Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
devoni hikmat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
20
Ko’z yoshidin menga yaxshi tuhfa bo’lmas, 
Mundin yaxshi dargohimg'a hadya bo’lmas, 
Farishtalar toatlari teng kelolmas
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
Ko’z yoshini shisha uzra quyub olg'ay, 
Maloiklar g'assol bo’lub, ani yuvg'ay, 
Haq taolo amri bilan ani yuvg'ay
2

Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
Ko’rdunguzmu, maloiklar, bandam, degay, 
Bu oshiqdur, men ma’shuqman, biling, degay, 
Hurlar qarshu chiqib anga salom qilg'ay, 
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
Tuydungmu, deb oshiqlarg'a nido kelgay
Kimni ko’rsang shafoatni sen qil, degay, 
Gohi behisht, gohi Arshqa uchub qo’ng'ay, 
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
Huru jannat Xudoyig'a arz aylag'ay, 
Ushbu aziz kimdur, bayon qilg'il, degay, 
Bir soatki bizga mehmon bo’lsun degay, 
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
Nido kelgay ilohimdin "do’stum" dedi, 
Bag'ri kuyub, yoshin to’kub, ko’b yig'ladi, 
Xorliq, zorliq, mashaqqatni rohat bildi
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q.
Ondin so’ngra Buroq, hulla keturgoylar, 
Boshiga toj, hulla, Buroq mindurgoylar, 
Taxti behisht uzrasiga qo’ndurg'oylar, 
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
Banda bo’lsang, ishqqa qadam qo’ymasmusan, 
Ishqdin ulug' toat yo’qtur, ko’rmasmusan, 
Hasrat qilib, bag'ring ezib yurmasmusan, 
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
Qul Xoja Ahmad ishq dardidin aydi muni
Necha ulug' kitoblardin oldi muni, 
Hasrat qilib, yig'lar erdi tuni-kuni, 
Yig'lab yurgil, ko’z yoshini riyosi yo’q. 
2
«Gunohini poklagay» ma’nosida. 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
21
- 14 - 
Eranlar tubsiz daryo ichra pinhon, 
Tekma g'avvos andin guhar olg'oni yo’q, 
Oshiqlari ul tengizg'a cho’mub o’ynar, 
Jondin kechmay, ul guharni olg'oni yo’q. 
Tariqatning bo’stonidur xush guliston, 
Toliblari bulbul sifat qilur javlon. 
Muyassar bo’lg'oymu deb durru marjon
Ixloslik qul mahrum bo’lub qolg'oni yo’q. 
Bu yo’llarning jafolarin har kim tortsa, 
Tosh yostonib, pir eshigin saqlab yotsa
Subh yanglig' ko’ngul tongi nogoh otsa, 
Ixlosliq qul mahrum bo’lub qolg'oni yo’q. 
Qul Xoja Ahmad, savdo qilg'il bozor o’tmay, 
Ajal kuni tug'ib, nogoh oyi botmay. 
Mavt sharobin Azroildin nogoh totmay, 
Ixlosliq qul mahrum bo’lub qolg'oni yo’q. 
- 15 - 
Qudrat bilan farmon qilsa bandasig'a, 
Bu olamda hech kim o’lmay qolg'oni yo’q, 
Bu omonat jonni berdi Mavlom bizga
Qobiz kelib ani olmay qo’yg'oni yo’q. 
Qobiz kelib aziz jonni qo’ymay olg'ay, 
Dunyoparast nojins odam g'ofil qolg'ay, 
Jonin kelib qabz etorda tavba qilg'ay, 
Tavbasini Xojam qabul qilg'oni yo’q. 
Sihatlikda tavba qilg'il, maqbul bo’lsun, 
Saharlarda zori qilg'il, qo’lung olsun, 
Eranlarga xizmat qilg'il, yo’lg'a solsun, 
Xizmat qilmay hech kim yo’lni bilgoni yo’q. 
Quloqsizga oyat, hadis, hikmat harom, 
Essiz, hikmat ich-qornimda bo’lsun tamom, 
Nodonlarg'a tokay aytib, yig'lay mudom, 
Dod aylasam, hech kim quloq solg'oni yo’q. 
Yer ostig'a kirib yedim xuni jigar
Imon-islom qo’lg'a olib qildim safar, 
Shayton lain qilolmadi menga zarar, 
Munkar, Nakir mendin savol qilg'oni yo’q. 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin