Microsoft Word chingizxon ziyouz com doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/57
tarix25.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#195353
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57
Chingizxonning oq buluti

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
49
— Nega o‘ladi? Qanaqasiga parovoz ostiga tashlaydi?— dedi jahl bilan Tansiqboev, u 
nazoratchining yoqasidan ushlab tortar ekan. 
— Temir yo‘ldan o‘tib borayotganimizda, — dedi poyma-poy qilib soqchi, o‘ng tomondan ham, 
chap tomondan ham lokomotivlar yurayotgan edi. Ular vagonlarni u yoqdan bu yoqqa sudrab o‘tar 
edi. Biz esa poezdni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtab turdik. To‘xtashimiz bilan haligi mahbus qo‘lidagi 
yo‘lxalta bilan meni bir soldi-da, o‘zini kelayotgan parovozning g‘ildiragining ostiga tashlasa bo‘ladimi. 
Bunday kutilmagan hodisadan hamma lol bo‘lib qoldi. Tansiqboev jon-poni chiqib tashqariga 
otildi. 
— Iflos, svoloch, qutilib qoldi-ya! — ovozi qaltirab so‘kina ketdi u. — Hammasini barbod qildi! 
Ko‘rmaysanmi, hammamizni o‘ldirdi! Va stolga burilib, g‘ijingan ko‘yi qo‘lini siltadi-da, stakanni 
to‘ldirib araq quydi. 
Uning orenburglik hamkasblari esa bu hodisaga soqchilar kallasi bilan javob berishadi, deb qo‘shib 
qo‘yishdi. 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
50
CHINGIZ AYTMATOV
O’TAR QUSH
NOLASI 
Rivoyat 
Tozi deganingiz allambalo it-da — ovuldan bir to‘p otliq chiqdi deguncha hoziru nozir. To‘s-
to‘polonda ergashib olganini sezmay qolasiz, endi uni haydab, orqasiga qaytarib bo‘psiz, do‘q-
po‘psalaringiz bir pul — bari-bir ketmaydi, go‘yo hayiqqanday chetga chiqib, lo‘killab ketaveradi. 
Rostdan ham tozilar g‘alati maxluq — ularga dala-dasht bo‘lsa, shovqin-suron bo‘lsa, odam gavjum 
bo‘lsa bas, shunday paytlarni kutgani-kutgan; ehtimol shuning uchun ham ovchi it deyilsa kerak... 
Elomon itning ketidan quvib Ko‘lgacha chopib bordi. U dafn marosimida so‘yish uchun 
mo‘ljallangan ikki yashar navvosni boylab berishda xotin-xalaj, qari-qartang bilan birga ketayotgan 
akasi Turmanga qarashib yurganida tozi iti Uchar olomonga ilashib, azza-bazza safarga otlanib 
qolibdi: quvonchi ichiga sig‘may u yoqdan-bu yoqqa chopadi, hali buni, hali uni hidlab-hidlab qo‘yadi, 
butalar atrofida sakrab-sakrab, goho bir zum to‘xtab, hurib ham qo‘yadi, odamlarni safarga tezlaydi. 
Elomon itining otini aytib ham, avrab-aldab ham qancha chaqirmasin, bari befoyda ketdi. 
Odamlarning ovga emas, balki ta’ziyaga — kennoyisi Olmoshning qo‘shni qishloqda to‘satdan vafot 
etib qolgan o‘n yetti yoshli singlisining janozasiga borayotganlarini aqlsiz it qayoqdan bilsin, deysiz; 
buni biyalarga, ho‘kizlarga minib olganlar orasida chopqir otli bironta ham yosh yigit yo‘qligidan bilib 
olsa ham bo‘lardi. Issiqko‘l atroflarini makon tutgan barcha erkaklar, jamiki eng yaxshi otlar, qurol 
ko‘tarishga qurbi yetadigan qirg‘izman degan yigit borki, barisi, o‘sha kuni uzoqda, tog‘larning narigi 
tomonida, bu yerdan uch kunlik yo‘l bo‘lgan Tolchuy vodiysida bosqinchi jung‘or lashkarlari bilan jon 
olib jon berib jang qilayotganiga tozi itning aqli yetarmidi! Mana, besh kundirki, Tolchuy vodiysidan 
hech bir xabar yo‘q. Ahmoq it, sarang it — butun bir xalqning taqdiri ne kechgani noma’lum bo‘lib 
turgan bir paytda qanday odam ov haqida o‘ylay olardi? 
Aslini olganda, odamlarning g‘am-tashvishlari it uchun bir pul, urush, ayriliq, o‘lim, umuman inson 
bolasining g‘urbatlari bilan itning nima ishi bor; qani edi, uning oldidan lip etib quyonmi, tulkimi chiqa 
qolsa-yu, to‘zg‘itib quva ketsa, bunday onlarda otliqlar ham tozidan qolishmaydi – jonini jabborga 
topshirib, o‘lganiga qaramay o‘lja ketidan ot solishadi... 
Tozi toqati toq bo‘lganidan o‘qtin-o‘qtin g‘ingshib-g‘ingshib qo‘yar, goho hammaning oldiga o‘tib, 
qisqa-qisqa hurar, sakrab-sakrab odamlarni gir aylanib “bunchalik imillamasanglar” degandek, 
shoshilishga undar, “tezroq yuringlar”, degan da’vati shunday ko‘zidan, butun borlig‘idan ko‘rinib 
turardi. Lekin sira Elomonga tutqich bermasdi. Itga qo‘yib bersa, qani edi, suvoriylar Uchar ketidan 
otlarini choptirsalar, uzangilarida tik turib qiy-chuv solsalar, yov ketidan quvganlaridek shovqin-suron 
ko‘tarsalaru butun borliq ov zavq-shavqi bilan yashasa. Tozi hammani ana shunday ov nash’asini 
surishga chorlardi... 
E-voh! Odamlar ovga emas, janozaga ketishayotgandi. Cholu kampirlar g‘am-alamdan boshlarini 
xam qilib, jigarlari Sengirboyning kelini Olmoshning boshiga tushgan kulfatga sherik bo‘lib, qondoshlik 
burchlarini o‘tash uchun ketishayotgan edi. Shu bois qora tozi it Ucharga hech kim e’tibor bermasdi. 
Shum xabar urug‘doshlar uchun eng og‘ir va xatarli bir paytda yetib keldi. Ular bundan, bor-yo‘g‘i olti 
oy burun Sengirboyning hurmati deb emas, — axir, u kim bo‘libdi, — balki Olmoshning eri, hozir 
Tolchuy vodiysida ulkan qirg‘in-barot jangda qatnashayotgan Qo‘ychimanning hurmati, eng muhimi, 
ushoq qashshoq bo‘ziylar urug‘ining faxri, buyuk o‘tovsoz usta Sengirboylar oilasiga kelin bo‘lib 
tushgan Olmoshning hurmati uchun tishlarini-tishlariga qo‘yib chidayotgan edilar bu 
ovoragarchiliklarga. Sengirboy bobo esa, mana, uch kun bo‘libdiki, turolmasdan yotibdi — cholni 


Chingizxonning oq buluti (qissa). Chingiz Aytmatov 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin