56
4. AQSH
5.Polsha
Dunyoda yiliga 320 mln.t. kartoshka yetishtiriladi (2006y).
Qand lavlagi (sax. svekla) mo’’tadil mintaqa ekini.Qand lavlagi yiliga 300mln.t.
(2007 yil 274 mln tonna) yetishtiriladi. Qand lavlagi yetishtirishda yetakchi davlatlar:
Ukraina,Rossiya,AQSH,Fransiya,Germaniya,Polsha.
Jahonda yiliga 100 mln.t. qand-shakar ishlab chiqariladi,shuni 40%i qand
lavlagiga,60%ga yaqini shakarqamishga to’g’ri keladi.Shakarqamish asosan tropik va
subtropik mintaqa ekini.Vatani Hindiston.Dunyo bo’yicha yiliga 850 mln.t.(2007 y)
shakarqamish etishtiriladi.Shakarqamish shakari ishlab chiqaruvchi eng yirik
mamlakatlar: Braziliya,Hindiston,Kuba,Xitoy,Meksika.
Asosiy eksportchilar: Braziliya,Kuba,Avstraliya.
Importchilar: AQSH,Horijiy Yevropa,Yaponiya.
Quvvat beruvchi o’simliklarga choy,kofe,kakao va ziravorlar kiradi.Bularning
hammasi tropik va subtropik mintaqalar ekinidir.
Choy vatani Xitoy.Yevropaga XVII asrda kirib kelgan.Jahonda ishlab
chiqariladigan choyning asosiy qismini Hindiston (31%), Hitoy (21%), Shri-Lanka
(13%) beradi.
Asosiy eksportchilar ham shular,importchilar: Horijiy Yevropa.
Kofe (qahva) vatani Habashiston.Biroq kofe yalpi hosilining 2/3 qismini Lotin
Amerikasi mamlakatlari: (Braziliya (jahon yalpi hosilining 30%ini), Kolumbiya
(12%), meksika (6%)) va Gvineya ko’rfazi bo’yi mamlakatlari,ayniqsa,Fil Suyagi
qirg’og’i(4%) beradi.Kofening asosiy eksportchilari ham mazkur mamlakatlar
bo’lib,asosiy importchilari: AQSH,Horijiy Yevropa.
Kakao
vatani
Amerika
hisoblansa-da,asosan
Gvineya
qo’ltig’i
bo’yi
mamlakatlarida etigtiriladi.Kakao yalpi hosilining 37%ini Gana,17%ini Braziliya,
Nigeriya 14%,Kamerun 8%,Fil Suyagi qirg’og’i beradi.
Asosiy eksportchilar: Gvineya qo’ltig’i bo’yi mamlakatlari,Braziliya.
Importchilar: AQSH,Horijiy Yevropa.
Kakaodan shokolad tayyorlanadi.
Ziravorlar(zira,dolchin,alqor,kashnich,sedana,murch,rayxon,zirk,qalampir,arpabod
iyon,gorchisa asosan Hindistonda ekiladi.
Tamaki Shimoliy Amerika va Evrosiyoda ko’p etishtiriladi.Tamaki ishlab
chiqarishda AQSH (25%), Xitoy,Hindiston,Braziliya,Yaponiya, MDH yetakchi
o’rinda. Tamakini dastlab XVI – asrda YAngi Dunyodagi Tabago orolidan fransuz
botanigi Nikot ismli shaxs Yevropaga olib kelgan.
Dostları ilə paylaş: