Buxoro amirligi
Ashtarxoniylar sulolasining so‘nggi vakillaridan Abdulfayzxon
o ‘limidan so‘ng, Buxoro taxtini egallagan Muhammad Rahim mang‘itlar
(1756-1759) sulolasi hukmronligini boshlab berdi. Uning vafotidan so‘ng,
Buxoro taxtiga tog‘asi Doniyolbiy mang‘it (1759-1784) o ‘tirgan, so‘ngra u
hokimiyatni o‘g ‘li Shohmurodga (1785-y) topshirgan.
Shohmurod Mang‘itlar sulolasi ichida birinchi bo‘lib, “amir” unvoni
bilan davlatni boshqaradi. Shundan so‘ng bu davlat Buxoro amirligi deb
atala boshladi.
Buxoro amirligida ham yer egaligining quyidagi turlari mavjud
bo‘lgan:
1. Mulki Sultoniy yoki amloq yerlar, amir, uning yaqinlariga,
davlatga tegishli yerlar (amloqi podshohiy, amloqi sultoniy). Bunday
yerlar dehqonlarga ijaraga berilar edi. Eng ko‘p soliq xazinaga shu yerdan
tushardi. Soliq yig‘uvchilar maxsus ro‘yxat bilan yetishtirilgan hosilning
bir qismini mahsulot hisobidan olardi.
Soliq to‘lash miqdori har 10 botmon hosildan uch botmonni tashkil
qilardi.
2. Xususiy yer egaligi “mulki hur” yoki “mulki xolis” yerlardan
iborat bo‘lgan. Bunday yerlar tanho, suyurg‘ol, iqto' tariqasida berilgan.
119
Tanho - davlat oldidagi xizmatlari uchun harbiylarga berilgan yer
mulklari, ular meros tariqasida o'tmagan, suyurg‘ol yerlar esa harbiy
boshliqlar, davlat arboblari, ulamolarga xizmatlari evaziga berilgan in'om,
suyurg‘ol egasi moliyaviy va ma'muriy imtiyozlarga ega bo‘lganlar, iqto'
yerlari ham harbiy-ma'muriy amaldorlarga berilgan. Ulardan olinadigan
daromadning bir qismi davlat xazinasiga topshirilgan.
3. Yeming uchinchi ko‘rinishi vaqf yerlari, masjid, madrasalar,
qabristonlar va boshqa diniy idoralarga tegishli yer mulklaridan iborat.
4. Qishloq jamoa yerlariga tegishli yerlar. qishloq boylari egaligidagi
yerlar bo‘lib, unda qishloq aholisi ijara asosida dehqonchilik qilishgan.
Mang‘itlar sulolasi davrida ham eng oliy tabaqa Amir va saroy
amaldorlari (vazir-vuzaro) ijtimoiy jihatdan eng katta imtiyozlarga ega
bo'lgan tabaqa edi.
Davlat boshqaruvida ishtirok etadigan harbiy - ma'muriy amaldorlar
(umaro) ham nufuzli ijtimoiy tabaqa sanalgan.
Alohida ajralib turadigan oqsuyaklar o ‘zlaridan barcha aholidan
ustun qo‘yadigan, Muhammad Payg‘ambar avlodidan hisoblangan saidlar
hamda hojalar edi. Ular o‘z avlodlari shajarasiga ega bo‘lishlari shart edi.
Soliq to‘lovchi aholi, jamiyatdagi barcha moddiy boyliklami yaratuvchi
ijtimoiy tabaqa raiyat edi. Bundan tashqari Buxoro amirligida qulchilik
ham saqlanib qolgan edi. Qullar asosan rus, eron millatlarga mansub
bo‘lib, ular harbiy talonchilik yurishi paytida qo‘lga olinardi. Turkman
hamda qozoqlar olib kelib ularni Buxoro bozorida sotishardi. Manbalarda
har biri 40 tagacha qulga egalik qiluvchi badavlat buxoroliklar borligi
haqida ma'lumotlar bor.
Shuningdek, manbalarda keltirilishicha, amirlikning barcha aholisi
quyidagi tabaqalarga bo‘lingan:
1. Oqsuyaklar.
Ularga
Muhammad
payg‘ambar
avlodlari
hisoblangan saidlar hamda hojalar kirgan.
2. 0 ‘z urug‘iga ega barcha atoqli o ‘zbek urag'dor deb atalgan.
3. Tojiklar, forslarga mansub bo‘lgan shogirpesha.
4. Madrasani tugatgan yetarli bilimga ega bo‘lgan o ‘qimishli kishilar
- mullalar.
Bu tabaqalarning barchasi o ‘z navbatida sipoyi, ya'ni davlat
xizmatida bo‘lgan amaldorlarga va fuqarolarga bo‘lingan.
Buxoro amirligida davlat mutlaq qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyatga ega bo‘lgan amir tomonidan boshqarilar edi. Davlat hayotiga
tegishli siyosiy, iqtisodiy, diniy va boshqa barcha masalalar Buxorodagi
bosh qarorgoh Arkda hal etilgan. Arkda amir va uning oilasidan tashqari
120
qushbegi, shig'ovul, to'pchiboshi, mirzaboshi va ba'zi saroy amaldorlari
ularning oilalari, xizmatkorlari yashaganlar. Davlat ahamiyatiga molik
ishlami hal qilish uchun vaqti vaqti bilan Davlat kengashi chaqirilib
turilgan. Unga beshtadan yigimiatagacha yuqori amaldorlar a'zo
bo‘lganlar.
Davlat boshqaruvi ikki bo‘g ‘inli markaziy va mahalliy boshqaravdan
iborat bo‘lgan. Markaziy boshqaruvni asosan saroy amaldorlari amalga
oshirishgan. Amirdan keyingi mansabdor qushbegi lavozimining mavqei
juda katta bolgan. Amirlik poytaxti Buxoro shahrini shaxsan
qushbegining o ‘zi boshqargan. U davlat doirasi bo‘yicha bosh vazir
hisoblangan. Davlat boshqaruvida devonbegi, parvonachi, otaliq, dodxox,
xudoychi, mirzaboshi va boshqa saroy amaldorlari, Shayxulislom,
qozikalon kabi diniy rahbarlaming ham mavqei katta boigan.
Mahalliy boshqaruv esa viloyatlarga bo‘linib amalga oshirilgan.
Viloyatlarda boshqaruvni amir tomonidan tayinlangan (odatda ular
mang‘it urug‘idan bo'lganlar) beklar tomonidan boshqarilgan. Ular o ‘z
boshqaruv tizimiga ega bo‘lib, mirzaboshi, soliq yig‘uvchi amaldorlar
(tanobchi, zakotchi), qozi, rais kabi diniy mansabdorlar, qishloq
oqsoqollari yordamida bekliklami idora qilganlar.
Turli davrlarda amirlikning ma'muriy hududi turlicha bo‘lgan. Eng
kengaygan davri Amir Nasrullo hukmronligi davri bo‘lib, unda amirlik
tarkibida 30ta beklik Qarshi, G ‘uzor, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz,
Yakkabog*, Boysun, Denov, Sherobod, Xisor, Qorategin, Darvoza,
Baljuvon, Shuxkon, Rushon, Qo‘lob, Qo‘rg‘ontepa, Kobadiyon, Kaloor,
Kerki, Burdalik, Qalakli, Xorazm, Choqo‘y, Karmana, Ziyovuddin,
Nurota, Xatirchi, Urgut va Samarqand edi. Bekliklar kichik hududiy
bo‘linma amlokdorliklarga bo'lingan bo‘lib, ularni amlokdor boshqargan.
Eng qo‘yi bo‘g ‘in qishloq janbarlari bo‘lib, ular oqsoqol tomonidan
boshqarilgan.
Buxoro amirligi harbiy qo‘shini ham otliq va piyoda jangchilardan
iborat bo‘lib, amirlikning harbiy qudrati Amir Nasrullo davrida ancha
kuchayadi. Bu davrda Buxoroda doimiy armiya Sarboz (sipoh) qo‘shin
tashkil etildi. Manbalarda keltirilishicha ularning soni 40 mingga yaqin
bo‘lgan. Ular asosan qilich, nayza o ‘q-yoydan iborat qurollar bilan
qurollangan edi.
Oliy harbiy amaldorlar “sarkarda” unvoniga ega bo‘lib, davlat
xazinasidan maosh olib turishgan. Amirdan keyin turuvchi eng yuqori
harbiy amaldor “dodxox” (qo‘shin boshlig‘i) turardi. Unga qo'shinni
boshqarishda qo‘rg ‘onbegi, to‘qsabo, mingboshi kabi oliy va ponsadboshi,
121
churaboshi, yuzboshi, dahboshi kabi harbiy h o iinma boshliqlari yordam
berishgan.
Sud ishlari.
Buxoro amirligida. Islom davlatlariga xos jinoyat va jazolar mavjud
bo‘lgan. Ammo bulardan tashqari, Buxoroda o'ziga jazoning va
jinoyatning o'ziga xos turlari va ijro etish usullari bolgan. Sayyoh
Yefremovning xabar berishicha, XVIII asming 20-yillarida Buxoroda
o ‘g ‘rilik uchun erkak kishi osib o ‘ldirilgan, Xotin kishi ko'kragigacha
ko‘milib, toshbo'ron qilib oldirilgan. Agar odam o ‘ldirish yoki tanga
jarohat yetkazish jinoyati sodir etilgan bo Isa, otaliq aybdomi o ‘ldirilgan
odamning qarindoshlariga tutib bergan. Ular esa aybdomi musulmon
huquqidagi «tishga tish» qoidasiga ko'ra qilgan bo‘lsa, yarador, o ‘ldirilgan
bo‘lsa, jinoyatchini oidirishgan. Agar er xotinini boshqa shaxs bilan jinsiy
aloqa qilayotganini o ‘z ko‘zi bilan ко‘rib, uni guvohlantirsa, er ikkalasini
ham oidirib, ularning qarindoshlariga xabar bergan. Ular esa, o'likni olib
ko'mishgan, shu bilan hech qanday sud ishi yuritilmagan. Ko‘rinib
turibdiki, bu og‘ir jinoyatlar deb hisoblanib, ular sudsiz, tergovsiz ijro
etilgan. Buxoro shahri katta-kichik 366 kvartalga bo'lingan. Ularning har
biri o ‘z machitlariga ega bo'lgan mavzega bo‘linib, oqsoqol tomonidan
boshqarilgan, odatda ular keksa savdogarlardan saylanadi. Shuning uchun
ham shaharliklar uning odilligiga ko‘proq ishonishgan.
Alohida hollarda amir biror-bir jinoyatni sodir etmaslik uchun
qo'rquv hissini uyg‘otmoqchi bo‘Isa, Mir Arab madrasasi oldidagi
minoradan uloqtirish yo‘li bilan qatl qilishga hukm qilingan. Bu jazo odam
o ‘ldirganlik va yaqin qarindoshlar bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun ham
qo'llanilgan. Kam ahamiyatli jinoyatlar uchun aybdoming tovoniga yoki
ko‘kragiga urish bilan chegaralanilgan. Buxoroda kaltak bilan jazolashning
keng qo‘llanilishini bu yerga 1836-yil elchi bo‘lib kelgan P.I.Vitkevich
ham ta'kidlab o ‘tganidek: “Buxoroda umuman yo‘g ‘on kaltak bilan
jazolash, shu darajadaki, mahkumning suyaklari sinib ketadi yoki о ‘lib
qoladi”.
P.I.Vitkevich devordan itarib yuborish jazosining ham bo‘lganligini
yozib, uni o ‘z ko‘zi bilan ko‘rganligini ta'kidlagan. Buxoro shahrining
devorlari mustahkam, darvozadan kirish joyida, devor ustida maydoncha
bo‘lib, ana shu yerdan uning ko‘zi oldida ikki kishi o ‘g ‘rilik qilganlari
uchun itarib yuborilganlarini yozib qoldirgan.
Ulardan binning qo‘li sinib, ikkinchisining esa badanlari momataloq
b o ‘lib ketgan. Jinoyat va jazo masalalarida mahalliy hukmdorlar faqatgina
122
shariat ko‘rsatmalarigagina amal qilib qolmasdan, o ‘zlari ma'qul deb
hisoblagan jazolarga ham, uni ijro etish usullariga ham hukm qilganlar.
Jazoning asosiy maqsadi : qoplash, o ‘ch olish, xun undirish,
qo‘rqitishdan iborat bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: |