Anguage and literature



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65
uzb-2019 3-son

KEYS TOPSHIRIG‘I 
1. Qizaloq berilgan savolga to‘liq javob bera oldimi? 
2. Nima sababdan uning javobi onani qoniqtirmadi? 
3. Ushbu vaziyatda darslikda berilgan ma’lumotga 
va o‘qituvchining tushuntirishiga qanday munosabat 
bildirish mumkin?
4. Siz o‘qituvchi sifatida bu holatda qanday ish olib 
borar edingiz?
KEYSNING YECHIMI
“O‘zbek tilining imlo lug‘ati” (O‘qituvchi NMIU. – 
Toshkent: 2011.)ning “Asos va qo‘shimchalar imlosi” 
bo‘limidagi 34-qoida ko‘zda tutilgan bo‘lib, u quyidagi-
cha: 
34.­k,­q
undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar-
ga, shuningdek, 
bek, yo‘q
kabi ayrim bir bo‘g‘inli so‘zlar-
ga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k undoshi 
g
un-
doshiga, 
q
undoshi 
g‘
undoshiga aylanadi va shunday 
yoziladi: 
tilak – tilaging, yurak – yuragim, kubok – kubo
-
gi, bek – begi; tayoq – tayog‘i, qo‘shiq – qo‘shig‘i, yax
-
shiroq – yaxshirog‘i, yo‘q – yo‘g‘i
kabi. 
Demak, bu o‘rinda darslikda berilgan qoida 
mavhumlik kasb etadi. Imlo qoidasidan ko‘rinib turibdi-
ki, egalik qo‘shimchasi har qanday asosga qo‘shilganda 
emas, balki aynan 
k,q
undoshlari bilan tugagan asosga 
qo‘shilgandagina tovush almashadi. Albatta, o‘qituvchi 
ham darslikda berilgan qoidadan nariga o‘ta olmaydi. 
Bu odatiy hol bo‘lib, bunday vaziyatlarda ijodiy yon-
dashuv, chuqur bilim zarur bo‘ladi.
Ko‘rinadiki, “Keys-study” uslubi nazariy bilimlarni, 
amaliy masalalarni yechishda qo‘llash mumkin bo‘lgan 
quroldir. Bu metod bir vaqtning o‘zida bir necha muam-
moni belgilab beradi, talabalarni mustaqil fikrlashga, 
tanqidiy munosabatga o‘rgatadi, kasbiy faoliyatga
ya’ni pedagogik vaziyatlarga tayyorlaydi, ularning aqlan 
ulg‘ayishiga ko‘maklashadi hamda, eng asosiysi, real 
vaziyatdan olinganligi uchun u bilan bog‘liq nazariy 
bilimlar talabalar xotirasida uzoq vaqt saqlanadi. 


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
17
навбатчи
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar
Jadal rivojlanayotgan bugungi kun ta’lim tizimi har 
bir pedagog zimmasiga ta’lim berish, tarbiyalay olish, 
ta’lim oluvchining bilimlarini xolisona baholash, qolaver-
sa, nazorat qilish mahoratini rivojlantirish vazifasini yuk-
laydi. Yangi asr o‘qituvchisi yuqoridagilarga qo‘shimcha 
tarzda ta’lim-tarbiya jarayoniga bo‘lgan yangicha qa-
rashlarni shakllantirish xislatlariga ega bo‘lishi kerak. 
Har bir o‘quvchini o‘ziga jalb eta olish barobarida ular-
ning darsda zerikib qolmasligi uchun interfaol usullardan 
unumli foydalana olgan ijodkor o‘qituvchigina bugungi 
kun o‘quvchisining mehrini qozonadi. Uzoq yillik peda-
gogik tajribam davomida ona tili darslarida o‘zim qo‘llab 
kelayotgan quyidagi ta’limiy o‘yinlar o‘quvchilarning 
mavzularni o‘zlashtirishiga yordam berib kelmoqda. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin