shartli shakli
ham kengayib bordi. Bosib olingan yerlarning bir qismi
harbiy yoki davlat xizmatini o ‘tagani uchun feodallarning yuqori tabaqa
vakillariga berila boshladi. Iqtador o ‘z q o ii ostidagi aholidan o ‘zining
foydasiga yigim lar undirish huquqiga ega boidi. Keyinchalik “iqto”
meros tariqasida o ‘tganligi uchun, u mulkdorlik huquqi bilan
mustahkamlangan yer shakliga yaqinlashib qoldi. Qur'onning ilk ta'siriga
binoan sho‘rlanmagan suv ham havo kabi umumboylik hisoblangan. Lekin
asta-sekin quduqlar, daryolar va kichik k o ilar yirik yer egalari mulkiga
aylana bordi. Faqatgina ma'lum bir qismdagi daryo va k o ilar ilgarigidek
jamoa va davlat mulkining umumiy tizimiga kirib, bu o ‘z navbatida
irrigatsion ishlami birgalikda, mansabdor shaxs nazorati ostida amalga
oshirishni talab qilar edi.
Ashyo huquqi bilan bogiiq boigan, shariatning o ‘ziga xos
institutlaridan biri “vaqf’ boiib, u o ‘zida mulkni aks ettirgan. Odatda bu
mulk mulkdor tomonidan qandaydir diniy va ilohiy maqsadlar yo'lida
berilgan.
Vaqf o ‘matgan shaxs mulkdorlik huquqi va ushbu mulkidan mahrum
boigan, lekin vaqfni boshqarish va undan tushgan ma'lum foydani o ‘zi va
merosxo‘rlari foydasiga undirib olish huquqini saqlab qolgan. Vaqfni
76
tashkil qiluvchi mulk oldi-sotdi, kafolat kabilar sifatida munosabatlarda
qatnashishi mumkin emas edi. Lekin vaqf yerlari ijaraga berilishi yoki teng
qiymatli yerga almashtirilishi mumkin bo‘lgan. Ushbu institut boy tabaqa
tomonidan katta soliqlami toMashdan bo‘yin tovlashda keng qo‘llanilgan,
chunki vaqfni tashkil qiluvchi mulk davlat soliqlardan ozod qilingan edi.
Rim huquqidan farqli o ‘laroq, shariatda majburiyatning umumiy
konsepsiyasi aniq belgilanmagan bo‘lib, ammo tovar-pul munosabatlariga
asoslangan amaliy shartnoma huquqi masalalari har tomonlama ishlab
chiqilgan. Majburiyatlar bir tomonlama va ko‘p tomonlama, tez bajari-
ladigan va tez bajarilmaydigan turlarga bo‘lingan. Musulmon jamiyati
uchun o ‘ziga xos bir tomonlama majburiyatlar - obyektlaming yoyilishi
xarakterlidir. Shariatga binoan shartnomaga tomonlaming o ‘zaro ishon-
chlari asosida paydo bo‘luvchi aloqa sifatida qaralgan. Shartnoma shartlari
xohlagan shaklda ifoda etilishi mumkin bo‘lgan: hujjatda, norasmiy xatda,
og'zaki. Tuzilgan shartnoma qat'iy bo‘lgan. Majburiyatga amal qilmoq
Qur'onda muqaddas hisoblanadi. Quyidagi shartnomalar haqiqiy hisob-
lanmagan: «порок» yoki muomaladan chiqarilgan ashyodan foydalangan
holda be'mani maqsadlami ko‘zlab tuzilgan shartnomalar. Musulmon
huquqshunoslari shartnomada tomonlar erkini ifoda etishga bog‘liq
shakllarga qattiq shartlar o'matmaganlar. Tomonlaming shartnomaga
kirish, shartnoma shartlari bilan kelishuvlari hujjat, og‘zaki va norasmiy
xat shaklida ifoda etilishi mumkin bo'lgan. Shariatda turli shartnomalar
turlari aniq ko‘rsatilgan: oldi-sotdi, ijara, xadya, birodarlik, ittifoq va
hokazo. Savdoni tez rivojlanishi munosabati bilan oldi-sotdi shartnomasi
keng ahamiyat kasb eta boshladi. Savdoning «o‘zaro rozilik asosida»
halolligi Qur'onda ham o‘z ifodasini topgan. (4.33).
Oldi-sotdi shartnomasining o ‘zi bir necha turlarga bo‘ling.
1. Boyi kote' - bunga ko‘ra sotilgan mulk sotib oluvchiga uning haqini
to‘lashdan oldin o ‘tishi mumkin bo'lgan.
2. Boyi joiz - biror bir shartni qo‘yib, savdo-sotiq shartnomasini tuzish,
u shart bajarilmasa bekor bo‘lishi mumkin.
3. Boyi fosil - bunga ko‘ra sotilgan mulk uni ko‘rinishini o ‘zgarmagan
holda, uchinchi kishiga xali sotilmasdan, egasi tomonidan qaytib
sotib olinishi mumkin bo‘lgan.
Musulmon huquqida keng tarqalgan huquq tizimi Shuf a (Shubizm)
bo‘lib, unga ko‘ra yer mulki uylar sotilgan vaqtida shu joyni qo‘shnisi
imtiyozli sotib olish huquqiga ega bo‘lgan.
Oldi-sotdi shartnomasi ayni paytda mavjud ashyolarga nisbatangina
tuzilishiga yo‘l qo‘yilgan va faqatgina xanafiya mazhabida kelgusida
77
ishlab chiqiladigan ashyolar oldi-sotdisi tan olingan. Sotib olingan ashyoni
berkitilgan kamchiliklari (qulning, hayvonning kasalligi) aniqlangan holda,
xaridor shartnomani bekor qilishi mumkin boigan.
Shariatda sudxo'rlikni rasman qoralaydigan holatlar o ‘z ifodasini
topgan. Qur'onda ham: «Olloh savdoga ruxsat berdi va sudxo‘rlikni
ta'qiqladi» - deb ta'kidlab o ‘tilgan. Lekin amalda bu ta'qiq ko‘p buzilgan.
Qarzdorni qarzi uchun qulga aylantirish ta'qiqlangan. Lekin uni o ‘z qarzi
evaziga kreditor foydasiga ishlashga majbur qilish mumkin boigan...
Musulmon huquqida hattoki e'tibor mulk ijarasiga, eng avvalo yer
ijarasiga qaratilgan. Ijaraning bir necha turi ma'lum boiib, mulkdor
foydasiga toianadigan haqning hajmi va tartibiga birinchi navbatda e'tibor
berilgan. Arab jamiyatida ittifoq va birodarlik shartnomalari keng
tarqalgan. Bu huquqiy shakl yerni birgalikda ishlatish, savdo karvonlarini
kerakli narsalar bilan birgalikda ta'minlashda foydalanilgan. Islom dinida
nikohsizlik salbiy holat, nikoh esa har bir musulmonning burchi sifatida
qaralgan. Lekin amalda nikoh shartnomasi o ‘ziga xos savdo bitimiga
aylanib qolgan hollar oz emas. Rasman nikohga kirishish uchun tomonlar,
shuningdek, kelinning roziligi kerak boigan. Lekin kelinning erkini ota-
ona bildirishga haqli deb hisoblanganligi sababli, nikoh shartnomasi ko‘p
hollarda qiz bolani sotishning berkitilgan shakliga aylanib qolgan. Aslida
ota katta pul evaziga qizlarining taqdirlarini hal qilgan.
Nikoh shartnomasida tomonlarning roziligi olinmasdan nikoh tuzish-
lari mumkin boiib, bunday nikoh “fuzuliy” nikoh deb atalgan. Nikoh
tuzishda ijtimoiy tenglik, diniy e'tiqodi birligi, ozodligi, mustaqilligi,
jismoniy sogiiq, rostgo‘ylik va er-xotinlaming mashg‘ul boigan kasblari
boiishi kabi shartlari boigan. Ikkinchi bir sharti qalin pulini eng kam
miqdori uch dirxamgacha belgilangan.
Muhammad (S.A.V.) Oyshani 9 yoshida o ‘z nikohlariga olganlari
sababli, bu yosh nikohga kirishda ayollar uchun yetarli deb tan olingan.
Shialarda ma'lum muddatga tuzilgan vaqtinchalik nikohga yo‘1 qo‘yilgan.
Shariatga binoan musulmon kishi (ayol) g ‘ayri din yoki islomdan qaytgan
kishi bilan nikohga kirishi mumkin boimagan. Ushbu qoidalarni buzgan
holda tuzilgan nikohlar bekor qilingan. Lekin musulmon erkak kishiga
g ‘ayri din ayol bilan nikohga kirishishga yo‘1 qo‘yilgan, sababi erkak kishi
ayolni musulmon diniga qaratadi deb o ‘ylangan. Musulmon ayoli g ‘ayri
din bilan nikohga kirishi ta’qiqlangan.
Qur'onda musulmon erkak bir vaqtnig o ‘zida 4 ta bilan nikohda
boiishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari qullari ichida jazmanga
ega boiishi mumkin edi. Lekin er har bir xotinini o ‘zining sharoitiga
78
to‘g ‘ri keladigan mulk bilan, uy-joy, ust-bosh bilan ta'minlashga majbur
edi. Lekin amalda bir necha xotin bilan nikohda bo‘lish feodal
jamiyatining yuqori tabaqa vakillarininggina qo‘lidan kelar edi.
Islom dini oilada ayolning past va qaram holatini yoqlar edi. Eming
hukmronligi Qur’ondagi quyidagi qoidaga asoslanadi: «Olloh erkaklarga
ayollar ustidan hukmronlikni hamda erkaklarni o ‘z mulki hisobidan ayol-
larga chiqim qilishni buyurdi». Xotin erkaklarga yuklatilgan uy xarajat-
lariga aralashmagan, lekin uy xo‘jaligini yuritish, bolalarni tarbiyalashga
majbur bo‘lgan. Mulkiy munosabatlarda ayollaming mustaqil qatnashishi
chegaralangan. Masalan, molikiylar ayollar eming roziligisiz umumiy
mulkning 3 dan bir qismigacha mustaqil foydalanishi mumkin deb
qaraganlar. Qur’on xotinga nisbatan er tomonidan turli jazolar, xatto tan
jazosini qo‘llashni mxsat bergan: «Buysunmaydiganni majbur qiling,
yotgan joyidan tashlab keting, uring...»
Musulmon huquqida nikohni bekor qilish sabablari va tartibi aniq
belgilangan.
Shariat bo‘yicha nikohni bekor qilishning to‘rt turi mavjud boMgan.
1. Uzil-kesil (bain) bekor qilish, uch marta er «sen menga xotin
emassan» degan so'zlami aytish orqali amalga oshirilgan.
2. Eming xotinini kechirishi mumkin bo‘lgan holda bekor qilinishi,
bunday holda xotin erning uyida yashagan, taloq to‘la aytilmaydi.
3. Xotinning ixtiyori bilan eridan nikohni bekor qilishni talabi orqali
o ‘z ozodligini sotib oladi va qozi tomonidan nikoh bekor qilinadi.
4. Har ikkala tarafning roziligi bilan faqat endi er xotiniga haq to‘lab
nikohni bekor qilish.
To‘rtta nikohdan istagan biri bekor qilinishi mumkin bo‘lgan.
Shariatga tartibi va yuridik oqibati jihatidan farq qiladigan ajralishning bir
necha turi ma’lum. Masalan, o ‘ziga xos sinov muddatini ko‘zlaydigan
vaqtinchalik ajralish mavjud bo‘lgan. Ajralishning sabablari aniq
belgilanganligiga qaramay, er hech qanday sabablarni qisqartirilgan holda
tushuntirmasdan, belgilangan quyidagi iboralardan: «sen ozodsan»,
«umg‘ing bilan birlash» birini aytib xotini bilan ajralishi mumkin bo‘lgan.
Odatlarga binoan, nikoh bekor qilingan taqdirda er xotiniga kerakli mulkni
ajratib berishi shart edi. Ajrashgan ayol uning homila borligi yoki
yo‘qligini aniqlash maqsadadida uch oy mobaynida sobiq erining uyida
qolishi kerak bo‘lgan. Bola tug'ilgan taqdirda u ota uyida qolishi shart
bo'lgan. Xotin nikohni bekor qilishni faqat sud orqali talab qilishi mumkin
bo‘lgan
bo‘lib,
bunda ham qat'iy
sabablarni:
eming jismoniy
79
kamchiliklarini, er-xotinlik majburiyatlarini bajarmaganligini, xotini bilan
vahshiy munosabatda boiganligi kabilami ko'rsatishi shart boigan.
Meros huquqi murakkab va noaniq hisoblanib, turli huquq
maktablarida har xil talqin qilingan. Merosning ikki tartibi tan olingan:
vasiyat va qonun bo‘yicha. Vasiyat qonuniy merosxo‘rlar foydasiga
tuzilishi va vasiyat qiluvchi mulkning 1 qismidan ko‘p qismini o ‘z ichiga
olishi mumkin emas edi. Uni tuzish chogida ikkita guvoh ishtiroki shart
edi. Qonun bo'yicha meros qat'iy ishlab chiqarilgan edi. O igan kishining
mulkidan, eng avvalo, uni ko‘mishga ketadigan chiqimlar qoplangan,
so‘ngra esa barcha qarzlari toiangan. Sharitaning o'ziga xos tomoni
shundaki meros tariqasida oiganning majburiyatlari emas, balki mulkiy
huquqlari oigan. qolgan mulk esa marhumning qonuniy merosxo‘rlariga
oigan: ular bir qancha toifalarga boiingan boiib, ular o ‘rtasida meros
oluvchilarning ketma-ketligi belgilangan. Shunday qilib, merosni birinchi
navbatda marhumning bolalari, keyin aka-ukalari, tog‘alari olganlar.
Ayollaming merosdagi ulushlari erkaklarnikiga qaraganda ikki barobar
kam
boigan.
Dindan
qaytganlar,
ajrashgan
er-xotinlar,
meros
qoldiruvchining oiim iga qandaydir harakati bilan sababchi b o iib qolgan
shaxslar meros olish huquqiga ega emas edilar. Faqatgina molikiylar
adolat uchun qotillik sodir etgan shaxsning meros olish huquqini olganlar.
Dostları ilə paylaş: |