“Ilmlar kalitlari”
asariga kirish qismida: “Men bu
asarni (“Mafotih al-ulum”ni –R.B.) ikki qismdan iborat qilib to'zdim. Birinchi qism
shariat va u bilan bog'lik arab bo'lmagan, ya'ni yunonlar va boshqa halqlar ilmlariga
bag'ishlangan”,- deb yozgan edi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning ilmlari tasnifiga yondashishi o'ziga xos bo'lgan.
Bu tansifda shu sohada qadimgi Yunonistonda ilk bor bayon etilgan an'analar hamda
Abu Abdulloh al-Xorazmiydan oldin o'tgan O'rta asr Sharq olimlarining ilmlarni
tartibga solish bo'yicha qilgan ishlarining natijalari aks etgan. Abu Abdulloh al-
Xorazmiyning ilmlar tasnifi umumiy shakli quyidagichidir:
I.Shariat va u bilan bog'lik, arab ilmlari.
1.Fiqh, ya'ni musulmon huquqshunosligi
2.Kalom, ya'ni ilohiyat asoslari.
3.Grammatika
4.Ish yuritish.
53
5.She'riyat va aruz.
6.Tarix, ya'ni muayyan bir vaqtdan boshlab tarixni hisoblab
borish ilmi.
II.“Arab bo'lmagan” ilmlar.
1.Nazariy falsafa.
a) tabiiy ilmlar;
b) riyoziyot ilmlari;
v) ilohiy;
g) mantiq.
2.Amaliy falsafa.
a) etika ;
b) uyshunoslik;
v) siyosat.
Ko'rib o'tgan tasnifimiz ikkinchi qism, ya'ni “arab bo'lmagan” fanlarni bayon
etishda falsafani nazariy va amaliyga bo'ladi. Ammo fanlarning o'zini bayon etishda
Abu Abdulloh al-Xorazmiy “arab bo'lmagan” fanlarning boshqa ajoyibroq bayonini
taqdim etadi va asarining ikkinchi qismini shu tartibda joylashtiradi. Bu holatda avval
falsafa va mantiq, so'ngra tibb, arifmetika, handasa, ilmu-n-nujum, musiqa mexanika
va kimyo keladi. Asarning ikkinchi qismini ham xuddi ana shu tartibda ko'rib o'tamiz.
O'rta asr Sharqining ko'pgina faylasuflari uchun ham Arastu falsafasi asosiy dastur
edi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy borlikni zaruriy va mumkin bo'lganga bo'lib, Abu
Nasr al-Forobiy singari xudoni ob'yektiv moddiy olam bilan bir vaqtda birinchi sabab
sifatida mavjudligiga yo'l qo'ydi, shuning o'zi tabiat mustaqilligini ta'kidlaydi. Zaruriy
borlik tushunchasi ma'nosida Allohni tushunadi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy
narsalarni ikki xilga ajratadi. Elementlar, ya'ni birlamchi elementlar va yasama
murakkab jismlar. U moddiy olam asosini tashkil etuvchi bo'laklar orasida qandaydir
qat'iy chegara borligini inkor etadi va to'rt moddiy elementlar biri-biriga aylanishini
tan oladi. Dunyodagi har bir hodisa o'zining aniq joyi va mavjudlik zamoniga ega
bo'lib, uning o'zgarishi esa tabiiy qonuniyat bilan bog'likdir. Al-Xorazmiy kalom ahli
kabi, narsalarning o'zgarishini ilohiy quvvatga bog'lab qo'ymaydi, bu hodisani tabiat
qonuniyatlari sababidir deb tushuntiradi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy moddiy borlikni
mavjudligining asosiy shakllari makon va zamon ekanligini tan oladi. “Mafotih al-
ulum” muallifi o'sha davrning muhim masalalaridan biri – jismlarning cheksiz
bo'linishi haqidagi fikrni o'z navbatida paydo bo'lishi va yo'q bo'lishi mumkin
emasligini isbotlaydi. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bu xulosasi antik davr
mutafakkirlari Levkipp va Demokrat ilgari surgan narsalarning bo'linmas
zarrachalari-atomlar haqidagi faraz, ya'ni atomistik ta'limot tarafdori ekanligidan
dalolatdir.
Arastu kabi Abu Abdulloh al-Xorazmiy ham falsafani nazariy va amaliy
qismlarga bo'ladi. Nazariy qismi ham o'z navbatida uchga: tabiiyot, riyoziyot,
ilohiyotga bo'linadi. Falsafaning amaliy qismida Abu Abdulloh al-Xorazmiy “odam
o'zini boshqarishi”, ya'ni etika “uyni boshqarish”, ya'ni uyshunoslik va “jamoatni
boshqarish”, ya'ni siyosatni qurib o'tadi va ularni shu “mutaxassislik bilan
shug'ullanuvchilar masalasidir” deydi. Falsafiy atamalarni sharhlashda Abu Abdulloh
al-Xorazmiy o'z davri falsafasi yutuqlarini umumlashtiradi. Al-Xorazmiy fikricha yer
yuzi, yulduzlar to'rt element asosida yotuvchi birlamchi materiya va umuman
moddiylikning asosidir.
54
Qadimgi Sharq va antik Yunon mutafakkirlari asarlariga asoslangan va arab
tilida ijod qilgan tadqiqotchilar boshqa ilmlar bilan birga mantiqni ham o'rganadilar.
O'sha davrning eng ko'zga ko'ringan mantiqshunoslaridan al-Farobiy, ibn Sino, ibn
Rumd, Arastu, Aflotun va boshqalar edi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy o'zining nazariy
ilmlari tartibida har qanday tafakkur, ilmiy bilimning zaruriy ibtidosi sifatida aks
etgan mantiq masalalarini ham o'rganadi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy mantiq
masalalarini ko'rib chiqishni so'z va iboralar o'zaro munosabatini bayon etishdan
boshlaydi. O'rta Sharq mualliflari mantiqda so'zlarning ma'no anglatishining uch
turini, ya'ni so'z o'zining to'lik mazmunini anglatishi, so'z o'z mazmunidan kelib
chiqadigan narsani anglatishini farqlar edi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy o'zining ilmlari tasnifi nazariy falsafaga tabiiy
ilmlar va riyoziyot ilmlarini kiritib, birinchi guruh, tibb, mineralogiya, asarda alohida
qayd etilmagan bo'lsa ham, al-kimyo va mexanikadan iborat deb hisoblaydi. Abu
Bakr, Ali ibn Rabbon at-Tabariy, Ali ibn Abbos al-Majusiy, ayniqsa, Abu Ali ibn
Sino kabi buyuk olimlar va tabiblar o'z vaqtida tibbga katta hissa qo'shganlar.
“Mafotiq al-ulum” muallifi nazariy tibb va farmakologiya masalalari bilan
shug'ullanganlaridan biridir. “Tibb qonunlari” asari bunyodkoridan oldin yashagan
Abu Abdulloh al-Xorazmiy tibbga sakkiz bobdan iborat ikkinchi qismining uchinchi
bo'limini bag'ishladi. Jahon riyoziyot tafakkurini o'zining yuqori darajali yutuqlari
bilan boyitgan IX-X asrlar Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari riyoziyoti
rivojlanishining klassik davri hisoblanadi. Yaqin va O'rta Osiyo, Sharq va alalxusus,
Markaziy Osiyo halqlarining riyoziyot fanlari rivojlanishida Abu Abdulloh al-
Xorazmiyning “Mafotih al-ulum” asari muhim ahamiyat kasb etadi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy asrida arifmetika besh bobdan iborat. Nazariy
arifmetikaning birinchi bo'limi alohida miqdor haqidagi ta'limotga “Mafotih al-
ulum”ning birinchi bobi bag'ishlangan. Bu yerda Abu Abdulloh al-Xorazmiy juft va
toq, juft-juft, juft-toq, juft-juft-toq, sodda va murakkab, mutloq kabi sonlarning
ta'rifini bayon qiladi. Nazariy arifmetikaning uchinchi bo'limiga sonlarni faqat mutloq
ma'noda o'rganuvchi sonlarning munosabati va nisbatiga bag'ishlangan.
“Mafotih al-ulum”dagi handasa ilmi to'rt bobdan iborat. Abu Abdulloh al-
Xorazmiy fanlarning amaliy qismga taalluqli hisoblagan birinchi bob “Ushbu san'atga
kirish” deb ataladi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy “Chiziqlar” deb nomlangan ikkinchi
bobda chiziqlar xususida to'xtalib, chiziqlar uch xil bo'ladi, ya'ni to'g'ri, botiq va
yoysimondir,-deydi. “Mafotih al- ulum” muallifi uchinchi bobni yassi geometrik
shakllarga bag'ishlaydi. Yassi shakllar uch xil bo'ladi: yassi, qabariq, botiq. Ushbu
bo'limning to'rtinchi bobi geometrik shakllar : kub, konus, sharga bag'ishlangan.
Dengizda kemalar harakatining ko'payishi tijorat, iqtisod va shu kabilarning
rivojlanib ketishi samoviy jismlar haqidagi fan ilmu-n-nujum-astronomiya. Jumladan,
unda ishlatiladigan asboblar paydo bo'lishi va rivojlanishiga olib keladi. Abu
Abdulloh al-Xorazmiyning ko'rib o'tilayotgan asarida astronomiyaga oid bo'lim to'rt
bobga ajratilgan. Yulduzlar turkumi ularning turlari holati va harakati,
harakatlanuvchi va turg'un yoritgichlar va ularning yulduzlar turkumida joylashishi
deb nomlangan birinchi bobda ko'rib o'tiladi.
Ilk o'rta asrlarda boshqa ilmiy bilimlar bilan bir qatorda musiqa ilmi ham
shakllanadi va rivojlanadi. Uni rivojlantirishda mahalliy musiqa an'analaridan ozuqa
olish bilan birga boshqa mamlakatlar va xalqlar avvalo Ellinistik Yunon musiqaviy
nazariy yutuqlarini o'zida mujassam qildi. Keyingi bir necha yuz yillar davomida
55
Sharq va G'arb musiqa nazariyotchi olimlari Abu nasr al-Forobiyning “Musiqaga oid
katta risola”, Ibn Sinoning “kitob ash-Shifo”, “kitob an-Najot” asarlari va boshqa
kitoblarga suyanib tadqiqotlar olib borganlar. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning
“Musiqa” haqidagi bo'lim uch bobdan iborat “Musiqaviy asboblar nomlari va ular
bilan bog'lik bo'lgan narsalar haqida” deb nomlagan. So'ngra Markaziy Osiyoda o'sha
vaqtda qo'llanilgan turli musiqaviy asbob nomlari va ularning kelib chiqish joylari
beriladi. U tanbur, surnay, shoxrud va boshqa asboblar shakllari va tuzilishi haqida
fikr yuritadi. Mexanikaning rivojlanishi va alohida ilm sifatida shakllanishi antik
davrdan boshlandi. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning “Mafotih al-ulumning” ikkinchi
qismidan o'rin olgan mexanika bilan yakunlanadi. U o'rta asrlik boshqa olimlarga
o'xshab mexanikani “Ilm al-hiyal”, ya'ni “Ustalik bilan yasalgan qurilmalar haqidagi
ilm” deb nomlaydi.
Tabiblar dorilar tayyorlashda tez-tez u yoki bu kimyoviy jarayonlardan
foydalanishga majbur bo'lar edilar. Shuning uchun ham ko'pgina tabiblar kimyoni
yaxshi bilar va o'z davrining yirik kimyogarlari bo'lgan edilar. Jobir ibn Hayon,
Hunayn ibn Ishoq, Abu Bakr ar-Roziy, Ibn Sino va boshqalar asos solgan al-kimyo
asosida paydo bo'la boshladi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy kimyoning turli
masalalarini tadqiq qilib, uni keng yoritgan va unga o'z asarining ikkinchi qismidagi
oxirgi bo'limini bag'ishlagan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Abu Abdulloh al-Xorazmiy o'z
o'tmishdoshlarining
ilmiy
bilishlari
haqidagi
fikrlarini
ma'lum
darajada
umumlashtirdi va boyitdi. Abu Abdulloh al-Xorazmiy tinmay mehnat qilib yirik
tadqiqotlar olib borgan va kimyo tarixi, xususan Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari
kimyosi bilan tanishishga haraqat qiladi. Umuman olganda, Abu Abdulloh al-
Xorazmiy o'z davri tabiiy va riyoziyot ilmlarini yaxshi bilgan.
Jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan ijtimoiy-iqtisodiy bilimlar
O'rta asrlarda rivojlanishning yuqori darajasiga yetdi. Tarixiy shart-sharoitlar taqozasi
bilan ularning hammasi islom dini asoslarini tashkil etuvchi shar'iy ilmlarga taalluqli
bo'lgan. Boshqa olimlar singari Abu Abdulloh al-Xorazmiy ham shar'iy ilmlarga O'z
asarini birinchi qismidagi olti bo'limi bag'ishlangan. Bu qism musulmon
huquqshunosligiga taalluqli o'n bir bobdan iborat fiqhdan boshlanadi. Unda islom
qonunshunosligining asosi bo'lgan va islom huquqi posbonining doimiy dasturi
qur'on, payg'ambar so'zlari, hiqmatli gaplari va hayotini aks ettiruvchi Sunnat, Hadis
va uning xillari; Ijmo'-islom jamoasining yaqdillik bilan tan olgan qarori; qiyos-
qur'on va Sunnatda tegishli ko'rsatmalar bo'lmaganda, avvalroq ushbu holda tutilgan
yul asosida xulosa qilinishi haqida gap yuritiladi. Ba'zi huquqshunoslar, Abu
Abdulloh al-Xorazmiy fikricha, qiyosga, shariatga zid bo'lmagan holatni ham
qo'shadilar.
Kalom.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy “Mafotih al-ulum” asaridagi birinchi
qismning ikkinchi bo'limi kalom ilmiga bag'ishlangan bo'lib, u yetti bobdan iborat.
Birinchi bobda kalomda ishlatiladigan falsafiy atamalarga qisqacha talqin
beriladi va ular din ahli tomonidan qanday tushunilishi qayd etiladi. Masalan:
Aksidensiya (tub mohiyati, e'tibori bilan uncha ahamiyati bo'lmagan jo'z'iy xususiyat)
– harakatlanuvchi narsadagi harakat, oq narsadagi oqlik, qora narsadagi qoralik kabi
substansiyaning holati. Mantiq ahlining aksidensiya haqidagi tushunchasi kalom ahli
tushunchasidan farq qiladi. “Aksidensiya- bu bir narsaning ikkinchi narsadan
56
mohiyatiga ko'ra farq qilishi emas, oqlik, qoralik, issiqlik, sovuqlik va shunga
o'xshash”.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy yashagan davrning o'zida butun Yaqin va O'rta
Sharqda ko'pgina mazhablar bo'lib, ular o'zaro kurash olib borar edilar. “Mafotih al-
ulum” muallifi tomonidan yettiga bo'lingan va bayon etilgan musulmon mazhablari
haqidagi ma'lumotlar muhim ahamiyatga egadir. Ana shu ma'lumotlar “kalom”
bo'limining “Musulmon arboblari va mazhablari ismlarini zikr etish” nomli ikkinchi
bobda berilgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiy bu bobda mazhablarni o'zi va muallif
fikricha ham qayd qilib o'tadi: “Mu'taziliylar- bu nom bilan haqiqatgo'ylik va
yakkaxudolik ahli namoyondalarini ataydilar va ular 6 firqadan iborat.
Kalom bo'limi islomda mavjud bo'lgan diniy mazhablar va alalxusus,
mu'taziliylar haqida mukammal ma'lumotlar borligi bilan diqqatga sazovordir.
Ayniqsa, Mu'taziliylar X asrda rasmiy ta'qib qilinganini e'tiborga olsak, uning
ahamiyati yanada ortadi. Bu bo'limdagi qimmatbaho ma'lumotlar qatoriga islomdan
oldingi Eron va Yaman, Hindistondagi diniy e'tiqodlar va mazhablarning qayd
qilinishini ta'kidlab o'tish kerak.
Bu bo'limda Abu Abdulloh al-Xorazmiy ob'yektiv baho beruvchi din tarixchisi
sifatida gavdalanadi. Islom dini Sharqda keng tarqalgan o'sha davrdagi mazhablar
haqidagi ma'lumotlarning bu qadar to'liq bayon etilishi muallifning mustaqil fikr
egasi va yirik olim ekanligidan dalolat beradi. Boshqa tomondan esa, bu ma'lumotlar
Yaqin va O'rta Sharqdagi hamda Markaziy Osiyodagi halqlarning dinlari tarixini
o'rganishda ham katta ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: |