122
yondashuv shaxs mehnat faoliyatini o‘rganuvchi psixologiyaning qator sohalari va
boshqa fan sohalari uchun metodologik, nazariy va metodik asos bo‘lib xizmat
qiladi.
Mutaxassis shaxsining shakllanishini o‘ziga xos xususiyatlari mehnat
sub’ektining kasbiy shakllanishiga nisbatan professiogenetik
yondashuvning asosiy
xususiyatlarini aniqlab beradi. Bu yondashuv mehnat sub’ektining kasbiy faoliyati
davomida ijtimoiy va psixologik rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish asosiga
qurilgan. Bunda kasbiy taraqqiyot jarayonini faol boshqarish imkoniyatlari va
shaxsning mehnat faoliyatiga yaroqliligi ko‘rib chiqiladi. U faqatgina shaxs
taraqqiyoti xususiyatlarini va mutaxassis shakllanishini o‘rganishga
qaratilgan
bo‘lmay, balki mavjud faoliyat turlarini, faoliyatga moslashish jarayonini psixik
boshqarish mexanizmlari va shaxsning mavjud imkoniyatlari hamda
kasbiy
talablar orasidagi muvofiqlikni psixologik tahlil qiladi, qolaversa, obro‘li kasb va
faoliyat turlarining psixologik xususiyatlarini taxmin qiladi. Ommaviy va obro‘li
kasbiy faoliyat turlarini psixologik tahlil qilishning
samaradorligi faoliyatni
rejalashtirishdagi texnik va texnologik qarorlar va shu bilan bir qatorda, shaxsga
nisbatan kasbiy talablar xarakteri hamda faoliyatning psixologik nazariyalarini
ahvoli haqidagi ma’lumotlar yordamida aniqlanadi.
Professiogenezning markaziy nuqtasida mehnat sub’ektining kasbiy
shakllanishi va uni bir necha aspektlarini keng ko‘lamda ko‘rib chiqish maqsadga
muvofiqdir:
Birinchidan,
shaxs taraqqiyoti
sifatida – bu muayyan mehnat sub’ektining
faollik darajasiga bog‘liq va etakchi faoliyat xarakteriga asoslangan holda aniq bir
yosh davrida namoyon bo‘ladi. Psixik taraqqiyot eng avvalo, mehnat motivlarining
shakllanishi, kasbiy muhim sifatlarning faollashishi va aniq bir faoliyatning
talablariga muvofiq ravishda shaxs qobiliyatlarining tarkib topishi bilan
yakunlanadi.
Ikkinchidan,
sub’ekt ijtimoiylashuvi
sifatida – bu individ tomonidan ijtimoiy
normalarning o‘zlashtirilishida, ijtimoiy tajribani shaxsiy kasbiy ustanovkalar
123
tizimida qo‘llashda, qadriyatlar va faoliyat dasturida, ijtimoiy rollarni qabul qilish
va ijtimoiy masalalarda namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan,
sub’ektning kasbiy o‘z-o‘zini anglashi, o‘z-o‘zini namoyon
qilishi
sifatida – bu hayot faoliyati davomida kasbiy shakllanishiga zamin
tayyorlaydigan o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini nazorat qilish,
hayotiy tajriba va hayot tarzi orqali namoyon bo‘ladi.
Hayot davomida taraqqiy
etish va kasbiy shakllanish yosh davrlarida, shaxs hayot-faoliyati bosqichlarida aks
etib, jamiyat talablari va shaxsning o‘zini-o‘zi namoyon qilishga intilishi orasidagi
qarama-qarshiliklarga bog‘liq bo‘ladi.
To‘rtinchidan, kasbiy shakllanish
shaxs faolligi
shaklida namoyon bo‘ladi va
tavsiflanadi – bunda shaxs shakllanishining dinamik sharoitlari va uni shaxsiy
harakatlarining faoliyat bilan muvofiqligi ko‘rib chiqiladi.
YUqorida ko‘rsatilgan professiogenezning o‘ziga xos xususiyatlari
mutaxassis shaxsining uzluksiz ravishda shakllanishi, mehnat sub’ektining kasbiy
kamolotga
erishishga intilishi, bundan tashqari shaxsning ongli faoliyat sohibi,
ijtimoiy qadriyatlar ijodkori, har tomonlama kamol topgan shaxs,
oliy toifali
mutaxassis sifatida shakllanish jarayonlarida aks etadi.
Kasbiy shakllanish jarayonini professiogenetik yondashuv asosida o‘rganish
borasida bir qator tadqiqotlar olib borilmoqda va bu muammoning turli jihatlari
keng doirada ochib berilmoqda.
Oxirgi 15 yil ichida mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar shaxs
xulq-atvori va kasbiy sohasida o‘z aksini topib kelmoqda. Etuklik davridagi
shaxslarni
Dostları ilə paylaş: