo‘y, har 40 qo‘ydan bitta 
tartibida olingan.
Muhammad Rahimxon I tomonidan o ‘tkazgan soliq islohotlariga 
asosan soliqlar pulda undirilib, davlat xazinasiga topshiriladigan bo‘ladi.
Soliq asosan yer maydoni hajmiga qarab undirilgan. 10 tanob 
(4ga)dan ortiq bo‘Isa, 3 tilla soliq, 5-10 tanobgacha 2 tilla, 5 tanobdan kam 
bo‘lsa yiliga 1 tilla to‘lash belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, chorakor 
dehqonlar ham agarda 15 tanob yerda chorakor bo‘Isa 34 tanga, 10 tanob 
yerga esa 34 tanganing 3/2 qismi, 5 tanob yeri bo‘lsa 3/1 qismi miqdorida 
soliq to'laganlar.
Xonlikdagi soliqlar, ularning turlari, miqdori, undirish tartibi turlicha 
bo‘lgan. Soliqlardan tashqari aholi turli majburiyatlami bajarishi shart edi. 
Kanallami tozalash, yangilarini barpo etish uchun ilk bahorda o ‘z yeriga 
ega bo‘lgan, har bir xonadondan bir kishi jalb etilib, 15 kun ishlab berishi 
shart bo‘lgan.
Xonlikda asosiy sudlov ishlarini qozilik idoralari tomonidan amalga 
oshirilgan. Qonun chiqaruvchi, ij'ro etuvchi, oliy shaxs xon bo‘lib, og‘ir 
jinoyatlarni o ‘zi ko‘rib hal qilgan. Undan keyingi o ‘rinda Bosh sudya -
qozikalon turgan. Xonlikdagi barcha viloyat, tuman kasaba, shaharlarda 
xon tomonidan tayinlangan qozilar bo‘lib, ular o ‘z yordamchilari -
muftilar yordamida mulkchilik bilan bog'liq mojoralarni hal qilish, mayda 
jinoyatlami ochish va shu kabi ishlar bilan shug‘ullangan. Yiloyatlardagi 
jinoyatlarni ко‘rib chiqishda mahalliy hokimning ishtirok etish huquqi bor 
edi. Qishloqlardagi mayda mojarolami qishloq oqsoqollari tomonidan hal 
qilinardi.
Aybdorlarga nisbatan o ‘lim jazosi, tana a'zolarini (barmoq, qo‘lini) 
kesish, kaltaklash, mol-mulkini musodara qilish, jarima solish va boshqa 
jazo choralari tayinlanardi.
Xonlik hayotida Muhammad Rahimxon 

(1806-1825) tomonidan 
o ‘tkazilgan siyosiy, iqtisodiy, ma’muriy islohotlarining ahamiyati katta. 
Islohotlarga ko‘ra xon saroyi qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi 
Kengash ta'sis etilgan, soliqlar tartibga solinadi. Ularning muntazam 
ravishda yig ‘ilishi tufayli xazina daromadlari oshib boradi.
Bojxona tashkil etilib, tashqi savdodan keladigan daromadlar 
ko‘paytirilgan. Ichki muomala uchun oldn va kumush tangalar zarb 
etilgan. Orolliklar- qoraqalpoqlar Xiva tarkibiga qo‘shilgan.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin