52
menga ruxsat berdi. Men ko'p xonalardan iborat kutubxonaga kirdim. Har bir xonada
kitob sandiqlar turar, kitoblar esa ustma-ust taxlab quyilgan edi. Xonalarning birida
arab kitoblari, she'rlari, boshqasida fiqhga oid asarlar turardi. Shu tartibda har bir
xonada ma'lum bir fanga oid kitoblar to'plangan edi. Keyin bizdan oldin o'tgan
olimlar kitoblari ro'yxatini o'qib chiqdim va undan keraklarini talab qildim.
U yerda shunday narsalarni ko'rdimki, ko'pchilik hatto
ularning nomlarini ham
eshitmagan bo'lsa kerak. O'zim ham ularni bundan avval ko'rmagan edim. Bundan
keyin ham uchratmadim. O'sha kitoblarni o'qib, ulardan bahramand bo'ldim, shu bilan
har bir muallifning ilmdagi darajasini bilib oldim.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan, ko'pchilik asarlari
singari o'z davrining ilmi arab tilida bitilgan, yagona ma'lum bo'lgan asari – “Mafotih
al-ulum” (“Ilmlar kalitlari”) asaridir. “Mafotih al-ulum”ning qo'lyozma nusxalari
uncha ko'p emas. Yaqin-yaqingacha uning to'rt nusxasi bor deb hisoblab kelinadi.
Ana shu to'rt nusxadan uchtasi Buyuk Britaniya mo'zeyida
hamda Berlin
qutubxonasida saqlanadi.
Asrimizning 60-yillarida amriqolik olim Bosvart Turkiya kutubxonalarida
ushbu asarning yana olti nusxasi borligini aniqladi. Bu olti nusxaning hammasi
Istanbo`l shahridagi kutubxonalarda saqlanadi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bu asari o'rta asrlarda fanlarning rivojlanish
tarixiga molik kamyob manba sifatida davrimizning ko'pgina olimlarning e'tiborini
o'ziga jalb etdi.
Birinchi bo'lib bu manbani o'rgangan va 1160 yildagi qo'lyozma nusxasi
asosida uning aniqlangan 1895 yilda kashf qildirgan olim – gollandiyalik olim Van
Flotendir. Akademik I.YU.Krachkovskiyning
fikricha, bu asar 976 va 991 yillar
orasida yaratilgan. Olim Broqelman uni qisqa va aniq ma'lumotlarni o'z ichiga olgan
hamda ko'p fanlar yoritilgan qomusiy asar deb baholasa, E.Videman asar muallifi
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning birinchi musulmon ilmini fan nuqtai nazaridan
ajratuvchilardan deb ta'kidlaydi.
“Ilmlar kalitlari” o'ziga xos qomusiy asar bo'lib, o'sha davrdagi deyarli hamma
asosiy fan sohalarini qamrab olgan. Muallif o'rta asrlardagi har bir fan mazmunini
asosiy voqealarini sharhlash yo'li bilan tushuntirib bergan.
Binobarin, akademik
I.YU.Krachkovskiy ta'kidlaganidek, bu asar o'sha davr bilimlarining barcha
sohalarini o'z ichiga oluvchi izohli terminologik lug'atdir.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy
Dostları ilə paylaş: