Mulkiy va oilaviy munosabatlarning huquqiy tartibga solinishi.
Shariat huquqni alohida sohalariga bo‘lishni nazarda tutmasada, unda
fuqarolik-huquqiy munosabatlar, xususan, mulk huquqi, shartnoma va
delikt huquqlar nisbatan rivojlandi. Alohida e'tibor shariatda Arab
xalifaligidagi «shaxsiy maqom huquqiga» ajratilar edi. Boshqa o ‘rta asr
Sharq davlatlaridagidek, bu yerda ham alohida tabaqachilik tuzumi
shakllanmagan edi. Musulmon huquqiga binoan shaxsning huquqiy holati
uni dinni qabul qilishi bilan belgilangan. Xristian yoki iudaizm dinini
qabul qilganlar qiyin ahvolga solingan va katta davlat soliqlarini to ‘lashga
majbur etilganlar. Ularga nisbatan shariat normalari faqatgina ular
musulmon kishi bilan bitim tuzganlarida yoki jinoyat sodir etganlarida
qo‘llanilgan. Ijtimoiy munosabatlarni rivojlanishi qullaming holatiga ta'sir
qildi.
73
Ular huquq subyekti sifatida tan olinmas edilar, lekin o ‘z
xo‘jayinlarining roziligi bilan turli savdo aloqalarini olib borishlari va
mulk sotib olishlari mumkin bo‘lgan (egalik qilish maqsadida). Musulmon
qullarini ozodlikka chiqarish savobli amal hisoblangan. Shuningdek,
shariatga binoan shaxsning huquqiy holatidagi o ‘ziga xos belgilardan biri
erkak va ayolning notengligi hisoblangan.
Shariatning diniy qarashlariga—ko‘ra huquqning subyekti Olloh
hisoblanganligi sababli, musulmon odamga xudo tomonidan o ‘matilgan
majburiyatlami bajaruvchisi sifatida qaralgan. Islom ko'rsatmalariga
binoan, diniy majburiyatlami bajarishiga qarab, u shariatda belgilangan
huquq, erkinlik va boshqa yuridik imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin
bo‘lgan. Shuning uchun musulmon huquqshunoslari huquqiy layoqat
masalasini ishlab chiqishdan ko‘ra, shaxsning uni bajarish qobiliyatiga,
ya'ni uning shartnoma va boshqa huquqiy hujjatlarda qatnashish
imkoniyatlariga katta e'tibor qaratganlax. Fuqarolik muomalaga layoqat
mulk huquqini qo‘lga kiritishda zarur shart-sharoit sifatida qaralgan.
To‘Iiq muomalaga layoqat voyaga yetgan va aqliy ruhiy sog‘lom bo‘lgan
shaxslarga berilgan.
Shaxslar masalasida musulmon huquqi jismoniy va yuridik
shaxslarga bo‘linadi. Huquqning asosiy subyekti jismoniy shaxslar boiib,
ulaming huquqiy layoqati uch holatga: a) ozodlik holatiga; b) diniy
e'tiqodiga; v) oilaviy sharoitiga bo g iiq boigan. Huquqiy layoqat tug‘ilish
bilan vujudga kelib, shaxsning vafoti bilan bekor boigan. Muomala
layoqati erkaklar uchun 15 yosh, xotin-qizlar uchun 9 yosh hisoblangan.
Shariatda yo‘qolgan kishini bir necha yildan so‘ng vafot etgan deb
e'lon qilish mumkinligi to‘g ‘risidagi yagona fikr yo‘q. Yo‘qolgan kishi
tugilganidan 120 yil oigach, keyinchalik ayrim hollarda 90 yil o ‘tgandan
keyin oigan deb e'lon qilingan (hisoblashgan).
Har bir alohida holatda voyaga yetganlikni belgilash huquqi bu
masalani o ‘zining qarashlariga binoan hal qiladigan sudyalar tomonidan
amalga oshirilgan. Shuningdek, yosh bolalarga, aqliy norasolarga va mast
holdagi shaxslar uchun cheklangan muomala layoqati tushunchasi ma'lum
edi.
Musulmon huquqi ta'limotida muhim o'rinni mulkiy munosabatlarni
tartibga soluvchi normalar egallagan. Eng avvalo, huquqiy ta’limotda
ashyo huquqining subyekti sifatida mulk to‘g ‘risidagi tushunchalar
mustahkamlangan. Alohida toifani, musulmon kishisi tasarrufida boiishi
mumkin boim agan yoki ta’qiqlangan ashyolar tashkil qilgan. Bular, havo,
sahro, dengiz, masjidlar, suv yoilari va hakozolar. Musulmonning shaxsiy
74
mulki sifatida, shuningdek «порок ashyolar» deb atalmish - vino,
cho‘chqa, islom arkonlariga zid kitoblar ham tan olinmagan. Arab
bosqinlari oqibatida bunday ashyolaming yo‘q qilish holatlari juda ko‘p
bo‘lgan. Vaholanki, o ‘zga din vakillariga tegishli mulkni yo‘q qilish
huquqi tortishuvli bo‘lib, har xil mazhablarda turlicha talqin qilingan.
Musulmon
huquqiga
shuningdek,
ashyolarning
ko‘chadigan
va
ko‘chmaydigan, tiklanadigan va tiklanmaydigan turlarga bo‘lish ma’lum
bo‘lgan. Musulmon huquqshunoslari yer shaklidagi mulklami tizimlashga
katta e'tibor berar edilar. Yer shaklining quyidagi turlari mavjud bo‘lgan:
davlat yerlari, xususiy yerlar, tashlandiq yerlar va hakozolar. Qishloq
jamoa yerlari, diniy tashkilotlarga tegishli yerlar (vaqf yerlari) mavjud
bo‘lgan.
Soliq to‘lash tartibiga ko‘ra:
a) Xiroj yerlari (davlat yerlaridan foydalanib), davlatga soliq
to‘lagan;
b) ushriya yerlari, xususiy kishilaming hosilning o ‘ndan birini soliq
sifatida tolaydigan yerlar;
v) sulh yerlari - ya'ni davlatga tobe bo‘lgan boshqa dindagi
shaxslaming yerlari yoki bosib olingan o ‘lkalardagi yerlar.
Shariatda mulk huquqining pay do bo‘lish usullari aniq belgilangan
bo‘lib, bunda ham turli mazhablar huquqshunosliklarining fikrlari turli xil
bo‘lgan. Arablarning bosqinchilik yurishlari harbiy bosqinlaming bosib
olingan mulkka nisbatan mulkdorlik huquqini paydo bo‘lishi qoidasining
huquqiyligi haqidagi masalani keltirib chiqardi. Umumiy qoidaga binoan
bosib olingan yerlarga davlat mulki sifatida qaralgan, hamda xalifalar va
amirlar tassarrufiga o ‘tgan. Dushmandan tortib olingan o ‘zga mulkning
huquqiy holati, eng avvalo, uni qaysi yo‘l bilan (majburiymi yoki
ixtiyoriy) qo‘lga kiritgani bilan bog‘liq holda belgilangan. Kuch bilan
bosib olingan mulk bir qancha qismlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning hajmi
alohida mazhablarda turlicha belgilangan. Ulardan biri bosib oluvchining
o ‘ziga, ikkinchisi davlatga, uchinchisi masjidga va hakozo kabi tasarrufiga
o ‘tgan. Shariatda, shuningdek, mulk huquqiga ega boMishning - meros,
shartnoma, ashyoni topib olish kabi turlari ma'lum bo‘lgan. Ashyoni topib
olishdagi o ‘ziga xoslik shundan iborat bo‘lganki, o ‘zining hududida
birovning ashyosini topib olgan yer egasi uning mulkdoriga aylangan.
Mulk huquqi holatlar bo‘yicha yoki qonunlarga binoan bekor
bo‘lgan. Birinchi holda, molning jismoniy yo‘q bo‘lishi, mulk egasining
o ‘z mulkidan voz kechishi hamda molning yo‘qolishi, dushman qo‘liga
o ‘tishlarini ko‘rsatish mumkin.
75
Musulmon davlatlarida shakllangan mulkiy munosabatlar tizimi qunt
bilan ishlab chiqilar va shariat normalari bilan qo‘riqlanar edi. Xususiy
mulkning o ‘ziga xosligi uning ilohiy kelib chiqishi, doimiy va
chegaralanmaganligi, mulkdoming esa o ‘z mulkini mustaqil tasarruf etish
erkinligi bilan belgilangan. Xususiy mulkning qat'iyligi bevosita
Qur'ondan kelib chiqqan boiib, Qur'onda bu haqda: «Biz ayrimlarga
bergan narsalarga ko‘z olaytirmanglar» (20.31) deyilgan.
“Xijoz” deb ataladigan alohida huquqiy holatga, ilk musulmon
jamoasi hududi (Makka va uning atroflari)ni tashkil qiladigan yerlar ega
boigan. Bu yerlarda faqat musulmon yashashi mumkin boigan va
daraxtlami kesish, ovchilik qilish taqiqlangan. Bosib olingan hududlar
aholisi, qoida tariqasida, egalik qilish huquqini yo‘qotganlar va ularning
yerlari davlatga o ‘tgan. Yer egalari esa ijarachilar sifatida namoyon
boigan boiib, davlatga katta va og‘ir soliqlar (xiroj) toiashga majbur
boigan. Arab xalifaligida xususiy feodal mulk davlat mulki va jamoaviy
yerdan foydalanishga nisbatan qaramlik holatida boigan, shuning uchun u
keng yoyilmagan. Yevropa davlatlaridagidan farqli oiaroq feodal mulk
tabaqachilik tizimiga ega boim agan hamda turli majburiyatlar va
xizmatlar o ‘tash sharti bilan bogianmagan. Davlat yer fondini o'sishi va
feodal munosabatlarining rivojlanishi bilan birga yerga egalik qilishning
Dostları ilə paylaş: |