2 Mazkur majmuada “Fan va texnika” faniga doir me’yoriy ta’minot (o‘quv dasturi, ishchi fan dasturi), ta’lim texnologiyalari o‘z aksini topgan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalarining professor- o‘qituvchilari uchun tavsiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195918
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94
2-курс фан техника мажмуа

Grammatika. 
Arab halifaligi arab adabiy tili muammolarini hal etishga e'tibor 
berishni talba qiladi. Arab yozma adabiyotini rivojlanishi ham bu masalaning kun 
tartibiga qo'yilishini taqoza etadi. Shuning uchun YII-IX asrlar davomida bu Arab 
xalifaligida madaniyatni rivojlantirish asosiy masalasi bo'ldi. Halifalikda turli 
qabilalarning ko'pligi masalaning dolzarbligini yanada oshirdi. Ularning birlashishi 
nafaqat adabiy, balki siyosiy masalalarni ham hal qilardi.
Adabiy til grammatikasining ishlab chiqish masalasi qanchalik qiyin bo'lmasin, 
X asrga kelib u muvaffaqiyatli hal qilindi. Arab tili qonun qoidalarni aniqlashda Abu 
Asad ad-Duali va boshqa olimlarning hissalari katta bo'ldi. Bu esa tilni yanada 
rivojlanishi uchun imkqon yaratdi. Grammatika, ayniqsa, arablar ilmi va adabiyoti 
halqaro ahamiyatga va darajaga yetgan Abbosiylar davrida chuqur va mukammal 
o'rganildi. Bu masalada, ya'ni arab tili grammatikasi rivojlanishiga, Iroqning ikki- 
Basra va Qufa shaharlaridagi ilmiy munozaralar va ularning jo'shqin faoliyatlari katta 
ta'sir ko'rsatdi. Basrada grammatikani o'rganuvchi maktab paydo bo'lishi iqtisod,, 
adabiyot va sa'nat avj olishi davriga to'g'ri kelib, uning namo namoyondalari 
arab 
tili va grammatikasining nazariy masalalarini ishlab chiqishda juda katta ishlarni 
amalga oshirdilar. Ushbu maktab vaqillari sifatida Iso as-Sag'ofiy, “Kitob al-Ayn” 
nomi bilan tanilgan birinchi arab muallifi Hamil ibn Ahmad (718-792), Sharqda va 
G'arbda ko'zga ko'ringan barcha yirik arab grammatiklari tomonidan foydalanilgan va 
sharhlangan “al-kitob” muallifi Sibavayh (Abu Bishir Amr ibn Usmon Qambar, 
vafoti 797 yil atrofida)ni ko'rsatish mumkin. “Al-kitob” Basra grammatik maktabi 
izlanishlarining yakuni bo'lib, unda arab grammatikasining mukammal tartibi tugal 
shaklda berilgan. Ushbu maktab vaqillari sifatida al-Asma'iy (740-828), uning 
shogirdi, fiqh va filologiya bilimdoni Abu Ubayd (770-837), klassik arab tili haqidagi 
al-Mubarrad (826-898) va boshqalarni ko'rsatish mumkin. 


57 
Basradan bir oz keyin Qufa shahrida ham grammatik maktab paydo bo'ldi. 
Uning vaqillaridan bo'lgan ar-Guosi, bizgacha yetib kelgan “Xatolar haqidagi risola” 
muallifi al-Nisoiy (Ali ibn Homid al-Asadiy, vafoti 805 y), o'z asarlari bilan 
hamkasblari ishlarini takomillashtirgan Ibn as-Saqqit (vafoti 858 y), Muhammad al-
Anboriy (vafoti 939 y), al-Farroiy va boshaqalardir. YIII asrdan boshlab bu maktablar 
orasida bo'lib o'tgan ilmiy munozaralarda arab tili ikir-chikirigacha mukammal ishlab 
chiqildi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin