To sh k en t d a V la t y ur idik institu ti


Musulmon huquqi manbalari



Yüklə 153,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/63
tarix25.12.2023
ölçüsü153,71 Kb.
#194972
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63
O\'zbekiston davlati va huquqi tarihi. Xamidova M.

Musulmon huquqi manbalari. 
Shariatning muhim manbasi bo‘lib, 
oyat va suralardan tashkil topgan, musulmonlarning muqaddas kitobi 
bo‘lmish Qur’on hisoblanadi. Tadqiqotchilar Qur'onda unga nisbatan 
Sharqning qadimgiroq huquqiy yodgorliklarining holatlari mavjudligini 
ta'kidlashadi. Qur’onni tuzish bir qancha o ‘n yilliklarga cho‘zilgan. Uning 
to‘liq ishlangan nusxasi xalifa Umar (644-656 yillar) hozirgi holatga 
keltirgan. Qur'onning o ‘zida uning huquqiy ahamiyati quyidagicha 
ta’riflanadi: “Shunday qilib, biz uni arab qonunlari sifatida nozil qildik”. 
Qur’on arablarga islom tomonidan o‘rgatilgan qoidalar foydasiga ajdodlar 
odatlaridan voz kechishni tavsiya etadi.
Qur’on 6666 oyatga bo‘lingan, 114 suradan iborat. Bu she’rlarning 
ko‘pchilik qismi diniy xarakterga ega va faqatgina 500ga yaqini 
musulmonlarning yurish-turish qoidalariga tegishli. Ulaming 80 ga yaqini 
huquqiy (deyarli, bular oila, nikohga tegishli), qolgani esa diniy marosim 
va majburiyatlarga qaratilgandir.
Qur'onning ko‘pchilik qismi murakkab xarakterga egadir. Ko‘pchilik 
holatlar noaniq ko‘rinishga ega bo‘lib, uning tarkibi nimalardan iborat 
bo‘lishiga qarab turli ma'nolar kasb etishi mumkin. Turli mazhablar 
tomonidan bularni erkin tushunishi natijasida, ular bir-biriga qarama- 
qarshi huquqiy tavsiyalarda o ‘z aksini topa boshladi.
Musulmonlar uchun eng muhim manbalardan biri bu Sunna 
(“Muqaddas meros”) bo‘lib, u Muhammad (S.A.V.)ning fikr-mulohazalari 
va qilgan ishlari jamlangan ko'plab hodisalardan iboratdir. Shuningdek, 
hodisalarda arab jamiyatida ijtimoiy munosabatlami rivojlanishini aks 
ettimvchi turli huquqiy ko‘rsatmalami uchratish mumkin. Hodisalarning 
so‘nggi tarixi IX asrda, sunnaning 6 ta asosiy to ‘plamlari tuzilib 
boiinganidaii so‘ng amalga oshirilgan. Ular orasida Al-Buxoriyning 
to‘pi ami eng mashhurdir. Shuningdek Sunnada nikoh va meros, isbotlash 
va sudlov huquqi, qullar haqidagi normalar o ‘z aksini topgan. Sunna 
hodisalari, ulaming qayta ishlanganligiga qaramay, ko‘plab bir-biriga 
qarama-qarshi holatlar o ‘z ichiga olgan va nisbatan “to‘g ‘ri”sini ular 
orasidan tanlab olish fiqhshunoslar va qozilar extiyoriga qoldirilgan. 
Bundan tashqari, faqatgina Muhammad (S.A.V.) muridlari tomonidan
68


i
aytilgan hadislargina kuchga ega deb hisoblangan. Shialarda sunniylardan 
farqli o'laroq, xalifa Ali va uning izdoshlari tomonidan aytilgan hadislami 
tan olingan.
Musulmon huquqi manbalari ichida uchinchi o ‘rinni Ijmo egallagan 
bo‘lib, unga musulmon jamoasining umumiy kelishuvi sifatida qaralgan. 
Ijmo Qur'on va sunna bilan bir qatorda ta'sirchan manbalar guruhiga 
kirgan. Amaliy jihatdan ijmo Muhammad (S.A.V.) muridlari yoki oqibatda 
ta'sirchan musulmon-ilohiyotchilari huquqshunoslari tomonidan aytilib, 
bir-biriga mos diniy va huquqiy masalalar to ‘g ‘risidagi fikrlardan 
shakllangandir. Ijmo qur'onning ta'siri sifatida rivojlanishi bilan birga, 
Muhammad (S.A.V.) bilan bog‘liq bo‘lmagan yangi normalar sifatida ham 
shakllangandir. Ular mustaqil yurish-turish qoidalarini nazarda tutib
muftilaming bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashlari oqibatida majburiy tus 
olganlar. Musulmon huquqi normalarining bunday rivojlanish yo‘li 
«ijtixod» deb nom olgandir. Ijmoning shariatning asosiy manbalaridan biri 
sifatida, haqqoniyligi Muhammad (S.A.V.) ko‘rsatmalaridan aniqlangan: 
«Agar siz o ‘zingiz bilmasangiz, biladigan o ‘zgadan so‘rang».
Qur'on va hadislarda aniq ko‘rsatma berilmagan huquqiy masalalarni 
hal qilishda musulmonlar jamoasining chiqargan hukmlari yakdillik bilan 
qabul qilingan qarorlari shunday deb atalgan va shunday yo‘l bilan 
chiqarilgan hukm shariatda sha'riy ya'ni qonuniy deb qabul qilingan.
Ijmo' bir necha turga bo‘lingan:
Ijmo’-al-Muhosil alohida masalalar bo‘yicha yirik fiqhshunoslarning 
birlikdagi fikrlari, Ijmo'-al-Manqul bu obro‘li, e'tiborli kishilaming xuddi 
shunday ishlari, ilgari shunday hollarda qo‘llagan fikrlari va guvohliklari 
asosida hal etilgan ishlari. Musulmonlaming umumiy majlisidagi jamoa 
fikri Ijmo'-al-umma Davlat boshliqlari bilan diniy tashkilotlaming 
rahbarlari yig‘inida qabul qilgan qarorlari Ijmo' al-aimma kabi turlarga 
bo‘lingan.
Ijmoning 
shariatning rivojlanishidagi 
katta 
ahamiyati 
Arab 
xalifaligini boshqaruvchi diniy hokimiyatga yangi feodal jamiyat sharoiti 
va bosib olingan mamlakatlarning o ‘ziga xosligiga moslashtirilgan 
huquqiy normalar yaratish uchun imkoniyat tug‘dirishi bilan belgilangan. 
Shariatni to‘ldiruvchi huquqiy manbalar sifatida ijmoga alohida 
muftilaming huquqiy masalalar bo'yicha fatvo-yechimlari va usulining 
keng tarqalishi munosabati bilan, musulmon huquqi yuqorida ko'rsatilgan 
huquqiy maktablarning asosiy asoschislari tomonidan ulaming asarlarida 
ilmiy asoslash yo‘li bilan rivojlantirildi, keyinchalik esa ulaming 
izdoshlari buni davom ettirishdi. X asrda bir qator obro'li teolog-
69


huquqshunoslar tomonidan bu vaqtga kelib to ‘planib qolgan keng huquqiy 
materiallar tizimlashtirildi. XI asrdan boshlab, islomdagi asosiy oqimlar va 
har xil huquqiy maktablar o ‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni chuqurlashishi 
amalda musulmon huquqini yagona tizim sifatida mavjudligini tugatdi.
Musulmon huquqininig eng tortishuvchi manbalaridan biri qiyos- 
analogiya (ilgarigi qarorga qarab qaror chiqarish) bo‘yicha huquqiy 
masalalami yechish hisoblangan. Qiyosga ko‘ra Qur'onda, Sunnada yoki 
Ijmoda o ‘matilgan qoidalar bu huquq manbalarida to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri 
ko‘rsatilmagan ishlarga ham qo‘llanishi mumkin bo‘lgan. Qiyos nafaqat 
yangi pay do bo‘lgan munosabatlarni tez yechishga imkon yaratgan, balki u 
shariatni bir qator holatlarda ilohiy aralashuvlaridan ozod qilishga xizmat 
qilgan.
Lekin qiyos tez-tez musulmon sudyalari qo‘lida ochiqdan-ochiq o‘z 
manfaatlarining quroliga aylanib turgan. Bu usul kengroq Abu Xanifa va 
uning izdoshlari xanifiylar tomonidan asoslangan edi. Qiyosga nisbatan 
qat'iy qarshilik bilan xanbaliylar va alohida, uni umuman huquqning 
manbai sifatida tan olmagan, shialar qarar edilar. Huquqning qo‘shimcha 
manbasi sifatida shariat, uning prinsiplari va normalariga to ‘g ‘ridan-to'g‘ri 
qarshi bo‘lmagan mahalliy odatlarni ham tan olgan. Bular qatoriga arab 
jamiyatining o ‘zida shakllangan urf-odatlami, shuningdek, arab bosqinlari 
oqibatida bosib olingan qismi sifatida qaraladi. Ayniqsa, umuman shariat 
va uning doktorinal-me’yoriy qismi bo‘lmish fiqh ilk davrdanoq, o ‘zida 
nafaqat huquqiy 
qoidalami, 
balki 
dogma 
va qarashlami 
ham 
mujassamlashtirgan. Shariatning bunday birligi (sinkretizm)ning o ‘ziga 
xoslik tomoni shundaki, uning normalari birinchidan, ijtimoiy (insoniy) 
munosabatlarni tartibga solsa, ikkinchidan, musulmonlarni Olloh bilan 
munosabatlarini belgilab bergan. Shariatda ilohiy qoidalar va diniy 
qarashlaming o ‘z aksini topishi huquqni tushunish hamda huquqiy va 
huquqiy bo‘lmagan harakatlarni baholashda o ‘ziga xos yondashishni 
keltirib chiqaradi. Shunday qilib, huquqning islom teologiyasi bilan 
mustahkam aloqa huquqiy va diniy tus beriladigan musulmonlarning besh 
xil xatti-harakatini shariatda o ‘matilishiga olib keldi. Bular majburiy, 
tavsiyaviy, qilish mumkin bo‘lgan, jazo qo‘llash ko'zda tutilmagan, lekin 
qoidalarga to‘g ‘ri kelmaydigan, ta’qiqlangan va jazo qo‘llash ko‘zda 
tutilgan harakatlardir. Shariatda ilohiy oldindan belgilanishni tan olinishi 
musulmon kishisining erki va uning chegaralari haqidagi masalaning 
ahamiyatini yanada oshirdi.
Bu masalada qarama-qarshilikka duch kelgan diniy maktablar 
alohida fikrlami olg‘a surishdi. Shunday maktablardan biri (jaboritlar)
70


umuman inson erkini inkor etdi. Shariat, ayniqsa uning rivojlanishining ilk 
davrlarida musulmon kishisining huquqlariga boMgan e'tibor xarakterlidir 
(Olloh oldidagi). Bunday majburiyatlami o ‘zida mujassamlashtirgan 
normalar shariatda keng o ‘rin egallagan va ular e'tiqod qiluvchi 
musulmonning butun hayotini belgilab bergan (har kungi ibodat, ro ‘za 
tutish, kulish qoidalari va hakozo). Shariatni tashkil qiluvchi normalarning 
o ‘ziga xosligi, ulaming faqat musulmonlarga hamda ular orasidagi 
munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi ekanligi bejiz emas. Ilk islom va 
shariatga o ‘zida mehr-oqibat elementlarini mujassamlashtirgan ibtidoiy 
jamoa tuzumidan kelib chiquvchi normalar xosdir. Ammo shariatda 
insonning Olloh oldida kuchsiz ekanligi, unga so‘zsiz bo‘ysunishi 
kerakligi haqidagi qarashlar ham o ‘z ifodasini topgan. Qur'onda alohida 
musulmon kishining sabr-toqatli bo‘lishi kerakligi ta'kidlab o'tilgan. «Sabr 
qiling, axir Olloh sabrliklar bilan birgadir» (8.48). Xuddi shunday shaklda 
mo'minning xalifa va davlat hokimiyatiga bo‘ysunish majburiyati 
mustahkamlab qo‘yilgan: «Ollohga bo‘ysuning, payg‘ambarga va 
orangizdagi hokimiyat egasiga bo'ysuning» (4.62).
Shariatning diniy-mistik qobig‘i uni tashkil qiluvchi huquqiy tuzilish 
va tushunchalami o ‘ziga xosligini belgilab berdi, hamda Rim huquqida 
bo‘lganidek, tizim (sistema) ichida ongli va logik asosni shakllanishiga 
halaqit berdi.
Lekin VIII-IX asrlarga kelib (bu davrga kelib shariat dunyoni 
ibtidoiy-qabila nuqtai nazaridan qarash chegaralaridan chiqib, feodal- 
lashayotgan ijtimoiy munosabatlarga to‘qnashadi), musulmon huquq- 
shunoslarining samarali say-harakatlari bilan huquqni anglashning ilohiy 
usulidan ratsional (ongli) usuliga, huquq normalarini yuritishning noaniq 
usulidan tizimlashgan logik usuliga o ‘tildi. Musulmon huquqshunos 
olimlari shariatning negizi va an'analarini buzmagan holda alohida yuridik 
tabiatga ega bir qancha yangi huquqiy doktrina va normalami ishlab 
chiqdilar. Dunyoga mashhur bu davr musulmon huquqshunoslaridan 
«Buyuk ustoz» unvonini olgan Abu Xanifa (767-yilda vafot etgan), Malik 
ibn Anos (795-yilda vafot etgan), Ahmad ibn Xonballarni sanab o'tishimiz 
mumkin.
Huquqshunos olimlari tomonidan musulmon huquqini, unga logik- 
ratsional asos kiritib, oqibatda katta miqdordagi yangi huquq norma (fiqhni 
qiyinlashtirish) yaratib, ilmiy qayta ishlanishi Qur'on va Sunnada 
ko‘rsatilgan asl islomdan ajralib ketdi degan tushunchani anglatmaydi. 
Aksincha, yangi normalar va doktrinalar muftilar va mujtaxidlar sud qilish 
amaliyotida buzilmagan bo‘Isa bas, ular huquqiy va artodoksal islom
71


normativ mo‘ljal berayapti, hamda hayotning barcha hodisalari normalar 
orasidagi ichki qarama-qarshilikni inkor etayapti degan tasavvur 
shakllandi.
0 ‘rta asrlar musulmon huquqining o ‘ziga xos tomonlaridan biri 
(ayniqsa ilk asrlarda) uning nisbatan butunligida edi. Yagona tangri Olloh 
degan tasavvur bilan birga universal xarakterga ega bo‘lgan yagona 
huquqiy tartib haqidagi g ‘oya tasdiqlandi. Bundan tashqari, ilk bor 
Arabiston yarim orolida vujudga kelgan musulmon huquqi, xalifalik 
hududi kengayishi bilan yangidan-yangi hududlarga yoyildi. Lekin u 
birinchi navbatda hududiy tamoyilni emas, balki diniy tamoyilni yo‘lga 
qo'ydi. Qaysi davlatda bo‘lishidan qat'iy nazar, musulmon kishi shariatga 
amal qilmog‘i, islomga sadoqatni saqlamog‘i darkor edi.
Asta-sekin islomni yoyilishi va asosiy dunyo dinlaridan biriga 
aylanishi, shariatni o‘ziga xos jahon huquqiy tizimiga aylantirdi. Bu 
islomni partikulyarizm, chegaralangan faoliyat sohalari, ichki kelish- 
movchilik va hokazo kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan, o ‘rta asr G'arbiy 
Yevropa davlatlarining huquqidan ajratib turar edi.
Konfessional huquq sifatida shariat Yevropa davlatlaridagi kanonik 
huquqidan shunisi bilan farq qilganki, u qat'iy belgilangan ijtimoiy sohalar 
va masjid (cherkov) hayotini emas, balki bir qator Osiyo va Afrika 
davlatlarida o ‘matilgan umumqamrab oluvchi normativ tizimni tartibga 
solgan. Vaqt o ‘tishi bilan shariat normalari Yaqin va O'rta Sharq 
chegaralaridan chiqib, o ‘z ta'sirini O lrta Osiyo va Kavkazortining bir 
qismiga, Shimoliy hamda qisman Sharqiy va G'arbiy Afrika davlatlariga, 
bir qator Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga yoydi. Biroq, shariat va 
islomning bu tarzda tez va keng yoyilishi, unda borgan sari keng mahalliy 
o‘ziga xoslikni, hamda alohida huquq institutlari va muayyan huquqiy 
nizolar bo‘yicha bo‘ladigan qarorlami turlicha talqin qilinishiga olib keldi. 
Shunday qilib, vaqt o ‘tishi bilan islomda ikki asosiy oqimlaming 
o'matilishi, o ‘z-o‘zidan shariatda parchalanishga olib keldi. Endilikda 
artodoksal yo‘nalish (sunniylik) bilan birga hatto hozirda ham Eron, 
qisman Livan va Yemenda asosiy oqim bo‘lib kelayotgan shialar oqimi 
paydo bo‘ldi.
Bu ikki yo‘nalishlar o ‘rtasidagi kurash jamiyat va davlat hayotining 
turli xil tomonlarini o ‘zida qamrab oluvchi huquqiy normalarda ham o ‘z 
hokimiyatini meros tariqasida o ‘tkazish huquqiy qoidasi, hamda begunoh 
hisoblangan imomlar qo‘l ostida diniy va dunyoviy hokimiyatning 
to‘planishi o ‘z ifodasini topgan. Bundan tashqari, shialar faqatgina xalifa 
Ali tomonidan ma'qullangan payg‘ambarimiz Muhammad (S.A.V.)ning
72


meros va huquqiy ko‘rsatmalarini tan olganlar. Sekin-asta sunniylar ham 
o ‘z shakl-mohiyatiga ko‘ra mustaqil huquqiy maktablarni ifodalaydigan 4 
ta mazhabga bo‘lindi. Bu quyidagi 4 ta musulmon huquqshunoslari nomi 
bilan bog‘liq: Xanafiylar, Molikiylar, Shofi'iylar, Hanbaliylar. Ular orasida 
eng keng tarqalgani xanafiya mazhabi bo‘lib (Abu Xanifa) Misr, Turkiya, 
Hindiston, shuningdek, bizning davlatimiz hududlarida o ‘z izdoshlariga 
ega bo‘lgan.
Yangi asosiy maktab-mazhablaming faoliyati musulmon huquqining 
yanada rivojlanishiga, eskirgan normalardan voz kechishga yaqqol 
imkoniyat yaratdi. Vaqt o ‘tishi bilan bu maktablar orasida huquqning 
muhim masalalari bo‘yicha qarama-qarshiliklar chuqurlashib bordi.
Shiaizm asosida ham qator mustaqil maktablar qaror topdi: 
Ismoiliylar, jaffariylar, zaydiylar va boshqalar. Shunday qilib, o ‘rta 
asrlaming oxiriga kelib, nazariy va normativ asoslari qiyinlashgan va 
sezilarli o ‘zgarishlarga uchragan shariat favqulodda qiyin va noan'anaviy 
huquqiy hodisaga aylandi. Yoki keyinchalik musulmon huquqi ta'siriga 
tushib qolgan ko‘p sonli xalqlaming odatlami ham kiritishimiz mumkin. 
Va so‘ngisi, shariatdan kelib chiquvchi musulmon huquqining manbasi 
bo‘lib, 
Xalifalaming 
qarorlari, 
buyruqlari-farmonlari 
hisoblangan. 
Qonunchilik faoliyatining rivojlanishi bilan boshqa musulmon davlatlarida 
huquq manbasi sifatida tobora rivojlanib borayotgan «qonunlar» muhim 
rol o ‘ynaydi. 0 ‘z navbatida farmonlar va qonunlar ham shariat 
prinsiplariga qarama-qarshi bo‘lmasligi, hamda, eng avvalo, davlat 
organlari faoliyatini tartibga soluvchi va davlat hokimiyati bilan aholi 
o ‘rtasidagi ma'muriy-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalami 
to ‘ldirishlari kerak edi.

Yüklə 153,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin