tomonidan sodir etilgan bo isa, sud hukm chiqarishi uchun yetarli dalil
hisoblangan.
“Hidoya” islom dunyosida e'tiborli kitoblardan bo‘lib, barcha
madrasalarda musulmon huquqi bo‘yicha qo‘llanma sifatida o ‘qitilgan.
“Hidoya” muallifi mujtahidi muallaq darajasidagi fiqh olimi bo‘lib,
yuridik amaliyotda pretsedent (o‘xshash holatlar va ishlarga qo‘llanilishi
mumkin) bo‘la oladigan qarorlar (fatvo)ni qabul qilishga haqli edi.
Shuning uchun ham muallif kitobning ko‘pgina joylarida huquqiy masala
yechimida o ‘z fikrini keltiradi. Sharhlar berilgan joylarda Abu Hanifa
huquq maktabi hamda uning shogirdlarining fikrini ham keltiradi.
“Hidoya” faqat musulmon dunyosida fiqhni o ‘rganish
manbai
sifatidagina emas, uning yuridik (huquqiy masalalami hal etishda
qo‘llanma) manbaiga ham aylanib qolgan.
Unga o ‘z zamonasining amaliyotchi qonunshunoslari murojaat
qilganlar va sharhlar bitishgan. Jumladan, Husomiddin al-Husayin bin ali
as-Sig‘noqiy (1313-1314-yillarda vafot etgan) bu kitobga to ‘la sharh:
«Nihoya»ni yozgan.
“Hidoya” ma'lum ma'noda, madrasa talabalari, qozi va muftilaming
o ‘rganishlari hamda qo‘llashlarga qulaylik yaratish uchun yozilgan, deyish
mumkin. Movarounnahr fiqhlari uchun, ma'lumki,
huquq tarmoqlari
haqida «Al-hidoya»ga o ‘xshash 50dan ortiq kitoblar yozishgan.
Marg‘inoniy «Hidoya»sini shuhrat topganligining sababi uning ilmiy va
amaliy jihatdan mukammalligi bo‘lishi edi. Asar o ‘quvchiga o ‘sha
davrdagi musulmon huquqining tarmoqlari bo‘yicha to‘la tasavvur beradi.
Uning bizgacha arab tilidagi bir necha nusxalari yetib kelgan bo‘lib, bu
asar fors, ingliz va ms tillariga ham o ‘girilgan. Asar ikki jild va to‘rt juz'
57 kitobdan iborat bo‘lib, birinchi juz'ga asosan ibodat masalalari
kiritilgan. Qolgan uchta juz' fiqh masalalarini o ‘z ichiga oladi. Ingliz va
ms tillariga qilingan tarjimalar esa 4 jildga bo‘linib nashr etilgan. 1-jild 5
kitob: tozalanish, ibodat qilish xayr-ehson qilish, ro‘za tutish va haj
qilishdan iborat. Bundan yaqqol ko‘rinib turibdiki, musulmon huquqida
diniy urf-odatlar va huquq hamda majburiyatlar
bilan dunyoviy fiqh
masalalari bogManib ketgan. Shuning uchun ham bu jild fors tilidan ingliz
tiliga o ‘girilganda, xayr-ehson qismidan boshqasi tushirib qoldirilgan. 2-
jild 14 kitob: nikoh, sut bo‘yicha qarindoshlik, nikohni bekor qilish,
qasam, jazo, o ‘g ‘rilik, siyosiy qonun-qoidalar, topilgan narsalar haqida,
daraksiz yo‘qolganlar, o ‘rtoqlik shartnomasidan iborat. Ya'ni, bu jildda
asosan oila va nikoh haqidagi hamda qisman grajdanlik huquqi masalalari
yoritiladi. 3-jild 22 kitobga bo‘lingan: savdo-sotiq, pulni maydalash,
83
kafolat, qarzlami o ‘tkazish, qozi (sud'yaning)
majburiyatlari, guvohlik
ko‘rsatuvlarini rad qilish, ishonchnoma, da'vogar, tan olish, kelishuv,
garov, qarz, ssuda, hadya, ijara, vasiylik. Bundan ko‘rinib turibdiki,
mazkur jildni grajdanlik huquqining asosiy masalalari va sud-protsessual
huquqiga bag‘ishlangan deb aytish mumkin. 4-jild 16 kitobdan: aralash
mulk huquqini olish va bunday huquqning vorislikka o'tishi,
mulkni
bo‘lish, yerlarni ishlash bo‘yicha tuzilgan shartnomalar, oziq-ovqatlarni
yetishtirish va iste’mol qilishdagi turli ehtiyot choralari, bo‘sh yotgan
yerlarni ishlash, ta'qiqlangan (ichimhk) suyuqliklar, ov haqida, zakolat,
shaxsga qaratilgan shikoyatlar, pul bilan undiriladigan (qoplanadigan) jazo
choralari, peniya (pinni) undirish, vasiyatlardan iborat. Ya'ni mazkur jild
hozirgi zamon huquq
tarmoqlariga nisbatan olganda, diniy huquq, yer
huquqi, jinoyat huquqi masalalariga bag‘ishlanadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, musulmon huquqi XII asrdayoq ma'lum
tarmoqlarga va institutlarga ega boigan huquq tizimini tashkil qilgan. Ana
shu jihatdan o'rganishda bu manbaning ahainiyati katta boigan. Shuning
uchun ham «А1 hidoya»ni o ‘qib, sharhlay bilish madrasada fiqh ilmidan
ma'lum natijaga erishganlikni bildirib, mufti, qozi lavozimlarini bajarishga
huquq bergan.
Xullas, «Hidoya» asari o ‘z davrini islom huquqshunosligining o ‘ziga
xos qomusi boigan desak, adashmaymiz.
Dostları ilə paylaş: