Жаxон географияси маърузалар


Mavzu: Dunyo qishloq xo’jaligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/71
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195823
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71
Jabborov A.M. Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi

 
Mavzu: Dunyo qishloq xo’jaligi. 
Qishloq xo’jaligi-xalq xo’jaligining 2-yirik tarmog’i bo’lib,dehqonchilik va 
chorvachilikka bo’linadi.Qishloq xo’jaligida mehnat predmeti ham,mehnat vositasi 
ham yer hisoblanadi.Shu sababli erdan to’g’ri foydalanish,uning hosildorligini 
saqlash juda muhim xalq xo’jaligi vazifasidir.Sanoatdan farq qilib,qishloq xo’jaligi 
ishlab chiqarishi tabiiy sharoit,relef,iqlim,tuproqlar,fasliy xarakter,hayvonlar (asosan 
zararkunandalar), mineral va organik o’g’itlar,ximikatlarga bog’liq. 
Dunyoda birorta mamlakat yo’qki,uning aholisi qishloq xo’jalik bilan 
shug’ullanmasa.Butun dunyoda bu sohada 1,1mlrd kishi band. 


52 
Jahon qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 100 % deb olsak, uning 11 % i Xitoyga, 10 
% i AQSH ga, 7 % i Hindistonga, 6 % i Braziliyaga, 66 % i boshqa mamlakatlar 
hissasiga to’g’ri keladi (2005 y). 
Hozirgi 
zamon 
qishloq 
xo’jaligi 
texnika 
bilan 
yaxshi 
ta’minlangan.Mexanizasiya,elektrlash,ximiyalash yuqori hosilli qishloq xo’jalikni 
rivojlantirishning eng muhim shartidir. 
Yerlarni yaxshilash yuzasidan qilinadigan ishlar (sug’orish,quritish,daraxtlar 
o’tkazish,tuproqqa ohak solish) meliorasiya ishlari deyiladi.Yuqori hosildor qishloq 
xo’jaligini barpo qilishda meliorasiya ham zaruriy shartdir. 
O’rmon-dasht va dashtlar hammadan ko’p o’zlashtirilgan,chala cho’l va cho’llar 
aksi.O’simliklar 
o’sadigan 
va 
rivojlanadigan 
davr-vegetasiya 
davri 
deyiladi.Vegetasiya davri,shu davrda +10
0
Sdan yuqori bo’lgan sutkalik o’rtacha 
temperaturalar yig’indisi bilan belgilanadi. 
Qurg’ochilik-dashtlarning qishloq xo’jaligi uchun havflidir.Uni oldini olish uchun 
ixota o’rmonlari barpo qilinadi. 
Seleksiya 
fani 
yutuqlari 
qishloq 
xo’jaligini 
rivojlantirishning 
muhim 
shartidir.Chunki 
hosildorlik,sifat,ertapisharlik,nav 
va 
zotlarning 
xilma-xilligi 
ortadi.Dehqonchilik qilinadigan erlarning chegaralari shimolga,janubga va tog’larga 
baland ko’tariladi. 
Qishloq xo’jaligi rivojlanish xususiyatlariga ko’ra 2 xil: ekstensiv va intensiv 
qishloq xo’jaligiga bo’linadi.Qishloq xo’jaligining asosiy vazifasi ekinlar 
hosildorligini va chorvachilik mahsuldorligini xo’jalikni intensivlashtirish yo’li bilan 
ko’tarishdir. 
Qishloq xo’jaligi 2ta katta guruhga (dehqonchilik va chorvachilik) shuningdek, 
50tipga ajratiladi. 
1.Rivojlangan tovar qishloq xo’jaligi bo’lib, u o’z navbatida intensiv dehqonchilik va 
chorvachilikni o’z ichiga oladi. 
2.An’anaviy, ya’ni ichki iste’molga ixtisoslashgan qishloq xo’jaligi bo’lib, yerlarni 
omoch bilan ishlanadigan qoloq dehqonchilikni o’z ichiga oladi. 
Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda tovar qishloq xo’jaligi keskin darajada 
ustun.Tovar qishloq xo’jaligi mahsuloti nafaqat ichki balki tashqi bozorga mo’ljallab 
mahsulot ishlab chiqaradi.Dunyodagi jami qishloq xo’jaligi traktorlarining 90%i 
rivojlangan 
davlatlarda 
to’plangan. 
Masalan: 
g’alla 
o’rtacha 
hosildorligi 
rivojlanayotgan mamlakatlarda 15-20s/ga, rivojlangan mamlakatlarda esa 34-50 s/ga. 
“Yashil inqilob”- qishloq xo’jaligini zamonaviy texnika asosida tubdan 
o’zgartirish.”Yashil inqilob”ning 3 tarkibiy qismi mavjud: 
1.Yangi navlarni yaratish. 
2.Irrigasiyani kengaytirish. 
3.Zamonaviy texnika, o’g’itlar va kimyoviy moddalarni keng qo’llash. 
“Yashil inqilob” sababli ko’p davlatlar qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan o’zini 
qondira boshladi.Donli ekinlar hosildorligini 2-3 barobar ko’tarildi.Mashina va 
o’g’itlarga 
talab 
kuchaydi.”Yashil 
inqilob” 
Meksika 
(asoschi), 
Hindiston,Pokiston,Fillipinda yaxshi rivolandi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin