qaraydi, ularni ko„zdan kechiradi, tanish tovush uni o„ziga darhol jalb qiladi,
tinchitadi va quvontiradi.
- 6-9 oylik bolalarga yorqin rangdagi ovoz chiqaruvchi shiqildoqlar, xalqacha,
doirachalar, turli – tuman qqo„g„irchoqqlar, xayvon va qushlarni shakllari, bola
qo„li etishi mumkin joylarga o`yinchoqlarni osib qo„yiladi va ularni ushlatiladi.
Shuningdek yumalatib o„ynash uchun to„p va sharlar, chelakcha, o`yinchoqlarni
joylash
uchun maxsus yashikcha, puflab tayyorlanadigan o`yinchoqlar, emaklash
uchun yordam beradigan o`yinchoqlar tavsiya etiladi.
- 9-12 oylik bolalar uchun – xalqali minorachalar, ikki qavatli matryoshkalar,
rangli kubiklar, ajratib olinadigan va bir-birining ichiga solib qo`yiladigan,
buyumlar solingan tovoqchalar, qo„lga taqib olinadigan bilakuzukchalar, siqqanda
ovoz chiqaradigan rezinka o`yinchoqlar, plastmassali va yog„ochli bolg„achalar,
suv quyish uchun mo„ljallangan suv chelakchasi, suv purkagich, teplovoz va
boshqa o`yinchoqlardan foydalanish mumkin.
Tarbiyachilar bolalar o„yiniga rahbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishlari
lozim:
1. O„yin bilan mehnat o„rtasida to„g„ri munosabat o„rnatish;
2. O„yinda bolalarning bo„lajak mehnat ahliga xos bo„lgan jismoniy va ruhiy
sifatlarini tarbiyalash. O„yin bolalarni jismoniy
tomondan tarbiyalash tizimida,
maktabgacha ta‟lim muassasasining ta‟lim - tarbiya ishida axloqiy, mehnat va
estetik tomondan tarbiyalashda katta o„rin tutadi.
O„yinda yosh organizmga xos bo„lgan talab va ehtiyojlar qondiriladi. Hayotiy
faollik yaratiladi. Birdamlik, tetiklik, quvnolik tarbiyalanadi. O„yin ta‟lim va
mashg„ulotlar bilan kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog„liq bo„lib, juda
katta ta‟limiy - tarbiyaviy ahamiyatga ega. O„yinda aks ettirilgan narsani bilib
olishga qizikish uyg„onadi, ko„pincha o„yin bolalarga yangi bilim berish va
ularning
fikrlarini, bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Bolalar
o„yinlari o„zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ular o„z mazmuni va tashkil
etqilishiga ko„ra, qo„llaniladigan buyumlarning turlariga ko„ra kelib chiqishiga
ko„ra turlichadir. Bularning barchasi bolalar o„yinlarini turkumlashtirishni
favqulodda noziklashtiradi, biroq o„yinlarga rahbarlik qilish uchun ularni albatta
guruhlash zarur.
Pedagogikada o„yinlarni ikki katta guruhga bo„lish juda keng taralgan. Ijodiy
va qoidali o„yinlar. Ijodiy o„yinlarning mazmunini bolalarning o„zlari o„ylab
topadilar va ularda o„z tassurotlarini, borli haidagi
tushunchalarini hamda unga
munosabatlarini aks ettiradilar.
Qoidali o„yinlar esa kattalar tomonidan yaratiladi va bola hayotiga olib
kiritiladi. Mazmuni qoidalarning murakkabligiga qarab, ular turli yoshdagi
bolalarga mo„ljallangan bo„ladi. Tayyor qoidali o„yinlarning katta guruhini xal
o„yinlari tashkil etadi, ularning ko„plari avloddan-avlodga o„tib, bizgacha etib
kelgan.
O„yinlarning har ikkala guruhi ham o„zining xilma-xil ko„rinishlariga ega.
Ijodiy o„yinlar guruhini syujetli rolli o„yinlar tashkil etadi. O„yinlar o„z mazmuni
va qoidalari, tarbiyaviy ta‟siriga ko„ra shartli ravishda didaktik o„yinlar va musiqiy
o„yinlarga bo„linadi. Didaktik o„yinlarda avvalo
bolalarning aqliy faoliyati
rivojlanadi, ularning bilimlari chuqurlashadi va kengayadi, harakatli o„yinlarda
bolalarning turli harakatlari takomillashadi, hamda musiqali o„yinlarda musiqiy
kobiliyatlar rivojlanadi. Demak, har bir o„yinning o„ziga xos sifatlari mavjud, biroq
ular qator umumiy xususiyatlarga ham ega.
O„yin - bu bola faoliyatining turi bo„lib, masadning mavjudligi, rejali
harakatlar, natijaning o„ziga xosligidadir. N.K.Krupskaya
bolalar rivojlanishiga
qarab, uning o„yinda o„z oldiga qo„yadigan masadining tabiati ham o„zgarishini
bolalar taqlidi harakatlardan asta-sekin o„ylangan asosli maqsadlarga o„tishlarini
ko„rsatib o„tgan edi. Bola o„yindagi maqsadiga erishishi uchun o„ziga sheriklar
tanlaydi, zarur o`yinchoqlarni topadi, o„yin davomida muayyan harakat va qiliqlar
qiladi. Boshqa faoliyat turlarida bo„lgani singari o„yin jarayoniga bolaning butun
shaxsiyati, uning psixik bilish jarayonlari, irodasi, xissiyoti va ta‟sirchanligi,
ehtiyoj va qiziqishlari jalb etiladi, o„yinda bola faol harakat qiladi, gapiradi, o„z
bilimlarini qo„llaydi.
O„yin o„ziga
xos xususiyatga ega, o„yin bolaning shaxsiy tashabbusiga ko„ra
vujudga keladigan, o„zining faol ijodiy yo„sindagi, yuksak ta‟sirchanlik ruhi bilan
ajralib turadigan erkin va mustail faoliyatdir. O„yin ertalab nonushtagacha (15-20
daqiqa) boshlanadi va nonushtadan keyin, mashg„ulotlar o„rtasida, ochik havoda,
uyqudan keyin o„tkaziladi. Ertalab rolli o„yinlar, qurish-yasash, harakatli o„yinlarni
tashkil qilish tavsiya etiladi, Mashg„ulot o„rtasida harakatlti, qoidali o„yinlar ham
o„tkazib turiladi.
Ochiq havodagi o„yinlarga esa yugurish, otish, sirpanish bilan bog„liq bo„lgan
o„yinlar, qoidali o„yinlar (ok terakmi ko„k terak, ona bo„ri kabilar kiradi.
Kunduzgi uyqudan keyingi o„yinlarga qurilish o„yinlari, ertak bo„yicha
sahnalashtiriladigan, roli o„yinlar, didaktik o„yinlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: