AMALIY ISHLAR
Reja:
1.Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida amaliy ish turlari.
2.Ish qurollaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari.
3. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish texnologiyai.
126
4.Texnologiya fani ish qurollari va ish materiallari bilan
tanishtirish va ulardan foydalanish talablari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
Boshlang`ich sinf texnologiya darslari da amaliy ish turlari,
mehnat ish qurollari, texnika xavfsizligi qoidalari, o`z-o`ziga xizmat,
har xil turdagi materiallar, ulardan foydalanish qoidalari.
O’quvchilar ijtimoiy ishlab chiqarish mehnatiga tayyorlashning
ilk bosqichlarini texnologiya fani darslarida o’rganadilar. Ular birinchi
sinf davridan boshlab nafaqat mehnat darsi mashg’ulotlarida turli
materiallar bilan tanishadilar, balki boshqa darslarda ham mehnat
turlariga oid materiallarga to’qnash keladilar va ular bilan bilan
tanishib boradilar. Masalan, qog’oz va karton bilan ishlash, gazlamaga
dastlabki ishlov berish, turli materiallar bilan ishlash, o’z-o’ziga
xizmat ko’rsatish hamda uy-ro’zg’or mehnati va shu kabilar bilan
tanishib boradilar. Boshlang`ich sinf texnologiya darslari da amaliy
ishlarni bajarib bois jarayonida o’quvchilarda mehnatsevarlik,
materiallarni tejamli sarflash, mehnatga ijodiy yondashish, tabiatga
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish, mehnat madaniyatini
tarbiyalash bilan bir qatorda, ularga ayrim kasblar haqida tushunchalar
ham berib boriladi.
O’quvchilarga mehnatdan ta’lim berishning xususiyatli va
ahamiyatli tomonlari mavjud ular ta'lim berishning asosiy vazifalarini
o’z ichiga oladi. Shunday vazifalar sirrasiga o’quvchilarda
materiallarga ishlov berish ko’nikmalarini hosil qilish va ularga
shunga muvofiq bilimlarni berishdir. O’quvchilarda materiallarga
ishlov berish ko’nikmalarini hosil qilish va ularga shunga muvofiq
bilimlarni berish birinchi sinfdan boshlab bosqichma-bosqich amalga
oshirib boriladi, chunki o’quvchilar hali eng oddiy buyumlarni
tayyorlash operatsiyalarni eslab qolishga qodir emaslar.
Hosil qilingan ko’nikmalar malakalarni ham shakllantirib boradi.
Bularning barchasi takror mashq qilishlar natijasida takomillashib
boradi. O’qituvchi o’quvchilarning xatolarga yo’l qo’ymasligi uchun
ularni o’z-o’zini nazorat qilishga odatlantirib borish lozim.
Topshiriqlarni bajarish jarayonida yo’l qo’yilgan xatolarni o’zlari
topib uni tuzatmagunlaricha hamda bajarilgan ishlarning to’g’riligiga
127
ishonch hosil qilmagunlaricha o’quvchilardan ishni qabul qilmaslik
lozim.
Amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida yangi ko’nikma va
malakalar
hosil
qilinadi.
Buning
uchun
qo’l asboblaridan
foydalanishning
o’ziga
xosligini,
materiallarni
xususiyatini,
yasalayotgan buyumlar xususiyatini bilish katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang’ich sinflarni qo’l mehnatiga o’rgatish quyidagi ish
turlariga bo’linadi:
1.Qog’oz va karton bilan ishlash.
2.Turli materiallar bilan ishlash:
a) Applikattsiya va mozayka ishlari;
b) Loy va plastilin bilan ishlash;
v) Tabiiy materiallar bilan ishlash.
3.Qog’oz va karton bilan ishlash.
4. Gazlama bilan ishlash.
5. Loyihalash va modellash ishlari.
6. Qishloq xo’jalik ishlari.
Dars boshida o’qituvchi biror mavzu bo’yicha suhbat olib boradi,
bu buyum qanday maqsadlarda va qayerda ishlatilishini tushuntiradi.
Shundan so’ngra o’quvchilar tayyorlanayotgan har bir buyumni
amalda qo’llashga o’tadilar.
Buyumni tayyorlash usullarini o’qituvchi sinf doskasiga osib
qo’yilgan yo’llanma xaritasidan yoki texnik vositalardan foydalanib
ko’rsatadi. Ishni bajarish tartibi va usullariga tegishli savollarni berib,
amaliy ish materialini takrorlaydi va buyumni o’quvchilar bilan
birgalikda tayyorlashga o’tadi.
Texnologiya fanidan amaliy ishlar tuzilishi quyidagi tartibda olib
boriladi:
1. O’quvchilar oldiga mehnat topshirig’ining maqsadi va
mavzusini qo’yish:
a) darslarda bajarishga mo’ljallangan buyum yoki ishning
o’quvchilar hayotining yoki bu tomoni ehtiyojlarini qoniqtirishdagi
ahamiyati;
b) belgilangan ishni yaxshi bajarish uchun qanday yangi bilim va
ko’nikmalarni egallash lozimligini ko’rsatish.
128
2. Ish o’rni, asbob-uskuna, material, namuna, doskadagi
chizmalarning tayyorligini tekshirish, ishni yaxshi va uyushgan holda
tashkil etishga yordam beruvchi qonun-qoidalarni eslatish.
3. Bajariladigan mehnat vazifalarini oldindan rejalashtirish:
a) namuna, qism va detallar miqdorini tahlil qilish, kerakli
materillarni, berilgan o’lchovlarni tayyorlash;
b) buyum tasviri va uning detallarini namunadan tanish,
tushunish, barcha o’lchovlarni va ishchi chiziqlarini topish va o’qish,
ya’ni ishni buyumni tayyorlash uchun qanday harakatlarni amalga
oshirish, qanday asboblarni ishlatish, mehnat harakatlarini ketma-ket
bajarish tartibini aniqlash.
4. Materialni namuna, berilgan o’lchovlar bo’yicha belgilab
chiqish. O’quvchilarni belgilash tartibini bilishlari va uni doskada
belgilash bosqichlarini bajarayotgan yoki buyumni ko’rsatib
tushuntirayotgan o’qituvchi bilan bir vaqtda bajarilishi lozim.
5. Belgilash ishlarini bajarish. Detallarni tayyorlash, detallarni
moslash va uning barcha detallarini yig’ish; detallardan buyumni
yig’ish jarayonida; buyum va uning detallariga ishlov berish
jarayonida zarur bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni egallash.
6. Harakatlanayotganda tekshirish, xato va kamchiliklarni
tuzatish, ishni baholash.
7. Darsga yakun yasash, yangi vazifalar qo’yish.
Texnologiya fanida amaliy ish mashg’ulotlari tashkil qilishning
bu tartibidan o’qituvchi mazkur dars uchun belgilangan aniq buyum
yoki ishning xususiyatlarini nazarda tutib foydalanadi.
Amaliy ishlar jarayonida o’quvchilarda mehnatga qiziqish va
muhabbat singdirib boriladi. Mehnatga qiziqishning
muhim
talablaridan biri ishlanadigan buyumni to’g’ri tanlashdir. O’quvchilar
tayyorlanadigan narsalarni nimaga kerakligi, qayerda ishlatilishini
bilishlari kerak.
O’quvchilarni ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan
munosabatda bo’lishlari, o’z ishlarini rejalashtira bilishlari, materiallni
tejamkorlik bilan sarflashlari, vaqtdan unumli foydalanishlari,
o’qituvchi ko’rsatmasiga amal qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza
va ozada saqlashlari, mashg’ulotdan so’ng sinfni tozalab qo’yishlariga
odatlantirib boorish kerak.
129
Barcha fanlarda qo’llanilgani kabi mehnatning amaliy ish
turlarida ko’rsatmali vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq
bo’ladi.. Jumladan, texnologiya darslari da turli xil namuna, rasm,
chizma, sxematik namuna, turli predmetlarning modellari, shuningdek
texnika vositalaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |