4-mavzu. Qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lishi, tarixiy ildizlari va tarbiyaviy ahamiyati Reja


Farzand tarbiyasida o`yinchoqning ahamiyati



Yüklə 138,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix25.12.2023
ölçüsü138,82 Kb.
#195551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Lecture - 4

Farzand tarbiyasida o`yinchoqning ahamiyati 
O`yinchoq - bola hayotining dastlabki davrlaridan 
boshlab ularga yo„ldosh quvonch manbaidir. O`yinchoq 
- bolaning o„ynashi uchun mo„ljallangan va boshqa 


maqsadlardan foydalanmaydigan buyum bo„lib hisoblanadi. O`yinchoqda 
buyumlarning tipik hususiyatlari umumiy tarzda aks etadi.
Pedagog A.S.Makarenko, «O`yinchoq o„yinning «material asosi», o`yinchoq 
o„yinni yaratishda ishtirok etadi, bolaning o„ziga xos sherigi sifatida namoyon 
bo„ladi, uning shaxsiga ta‟sir ko„rsatadi», - deb ta‟kidlaydi. Rus pedagoglari - 
o`yinchoq bolalarga atrofdagi mavjud voqe‟likni o„rganishga yordam beradigan, 
ranglar, buyumlar ko„lamini ularning materiallarini farqlash malakasini 
rivojlantiruvchi vosita, deb ta‟kidlab, bola dunyoqarashini kengaytirishdagi 
ahamiyatini ko„rsatib berdilar. 
Xalq pedagogikasida o`yinchoqlarning butun bir tizimini ishlab chiqilgan 
bo„lib, bular bolaning sensor qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. 
 
O`yinchoqlar
– bolalarning nutqqiy faolligini uyg„otadi, lug„at boyligini 
oshiradi, ularda tahlil qilish yaxlit holatga keltirish, umumlashtirish, taqqoslash, 
tavsiflash diqatni jamlash va barqarorligini rivojlanishida muhim bir vositadir. 
O`yinchoq bolalarda – ma‟naviy-axloqiy tuyg„ularni (mehribonlik, avaylash, 
e‟tiborlik) shakllantiradi, atrof muhitga ijobiy munosabatni uyg„otadi. 
O`yinchoqlar va o„yinlar xalq pedagogikasining eng samarali vositasi bo„lib, 
tarbiyani ular orqali singdirish qulay yo„llardan biri sanalgan. 
Shu sabab ota-bobolarimiz, momolarimiz o`yinchoqlarning ahamiyatiga 
alohida diqat qaratishgan. Ajdodlarimiz milliy xususiyatlarni aks ettiruvchi 
o`yinchoqlarga turli matolar vositasida bezak berishgan. Bunday o`yinchoqlar 
millatga xos urf-odat, qadriyatlarni aks ettirgan. 
Hozirda esa savdo rastalarida milliy o`yinchoqlar bilan bir qatorda g„arb 
davlatlari andazasidagi zamonaviy o`yinchoqlarni ham topishimiz mumkin. 
Bugungi 
kunning 
ota-onalari 
farzandlari 
uchun 
xarid 
qiladigan 
o`yinchoqg„ining qayerda tayyorlanganligiga, shakli, qaysi hayvon yoki buyumga 
bog„liqligiga, qanday o„ynalishiga va bola ruhiyatiga ko„rsatadigan ta‟siriga katta 
e‟tibor berishlari lozim. Bir so„z bilan aytganda, bola uchun qanday o`yinchoq 
tanlash kerakligini yaxshi bilishlari zarur. Chunki o`yinchoqlar bolaning ruhiy 
jihatdan me‟yoriy rivojlanishi uchun zarur vosita vazifasini o„taydi. 


Psixologlar o„yinning maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida yetakchi 
jarayon ekanligini ta‟kidlab, insonga o„qishda, odamlar bilan muloqot-
munosabatda, ijodda zarur bo„ladigan barcha sifatlarning kurtaklari o„yinda shakl-
lanishini qayd etadilar. O„yin faoliyatida bolaning tasavvuri, xayoli rivojlanadi 
hamda u diqqatini bir joyga to„plashga o„rganadi. Aynan o„yin faoliyatida 
kichkintoylar o„zlarining harakatlarini boshqarishni, o„z xohish-istaklarini nazorat 
qilishni, xatti-harakatlarini maqsadga yo„naltirishni o„rganadilar. 
O`yinchoqlar esa uning bilish jarayonlarini shakllantirish va ruhiy rivojlanishi 
uchun asosiy omil bo„lib xizmat qiladi. O`yinchoq bola uchun shunchaki 
ko„ngilxushlik vositasi, deb hisoblaganlar adashadilar. O`yinchoq bola ruhiy 
rivojlanishiga kuchli ta‟sir ko„rsatuvchi omildir. Aniqrog„i, farzandingizning ruhiy 
rivojlanishiga uning o`yinchoq bilan bajaradigan harakatlari, muloqoti kuchli ta‟sir 
ko„rsatadi. Bolalar mehnat va turmushda qo„llanuvchi buyumlarning nusxasi 
bo„lgan o`yinchoqlarni o„ynash orqali turli narsalarning nima masadda 
ishlatqilishini tushunib, asta-sekin haiqiy buyumlar olamiga psixologik jihatdan 
kirib boradi. Farzandingiz turli xil qqo„g„irchoqqlar, hayvonchalar ko„rinishidagi 
o`yinchoqlar bilan o„ynaganda, boshqalarga g„amxo„rlik qilish, hamdard bo„lishni 
o„rganadi, 
uning 
emotsional-hissiy 
muloot 
ko„nikmalari 
rivojlanadi. 
O`yinchoqning bola ruhiyatiga ta‟sirini inobatga olsak, o`yinchoq tanlashda ota-
onadan alohida hushyorlik talab qilinadi. Shiqildoq o`yinchoqlar chaqaloning 
psixofiziologik rivojlanishiga ta‟sir etib, bunda kichkintoyning ovoz eshitish 
sezgisi oshadi. Ammo o`yinchoqning ovozi juda baland bo„lmasligi zarur. Bu 
go„dakni cho„chitib, qo„rqitib yuborishi mumkin. Chaqalolar besh oylikdan 
oshganidan so„ng narsalarni mustail ushlab, his qilish qobiliyatiga ega bo„ladi. 
Kichkintoy sakkiz oylik bo„lganida taxtadan yasalgan kubiklar berilsa, bu uning 
sog„ligi uchun zarar yetkazmaydi. Chunki ular tabiiy toza xomashyodan yasaladi. 
So„nggi paytlarda bolalarni maktabga ertaroq tayyorlashga qiziqish ortib, har 
xil didaktik, ya‟ni muayyan aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi 
o`yinchoqlar ancha xaridorgir bo„lib oldi. Bunday o`yinchoqlarni o„ynashning 
foydali tomonlarini inkor etib bo„lmaydi, ammo bolalikdan tom ma‟nodagi o„yin 


yo„qolib, uning o„rnini o„quv mashg„ulotlarining topshiriqlariga o„xshash narsalar 
egallashiga yo„l qo„yish mumkin emas. Ota-onalar har xil rivojlantiruvchi didaktik 
o`yinchoqlarni qidirishga ko„p vaqt sarflamay, farzandiga odatdagi oddiy 
o`yinchoqlarni olib bergani ma‟qul. Ota-ona, shuningdek, bolada harakat 
ko„nikmalarini rivojlantiruvchi o`yinchoqlar haqida ham unutqmasligi kerak. Zero, 
to„g„ri tanlangan o`yinchoq bolaning shaxs sifatidagi rivojiga ijobiy ta‟sir ko„r-
satadi. 
O`yinchoq tanlashda – bolaning yosh va individual xususiyatlarini, 
qiziqishlari, istaklari hisobga olinadi. Maqsadga qaratilgan bunday yondoshuv - 
o`yinchoq tanlashga bo„lgan talabni yanada oshiradi. Asosan: pedagogik, 
gigiyenik, badiiy talab orqali o`yinchoq tanlanadi. 

Yüklə 138,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin