To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti


Shayboniylar davlatida huquq tizimi



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

Shayboniylar davlatida huquq tizimi
Xonlikda jinoyatni aniqlovchi va jazo beruvchi asosiy mahkama 
islomiy shariat qonun-qoidalariga asoslanib tutuvchilar qozilik idoralari 
edi. Davlatdagi Oliy sudya qozi kalon bolib, viloyatlardagi jinoyatlarni 
jazolash viloyat qozilari qolida edi. Oliy jazo - o lim hukmini faqat
114


xonning maxsus farmoni bilan amalga oshirganlar. Aybdomi aniqlashda 
shariat qonunlariga asosan ikki kishi guvohiligi yetarli boigan. 
Viloyatlarda, tumanlarda jinoyat ishlarini viloyat hokimi nazoratida 
mahalliy qozilar olib borgan. Jinoyatchilarga gunohiga qarab o ‘lim jazosi, 
ma'lum muddatga (ko'pchilik hollarda umrbod) zindonga tashlash, tan 
jazosi berish (darra urish, barmoqlarini kesib tashlash), sazoyi qilish, 
qoziqqa o ‘tkazish kabi jazo choralari ham qo‘llanilgan. Aybdorlarga jazo 
berish ko‘pincha bozor oldida maxsus maydonda - aholi ko‘z o ‘ngida 
amalga oshirilgan.
Harbiylar sodir etgan jinoyatlar va jazo turlari maxsus harbiy 
sudyalar qozi askar va mufti askar tomonidan ко‘rib chiqilgan.
Mol-mulk bilan bog‘liq jinoyatlar, o ‘g ‘irlik shariat qonunlariga rioya 
qilmaslik uchun beriladigan jazolar turi ko‘pincha amaldorlaming hoxish- 
irodasiga bog‘liq bo‘lib, ma'lum jinoyatlar uchun aniq jazo oldindan 
belgilab qo‘yilmagan.
Bu davrga oid hujjatlarda (Jo‘ybor shayxlari arxivi, Samarqand 
qozilik idorasi hujjatlari) fuqarolik ishlari, huquqiy ma'muriy jinoyatlar, 
tartibbuzarliklar va ularga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari haqida 
ma’lumotlar saqlanib qolgan. Masalan: Buxorodagi Katta G ‘oziyon va 
kichik G ‘oziyon madrasasiga tegishli hujjatlarda (1535) madrasada o ‘qish 
va hujrada yashash tartib-qoidalarini buzgan talabalarga quyidagi jazo 
choralarini ko’rilishi qayd etilgan. Agar talaba darslarga bir oy sababsiz 
qatnashmasa uni hujradan mahrum qilishgan, agar talaba dangasaligi 
tufayli darslarni yaxshi o ‘zlashtira olmasa yoki bir bosqichdan ikkinchi 
bosqichga o ‘ta olmasa unga nafaqa to ‘lash bekor qilinib, hujara tortib 
olingan.
Ro‘zbexon Isfaxoniyning "Mehmonnomai Buxoro", "Suluk al- 
muluk" «Podsholaming xulq atvorlari» asari (15 bobdan iborat): 
savollarga javob tariqasida yozilgan bo‘lib, davlat ishlarida, musulmonlar 
bilan o ‘zaro munosabatlarda, dorug‘alar tayyorlashda, xiroj, ushr, juzya 
kabi soliqlami yig‘ib olishda nimalarga asoslanish lozimligi va 
Shayboniyxonlar davlati haqidagi ma’lumotlar yoritib berilgan.
115



Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin