Жаxон географияси маърузалар


Mavzu: Dunyo yengil sanoati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

Mavzu: Dunyo yengil sanoati. 
Yengil sanoat tarkibiga to’qimachilik,tikuvchilik,mo’yna,ko’n-poyafzal,trikotaj 
tarmoqlari kiradi.Bu tarmoqlar mahsulotining katta qismi aholi iste’moliga 
mo’ljallanadi,bir qismi esa og’ir sanoatga kiradi (texnika gazlamasi,teri,charm). 
Yengil sanoat qishloq xo’jaligi bilan uzviy bog’liq.Qishloq xo’jaligi yengil 
sanoatga o’simlik (paxta,zig’ir,lub,jut,kanop) va hayvon (teri,mo’yna,jun,ipak,shox) 
xom-ashyosi beradi. 
Yengil sanoatning yetakchi tarmog’i-to’qimachilikdir. To’qimachilik sanoatining 
barcha xil mahsulotlari,ipdan gazlama,jundan gazlama,shoyi va zig’ir tola 
gazlama,sun’iy tola gazlama korxonalarida to’qiladi.Gazlama to’qib chiqarish 
jarayoni bir qancha bosqichlardan iborat. 
Xom-ashyoga paxta tozalash,zig’ir tolaga ishlov berish,jun yuvish korxonalarida 
dastlabki ishlov beriladi.So’ngra toladan ip yigiriladi,ipdan xom gazlama 
to’qiladi.Xom gazlama bo’yaladi,unga gul bosiladi (pardozlanadi). 
Bu 
hamma 
bosqichlarni 
alohida-alohida 
joylashgan 
dastlabki 
ishlov 
berish,yigirish,to’qish,pardozlash fabrikalarida amalga oshirish mumkin.Lekin 
transport harajati,yuk ortib tushurish sarflari tayyor mahsulot tannarxiga qo’shiladi. 
Shunday ekan,to’qimachilik ishlab chiqarishning bir korxonada-kombinatda 
to’planishi foydaliroq bo’ladi. 
Xom-ashyoga dastlabki ishlov beruvchi korxonalar xom-ashyo manbasiga yaqin 
joylashtirilgani ma’qul.Shu sababli paxta tozalash va pillachilik fabrikalari xom-
ashyo yetishtiriladigan rayonlarda quriladi. 
To’qimachilik sanoatida ko’proq xotin-qizlar mehnat qiladi.Shuning uchun ayollar 
mehnat resurslaridan to’laroq foydalanish kerak bo’lganligi uchun to’qimachilik 
sanoatini aholi ko’p to’plangan joylarda qurish maqsadga muvofiqdir va og’ir sanoat 
rivojlangan joylarda ham. 
Shunday qilib,to’qimachilik sanoati korxonalarini joylashtirishda iste’molchilar, 
mehnat resurslari va xom-ashyo manbalari hisobga olinadi. 


51 
Jahonda tabiiy va sun’iy toladan 120 mlrd. m
3
dan ortiq (2006y) gazlama ishlab 
chiqaradi.Agar mayda hunarmandchilik (mahalliy ip yigirish va mato to’qish)ni 
hisobga olsak to’qimachilik hamma joyda bor. 
Jahonda yiliga 100 mlrd.m
2
dan ortiq gazlama to’qiladi (2006 y). YA’ni dunyo 
bo’yicha aholi jon boshiga yiliga 15-16 m
2
gazlama to’qiladi. 
Jahon to’qimachilik sanoatida 5ta asosiy region tarkib topgan.Bular: 
1.Sharqiy Osiyo (Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Gonkong); 
2.Janubiy Osiyo (Hindiston,Bangladesh, Pokiston); 
3.MDH (Rossiya,O’zbekiston,Belorussiya); 
4.Horijiy Yevropa (Italiya,Fransiya,Germaniya,Polsha); 
5.AQSH. 
Bularning har birida ip-gazlama va ximiyaviy tolalardan gazlama to’qish ustun 
turadi.Boshqa tarmoqlar (jun gazlama, jut,shoyi gazlama) kamroq ahamiyatga 
ega.Yuqoridagi regionlar orasidagi nisbat keyingi vaqtlarda sezilarli darajada 
o’zgarib bormoqda.Asrimizning 50-yillaridan boshlab jahonda ip-gazlama va kiyim-
kechak ishlab chiqarishda G’arbning iqtisodiy rivojlangan davlatlarining roli har 
doim kamayib bormoqda,ko’plab eski to’qimachilik rayonlari inqirozga yuz 
tutmoqda. 
Masalan: Ilgari to’qimchilikda jahonda 1-o’rinda turgan Buyuk Britaniya 1-o’nlik 
mamlakatlarining oxiriga tushib qoldi.U gazlama eksport qiluvchi eng katta 
mamlakatdan import qiluvchi mamlakatga aylandi. 
To’qimachilik sohasida rivojlanayotgan mamlakatlarning hissasi yanada tezroq 
o’smoqda.Bu mamlakatlarda avvalo arzon ishchi kuchiga va xom-ashyoga 
asoslangan 
to’qimachilik 
sanoati 
rivojlanmoqda.Bu 
mamlakatlarda 
ishlab 
chiqarilayotgan gazlamalarning asosiy qismi G’arbiy mamlakatlariga eksport 
qilinmoqda.AQSH,Yaponiya va G’arb mamlakatlarida ko’proq rivojlanayotgan 
mamlakatlardan keltirilgan arzon kiyim-kechak va trikotaj mollari sotiladi.Jahonda 
ip-gazlama ishlab chiqarishda yetakchi mamlakatlar: 
1.Xitoy (yiliga 14 mlrd m
2
). 
2.MDH 
3.AQSH 
4.Hindiston 
5.Yaponiya 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin