Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

1-topshiriq:
Qog‘oz samolyotni tayyorlash. 
Bu samolyotni yasash uchun o‘quvchiga rasm daftaridan bir varaq 
qog‘oz,
shuningdek bir parcha tunuka, rezina, qaychi kerak bo‘ladi. 
O‘quvchiga quyidagicha topshiriq beriladi: eng avval 180x80 mm 
kattalikda to‘rt burchakli qog‘oz qirqing. Keyin uni uzunasiga ikki 
buklang, ya’ni 180x40 mm kattalikda ikkita to‘g‘ri burchakli 
to‘rtburchak yasang (rasm, a). SHu to‘rtburak ichida “b” rasmda 
ko‘rsatilgandek qilib, samolyotning tanasini chizing. Yuk sifatida 
samolyotning tumshug‘i oldiga 1x2 santimetrli tunukani o‘rtasidan 
ikki buklab biriktiring (rasm-1, v). 
Boshqa qog‘ozdan samolyotning qanotini yasang-da (rasm, g), 
uni samolyot tanasiga o‘tkazib biriktiring (rasm, g). Tanasi tagidagi 
kesikka rezina iling-da, uni tortib turib, chap qo‘lingiz bilan ushlab 
turgan samolyot tanasini qo‘yib yuboring (rasm-1, d). 
Agar samolyot uchmasa, uning yukini o‘zgartirish kerak. Agar 
yuk juda engil bo‘lsa, samolyot orqaga og‘ib ketadi. Agar juda og‘ir 
bo‘lsa, tumshug‘i bilan erga tushadi. 
Rezinani velosipedning eski kamerasidan kesib olish mumkin. 
Qog‘oz samolyot yaxlit (rasm-1, e) quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
2-topshiriq:
Yog‘och tanali samolyot tayorlash. 
Samolyotning tanasini bir tomonga ingichkalashib borayotgan 
prizmaga o‘xshatib yog‘ochdan yo‘nib yasang (rasm-2, a). Pastidan ip 


130 
bog‘lash uchun ariqcha o‘ying (rasm-2, b). Qanoti va rulini rasm 
daftari qog‘ozidan yasash mumkin (rasm-2, v, g). Ularni yasab
tananing ustiga, o‘z o‘rniga qo‘ying-da, ip yoki ingichka rezinka bilan 
bog‘lang (rasm-2 d). Keyin samolyotni olg‘a qarab otib, uchirib 
yuboring (rasm-2, e). Agar samolyot tumshug‘i
bilan erga tushsa, 
tanasining old tomoni og‘ir ekanligini ko‘rsatadi. Bu holda uni pichoq 
bilan yo‘nib, qaytadan uchirib ko‘rish kerak. Yog‘och samolyot 
quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (rasm-2, d). 
Bunday ish turlari o‘quvchilarda texnik ijodkorlik, konstruktorlik, 
faraz qila olish, kuzatuvchanlik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga 
xizmat qiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin