Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi
Mavzu: Dunyo qishloq xo’jaligi va atrof-muhit muhofazasi. Minglab yillar davomida kishilarning qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanishi atrof-
muhitga katta ta’sir ko’rsatib kelgan.Tabiiy landshaft o’rnida antropogen landshaft
shakllandi.Hozirda Antarktidadan tashqari barcha materiklarda antropogen
landshaftni ko’rish mumkin.Dehqonchilik va chorvachilikni ekstensiv rivojlantirilishi
(atrof-muhitga) erlarni haydash va o’rmonlarni kesish orqali kuzatiladi.
Qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi hozirda ayniqsa, Osiyo,Afrika va Lotin Amerikasi
mamlakatlarida kuzatilmoqda.Intensiv qishloq xo’jaligi rivojlangan (Yevropa va
Shimoliy Amerika mamlakatlarida) mamlakatlarda atrof-muhitga kuchli ta’sir
kuzatilmoqda.Sababi intensiv qishloq xo’jaligi uchun ximiya sanoati va
mashinasozlik sanoati mahsulotlari yetakchi hisoblanadi.Masalan: hozirda jahon
qishloq xo’jaligida 100000ga yaqin ximiyaviy preparatlar qo’llanilmoqda.Har yili
dalalarga 500mln.t. kimyoviy o’g’it va 4-5 mln.t. turli xil ximiyaviy zaharli moddalar
sepilmoqda.
Qishloq xo’jaligini kimyolashtirishdan katta iqtisodiy foyda olinadi,lekin
pestisidlar,gerbisidlar(o’simliklarga qarshi), insektisidlar(hashorotlarga qarshi) atrof-
muhitni,ayniqsa,mln. yillar shakllangan ekologik muvozanatni kuchli zararlaydi.
Dunyo bo’yicha qishloq xo’jaligi ximiyalashtirishdan yiliga 400000dan -
2mln.gacha
odam
zaharlanmoqda.Bularning
asosiy
qismi
rivojlanayotgan
mamlakatlarning qishloq aholisidir.Masalan: paxta yakka hokimligi davrida qishloq
atrofida ba’zan odamlar ustidan samolyot va OVXlarda dori sepishgan.
AQSH va boshqa rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo’jaligida zaharli
moddalarni
qo’llash
butunlay
taqiqlangan.Ximiyaviy
o’g’itlar
(fosforli,kaliyli,azotli)ni erlarga muttasil yiliga solish tuproqning tabiiy xususiyatini
yo’qotadi,strukturasini buzadi,foydali tuproq hayvonlari va mikroorganizmlarini
kamaytirib
yuboradi
yoki
butunlay
yo’qotadi.Masalan:
tuproq
chuvalchanglarini,tuganak bakteriyalarni.Organik o’g’itlar esa buning aksi.
XX-asrning 80-yillaridan boshlab, dastlab AQSH va G’arbiy Yevropa davlatlarida
qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi biologik kurash usuli rivojlandi. Baliq
61
ovlash bilan insoniyat qadimdan shug’ullanadi.Hozirda dunyoda 15mln. kishi baliq
ovlash bilan shug’ullanadi.