62
Har xil transportni rivojlantirishga yuklarni konteynerlarda tashish,transportdagi
mehnat unumdorligini 8-10 marta oshirib yubordi.
Dunyodagi yuk va yo’lovchi tashish geografik jihatdan juda notekis
taqsimlangan.Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar transporti,texnika darajasining
yuqoriligi va transport tarmoqlarining o’zaro yuksak aloqadorligi bilan ajralib turadi.
Jahon transport tarmoqlari va jahondagi yuk va yo’lovchi tashishning 75-80% shu
mamlakatlarga to’g’ri keladi.Rivojlangan mamlakatlarning transport tarmoqlari bilan
ta’minlanganlik darajasi,ularning zichligi, aholining transportdan foydalanish darajasi
ham eng yuqori.Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko’pchiligida transport qishloq
xo’jaligi kabi ekonomikaning qoloq tarmog’idir.
Transport
sistemasining
shakllanmaganligi
ularning
rivojlanishiga,tabiiy
resurslarning o’zlashtirilishiga,xalqaro savdo va iqtisodiy rayonlarning shakllanishiga
to’sqinlik qiladi.Shuningdek,mazkur mamlakatlarda 1yoki 2xil transportning ustun
turishi
harakterli.Masalan:
Hindiston,Pokiston,Braziliya,Argentinada
temir
yo’l,Yaqin va O’rta Sharqda quvur transporti,Tropik Afrikada daryo transporti.
Lekin temir yo’lda eski paravozlarni daryolarda eski kemalarni saqlanib qolganligi
taraqqiyotga
kuchli
ta’sir
qiladi.Ko’p
mamlakatlarda
yuk
tashishda
ot,tuya,eshak,fil,lama,buyvollardan foydalaniladi.Jahon transport sistemasining
regional qismlari: MDH, Shimoliy Amerika,Horijiy Yevropa,Yaponiya,Lotin
Amerikasi,Janubiy Osiyo.Transportning ish haqi uning yuk oborotiga qarab
belgilanadi.Yuk oboroti t.-km hisobida o’lchanadi.Yuk oboroti ma’lum vaqtda
ma’lum masofaga tashilgan yuk miqdoridir.
Dostları ilə paylaş: