Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   118
“Kasbiy shakllanganlik”
tushunchasi mehnat sub’ektining kasbga egalik 
qilish darajasi va aniq mehnat faoliyatida kasbiy muhim xususiyatlar, bilim, 
ko‘nikma, tajriba va mahoratlarning shakllanishi va namoyon bo‘lishi asosida 
ishlab chiqarish samaradorligiga erishishi sifatida qo‘llaniladi. Mehnat 


127 
sub’ektining aniq bir faoliyat sohasida yuqori darajadagi kasbiy malakalarga 
egaligi 
mahorat
deb yuritiladi. A.K.Markovaning ta’kidlashicha, “kasbiy 
shakllanganlik” tushunchasi turli ma’nolarda: kasbning shaxsga, uning kasbiy va 
psixologik sifatlariga bo‘lgan me’yoriy talablar sifatida va muayyan bir shaxsda 
mavjud bo‘lgan va uning kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatini ta’minlaydigan 
kasbiy yo‘naltirilgan xususiyatlar majmuining me’yorlari sifatida qo‘llaniladi”. 
Muallif kasbiy shakllanganlikning quyidagi kategoriyalarini ajratib ko‘rsatgan: 
“shaxsning o‘zini mutaxassis sifatida takomillashtirishi; ichki kasbiy lokus 
nazorati; mutaxassisning anglangan sifatlari, hajmi; shaxsning o‘zini mutaxassis 
sifatidagi to‘liq obrazi; kasb yordamida o‘zini-o‘zi rivojlantirish va etishmaydigan 
xususiyatlarning o‘rnini qoplash qobiliyati va x.k.” 
Kasbiy shakllanganlik darajasini aniqlash uchun shaxsning sifat va miqdor 
jihatidan kasbiy tayyorgarlik darajasini, faoliyat samaradorligini, ish qobiliyatini, 
kasbiy yaroqliligini, o‘z ustida ishlashining muvafaqqiyatliligini aks ettiruvchi 
mutaxassisning 
“malakasi” 
tushunchasi qo‘llaniladi. Bu tavsifnomalar aniq kasbiy 
faoliyatning muayyan bir shaxs xususiyatlariga (kasbiy, psixologik, ijtimoiy va 
boshqa) qo‘yadigan normativ talablari bilan mutanosibdir. YUqori kasbiy malaka 
mehnat sub’ekti etukligini shakllanishining va namoyon bo‘lishining muhim sharti 
hisoblanadi, vaholanki, ayrim vaziyatlarda kasbiy etuklik etarli darajada bo‘lmasa 
ham shaxs qator mehnat funksiyalarini malakali darajada bajarishi mumkin.
 
Ko‘p qo‘llaniluvchi 
“kompetentlik”
tushunchasi kasbiy shakllanish va 
kasbiy etuklikni baholovchi me’yor bo‘lib, hali aniq ta’rifga ega emas. U mehnat 
sub’ektiga nisbatan aniq faoliyat talablari yoki aynan, sub’ektning aniq 
faoliyatning o‘ziga xos jihatlariga nisbatan munosabatini tavsiflovchi xususiyat 
sifatida qo‘llaniladi. Umuman olganda, bu tushuncha shaxsning qandaydir hayotiy 
vaziyatlarda, ijtimoiy va kasbiy faoliyatda avtoritarligi, shu soha bo‘yicha 
tushuncha hamda bilimlarga egaligi bilan tavsiflanadi. A.K.Markovaning fikricha, 
muayyan bir shaxsning kompetentligi uning kasbiy shakllanishiga qaraganda 
ko‘proq uchraydigan tavsifnomasidir. Bunga ko‘ra, kasbiy kompetentlikning 
xilma-xil turlarini ajratish mumkin: maxsus (mehnat jarayonini amalga oshirishda), 


128 
ijtimoiy (hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishda), shaxsiy (o‘zini-o‘zi 
boshqarish va takomillashtirish malakalariga egalik) va boshqalar. Ayrim 
mualliflar kasbiy muloqotdagi, mutaxassis shaxsining rivojlanishidagi 
kompetentlikni ham ajratib ko‘rsatadilar. 
Kompetentlikning yuqorida sanab o‘tilgan turlari albatta bir insonni to‘liq 
shaklda tavsiflashi shart emas, chunki, shaxs yaxshi mutaxassis bo‘lishi mumkin, 
lekin o‘zini-o‘zi boshqarish yoki shaxslararo kasbiy muloqot malakalariga ega 
bo‘lmasligi mumkin, qolaversa, yuqori darajada kasbiy kompetentlikka ega bo‘la 
turib, shaxsiy va ijtimoiy kompetentligi past bo‘lishi mumkin. 
Aytish mumkinki, o‘z navbatida professionalizm darajasi sub’ektning 
professionalizatsiyani 
yo‘nalganligi, 
ko‘rsatgichi 
va 
mazmuni 
hamda 
mutaxassisning professionallashuv darajasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, psixologik, 
iqtisodiy va boshqa keng doiradagi kompetentliki bilan shartlangandir. 
Dj. Raven (2003) tadqiqotlari kompetentlikning tuzilishli-funksional 
konsepsiyani asoslashga imkon berdi va u quyidagilarda aks etadi: 
Eng avvalo, shaxs qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy ishonchi va fikrini 
aniqlovchi shaxs motivatsion-qadriyatlar sohasini tizimli ravishda namoyon 
bo‘lishi va shakllanishining ahamiyati; 
SHaxsiy qadriyatlarning mehnat jarayonini tashkil qilish va mazmuniga 
nisbatan bevosita qiziqish, liderlik, tashkilotchilik kabi xususiyatlarda aks etishi; 
Kompetentlikning 
tabiati 
kognitiv, 
emotsional 
va 
irodaviy 
jarayonlarning, individning maqsadga erishishini ta’minlovchi masalalarni 
echishga, hal qilishga tayyorligini baholash mezoni va namoyon bo‘lishiga 
asoslangan bo‘ladi; 
Kompetentlik faqatgina o‘zining faol komponentlari hisobiga emas, balki 
yangi hayotiy vaziyatlarda namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan passiv 
komponentlari hisobiga ham shakllanib boradi; 
Kompetentlik o‘zining bir-biridan mutlaqo mustaqil, lekin bir-birini 
o‘rnini ahamiyatli darajada samarali xulq-atvor omili sifatida egallab tura oladigan, 
ko‘p sonli komponentlari yordamida aniqlanadi. 


129 
Kompetentlikning komponentlari qatoriga kognitiv, emotsional, irodaviy 
sifatlardan tashqari o‘ziga ishonch (o‘zining kasbiy bilimlariga, liderlik 
qobiliyatiga va b); qaror qabul qilish va uning ijrosini boshqarish malakasiga ega 
bo‘lish; qiziqarli umumiy maqsadlarni qidirish, anglash va qaytarma aloqani 
qo‘llashdagi samarali faoliyat; o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘zini-o‘zi takomillashtirish 
qobiliyatlariga ega bo‘lish; o‘zini-o‘zi nazorat qilish, moslashganlik, murakkab 
muammolarni hal qilishga tayyorlik va tavakkalchilikka moyillik, qat’iyatlilik, 
kasbiy ma’suliyatlilik va boshqalarni kiritishimiz mumkin. 
E.F.Zeerning 
ta’kidlashicha, 
kasbiy 
kompetentlikning 
funksional 
taraqqiyotini tadqiq qilish kasbiy kamolotga erishish chog‘ida kompetentlikning 
turli ko‘rinishlari integratsiyalashib borishini va ularning kasbiy muhim shaxs 
sifatlari bilan aloqasi kuchayib borishini ko‘rsatdi. Aytish joizki, kompetentlikning 
asosiy darajalari kasbiy tayyorgarlik va tajriba, o‘z-o‘zini anglash, o‘z kuchiga 
ishonish, o‘zga insonlar tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni to‘g‘ri qabul qilish 
va shu kabi boshqa kasbiy kamolotni belgilab beruvchi shaxs xususiyatlari kiradi. 
Taxmin qilish mumkinki, mehnat sub’ektining sanab o‘tilgan 
professionallashuv ko‘rsatkichlari, mutaxassis bo‘lish (malaka, kompetentlik) va 
sub’ektning kasbiy etukligi orasida o‘zaro aloqa va o‘zaro ta’sir mavjud. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin