Жаxон географияси маърузалар


Mavzu: Dunyo mashinasozlik sanoati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Dunyo mashinasozlik sanoati. 
Mashinasozlik hozirgi kunimizdan 2 asr ilgari Angliyada sanoat inqilobi vaqtida 
sanoat tarmog’i sifatida vujudga kelgan.Hozirgi vaqtda esa mashinasozlikda band 
ishchilarva xizmatchilar soni 80 mln.dan ortiq.Mashinasozlik hozirda mahsulot 
qimmati jihatidan jahon sanoat tarmoqlari orasida 1-o’rinda turadi. 
Qora va rangdor metallurgiya mashinasozlik uchun asosiy xom-ashyo bo’lib, 
ulardan mashinalar va ularning detallari ishlanadi. 
Mamlakatda qanday mashinalar boligiga, ularning soniga va qancha tez ishlab 
chiqarishga qarab mazkur mamlakatning iqtisodiy qudrati va taraqqiyot darajasi 
haqida xulosa chiqarish mumkin. 
Mashinalar ishlab chiqarish uchun ko’p miqdorda metall, plastmassa, bo’yoqlar, 
rezina, gazlama, yog’och-taxta kerak bo’ladi. Mashinalar yuzlab xatto minglab 


45 
detallardan yasaladi.Masalan: 1ta samolyot 120000 detaldan yasaladi.Bu detallarning 
hammasini 1ta zavodda yasash noqulay va befoydadir. Masalan: Gorkiy avtomobil 
zavodi 1800 km.gacha masofadagi 35 ta yirik shaharlardagi 300ga yaqin korxonalar 
bilan iqtisodiy a’loqada bo’ladi. 
Mashinasozlik korxonalarini joylashtirish shartlari: 
1.Qulay transport magistrallarining mavjudligi.Chunki mashinasozlik korxonasiga 
chetdan ko’plab detallar keltiriladi va tayyor mashinalarni sotish qulay bo’lishi 
uchun. 
2.FTI davrida mashmnasozlik korxonalarida ishlash uchun malakali mutaxassis va 
ilmiy-texnik kadrlar miqdorining etarli bo’lishi.Agar ishlab chiqarish jarayonining 
1qismini avtomat va yarim avtomat bajarsa, mashinasozlik buyumlarining tannarxi 
arzon bo’ladi.Mehnat unumdorligi oshadi, harajat kamayadi.Lekin elektr energiyasi 
ko’p talab qilinadi.Mashinasozlik zavodlari elektr energiyasini ko’p mehnat talab 
qiladigan tarmoqlardir. 
Priborsozlik eng ko’p mehnat talab qiladigan sohadir. 
3.Mashinalar mamlakatning hamma rayonlarida ham kerak.Lekin bir rayonda 
to’qimachilik stanoklari, boshqasiga ko’mir kombaynlari, yana biriga dengiz 
kemalari ko’proq talab qilinadi.Shu sababli mashinalarni oluvchilarni hisobga olish 
mashinasozlikni joylashtirishning 3 shartidir (iste’molchi). Masalan: qishloq xo’jaligi 
mashinasozligi O’rta Osiyoda, g’alla o’rish Shimoliy Kavkazda, lavlagi yig’uvchi 
mashinalar Ukrainada ishlab chiqariladi. 
4.Mashinasozlik korxonalariga metallurgiya bazasining yaqinligini hisobga olish 
sharti.Chunki mashinasozlik uchun ko’p metall talab qilinadi. 
Mashinasozlikning ayrim tarmoqlari uchun yuqoridagi shartning 1ta muhim 
bo’lsa, boshqa tarmoqlari uchun bir nechtasini hisobga olish kerak bo’ladi. Masalan: 
traktorsozlik metallurgiya bazasiga ham va iste’molchiga ham yaqin bo’lishi kerak. 
FTI davrida mashinasozlik zavodlarining metalga bo’lgan bog’liqligiga nisbatan 
kamaydi.Lekin ularning malakali ishchi kuchiga bog’liqligi, ilm-fan talab 
tarmoqlarining 
esa 
ilmiy-tadqiqot 
markazlarning 
bog’liqligi 
ancha 
oshdi.Mashinasozlik hamma joyda ham joylashadigan tarmoqqa aylanib bormoqda. 
Dunyo iqtisodiy kartasida umumiy holda mashinasozlikning 4 regionini ajratish 
mumkin: 
1.Shimoliy Amerika bo’lib, bu erda mashinasozlik mahsulotining eng oddiydan to 
eng murakkabigacha bo’lgan barcha turlari ishlab chiqariladi.AQSH yetakchi. 
2.Horijiy Yevropa bo’lib, u asosan ommaviy mashinasozlik mahsulotlarini ishlab 
chiqaradi.Etakchilar: Germaniya, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, 
Shveysariya, Polsha. 
3.Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo.Ommaviy mashinasozlik mahsulotlari bilan birga 
eng yuqori texnologiyagacha asoslangan buyumlar ishlab chiqaradi.Yetakchilar: 
Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Singapur. 
4.MDH. Bu regionga kiruvchi ko’pchilik mamlakatlar uchun mashinasozlik xalqaro 
ixtisoslashuvining bosh tarmog’idir.Bu hol MDHning xalqaro savdodagi alohida 
o’rnini belgilaydi.Yetakchilar: Rossiya, Belorussiya, Ukraina. Lekin bu region FTI 
yutuqlaridan foydalanish bo’yicha boshqa regionlardan ortda qolmoqda.


46 
Rivojlanayotgan mamlakatlar dunyo mashinasozlik sanoati mahsulotining 
10%dan kamrog’ini beradi.Rivojlanayotgan mamlakatlarining qoloqligi xech bir 
tarmoqda 
mashinasozlik 
sanoatidagichalik 
kuchli 
namoyon 
bo’lmagan.Rivojlanayotgan 
mamlakatlardagi 
mavjud 
mashinasozlik 
sanoat 
tarmoqlari ham asosan yig’ma zavodlar bo’lib, ular detallarni AQSH, Horijiy 
Yevropa va Yaponiyadan keltiradi.Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida Braziliya, 
Hindiston, Argentina, Meksika ajralib turadi.Lekin ularda qurilgan korxonalarning 
ko’pchiligi mashinasozlik rivojlangan mamlakatlarning filiallari hisoblanadi. 
Mashinasozlikning asosiy tarmoqlari: stanoksozlik, energetika mashinasozligi 
(GES,IES), og’ir mashinasozlik, transport mashinasozligi, elektrotexnika va elektron 
sanoati, priborsozlik, harbiy texnika, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, EHM va h.k.
Mashina va jihozlar eksporti eng yuqori bo’lgan davlatlar: jami eksport mahsuloti 
YAponiya 68 % ini, Singapur 55 % ini, AQSH, Meksika va Germaniya 49 % ini, 
Koreya respublikasi 43 % ini mashina va jihozlar tashkil etadi (2005 y). 
XGMT da jahon mamlakatlari turli tarmoqlarga ixtisoslashgan: 
Syangan-radiopriyomnik va telefonlarishlab chiqaradi. 
Janubiy Koreya-magnitafon kassetalari va videomagnitafonlar. 
Malayziya-xona kondensionerlari. 
Janubiy Koreya,Braziliya,Meksika-avtomobillar. 
Janubiy Koreya,Braziliya,Tayvan-kemalar. 
Singapur-neftburavoy platformalar ishlab chiqaradi. 
Mashinasozlik jahonda bir necha davlatlarda mavjud,lekin 6 mamlakat bu sohada 
yetakchi hisoblanadi: AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, 
Italiya.Bu davlatlarda mashinasozlik sohasida eksport importdan ustun turadi. 
Masalan: AQSH, Yaponiya, Germaniya dunyoda ishlab chiqariladigan stanoklar va 
robotlarning 9/10 qismini ishlab chiqaradi.Qolganini esa Rossiya, Sharqiy Evropa 
davlatlari, JAR, Xitoy, Hindiston etkazib beradi.Stanoksozlik va robotlar ishlab 
chiqarish Afrikada JARdan boshqa xech bir davlatda yo’q. 
Jahonda yiliga 1,2 mln donadan ortiq metal kesuvchi stanoklar ishlab chiqariladi 
(2006 y). 
Aviaraketa va kosmik sanoati bo’yicha AQSH alohida ahamiyatga ega 
hisoblanadi.Yirik firmalari: Boing (52%), Makdonell, (Fransiya, GFR, Buyuk 
Britaniya) Aerobuslar. 
MDH davlatlarida ham aviasiya sanoati yaxshi rivojlangan (AN, TU, Il, 
Mig).Rivojlanayotgan davlatlar ichida Braziliya o’zining aviasiya sanoati bilan 
ajralib turadi.Embraer (17%) firmasi o’rtacha samolyotlar ishlab chiqaradi. 
Dengiz kemalari ishlab chiqarish bo’yicha Yaponiya va Janubiy Koreya, harbiy 
kemachilik bo’yicha AQSH oldinda turadi. 
Transport mashinasozligining asosini avtomobilsozlik egallaydi.Yaponiya va 
AQSH yiliga 10 mln.donadan ortiq yengil va yuk avtomobillarini ishlab chiqarib 
jahonda yetakchi.
Jahonda yiliga 62 mln. donadan ortiq avtomobillar ishlab chiqariladi (2006 y.) 
Jahonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish: (1995 y.ming dona hisobida). 
1.Yaponiya-7616 7.Buyuk Britaniya-1532 
2.AQSH-6500 8.Kanada-1350 


47 
3.Germaniya-4507 9.Italiya-1241 
4.Fransiya-3210 10.Braziliya-1100 
5.Ispaniya-1998 11.Rossiya-835 
6.Janubiy Koreya-1900 12.O’zbekiston-70000 (2005 y) 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin