176
2-MODUL. TEXNOLOGIYA DARSLARINI TASHKIL
ETISH METODIKASI
19-MAVZU. APPLIKATSIYA VA MOZAIKA BILAN ISHLASH
DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
1.Applikatsiya va mozaika san’ati haqida tushuncha.
2
.
Applikatsiya va mozaika bilan ishlash texnologiyasi.
3.Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini to‘g‘ri tashkil
etish talablari.
4.Applikatsiya va mozaika ishlarining o‘quvchilar tarbiyasidagi
ahamiyati.
5.Texnika xavsizligi qoidalari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
Applikatsiya, mozaika, applikatsiya va mozaika
bilan ishlash
texnologiyasi,
a
pplikatsiya va mozaika
tarbiyaviy ahamiyat.
Tasvirlash texnikasining turli shakllari mavjud bo’lib ulardan bir
– applikatsiyadir. Applikatsiya - rang-barang qog’oz
yoki mato
parchalarini biror narsaga yopishtirib yoki tikib naqsh, gul hosil qilish
usuli bo’lib, shu usulda hosil qilingan naqsh, gulga aytiladi.
Shuningdek, applikatsiya tasvirlash texnikasining turli shakllarini
qirqish va ularni fon(suratni orqa planida ko’rinib turadigan qismi)
tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga
asoslanuvchi turidir.
«Applikatsiya
» tushunchasi xususiyatlari va uslublariga ko’ra
xilma-xil bo’lgan, lekin ishning bajarilish usulining o’xshashligi bilan
birlashgan badiiy asarlarni yaratish usullarini o’z ichiga oladi. Har bir
material applikastiyasi bajarish ish usuliga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi
xususiyatlarga ega, masalan, qog’oz, limon, daraxtlar po’stloqlari
fonga turli yelimlar bilan yopishtiriladi.
Applikatsiya tayyorlash jarayonida eng sodda va oson hisoblanib
unga tabiiy buyumlar bialn ishlov berish mumkin. Asosiy material
qog’oz bo’lishiga qaramay, dazmollangan va kraxmallangan gazlama
bo’lakchalaridan ham foydalanish mumkin. Bu material bilan bir
qatorda quritilgan o’simliklar urug’i- danak,
barglardan ham keng
foydalaniladi. Qog’ozning yaltiraydigan marmar, bosma gul
tushurilgan-barxat, kumush va bronza, rasm solish va chizmachilik
177
kabi bir qator qog’oz navlari applikatsiya uchun foydalansa
applikatsiya ishini sifatli qiladi. Applikatsiya
ustida ishlash jarayoni
ma’lum izchillikda olib boriladi. Avval eskiz chizilib, so’ngra kerakli
detallar o’lchami va miqdori aniqlanadi, tayyor detallar ma’lum
tartibda joylashtirilib yopishtiriladi.
Hozirgi kunda applikatsiya har bir xalq san’atida juda keng
tarqalgandir. Applikatsiya eng yosh turi flaristikadir. 1960-yilda
dnyoda birinchi florist rassomlar jamiyati tashkil etiladi.
Dekorativ applikatsiya u naqsh, gullardan tashkil topib, alohida-
alohida tasvirlardan tarkib
topuvchi predmetli hodisa, harakatlar
uyg’unligini aks ettiruvchi syujetdan iborat bo’lishi mumkin. Eng
oddiy applikatsiyalar bu-geometrik figuralardan qilingan ornamental
applikatsiyalardir.
Applikastiya san’atida kartina, pano, naqshlarni yaratish
shuningdek, ko’rgazmali qurollar, turli o’yinlar uchun qo’llanmalar,
o’yinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar,
devoriy gazetalar, stendlar,
ko’rgazmalar va kostyumlarni tayyorlash va bezash maqsadlarida
ham keng foydalaniladi.
Applikastiya san’atining manzarali bezash(dekorativ) turi naqsh,
gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlar (barg, shox,
qo’ziqorin, qush, mashina, odam, uy va shu kabilar) dan tarkib
topuvchi
predmetli, hodisa, harakatlar uyg’unligini aks ettiruvhi
syujetdan iborat bo’lishi mumkin.Dekorativ applikastiya o’zining
naqshinligi, shaklining umumlashganligi, rangi bilan ajralib turuvchi
tasvirlardir. Qog’ozdan qilinadigan dekorativ apshshkatsiya keng
qo’llaniladi. Applikatsiyaning bu turi bilan tabrik telegrammalari,
taklifnomalar,
albom
va
shu
kabilar
bezatiladi.
Gazlama
applikatsiyasidan esa mato parchalarini fon xizmatini o’tovchi
materialga tikib naqsh yaratilshda foydalaniladi.
Ayrim xalylar
gazlamadan yasalgan applikastiya bilan kiyim-bosh, uy-ro’zg’or
predmetlarini bezatadilar.Qog’ozdan naqsh qirqish applikastiyasi
san’at turi sifatida Ukraina va Belorussiyada naqshli parda-firanklar
qirqishgan. Qog’ozdan kartinalar yaratib, oynalarga yopishtirilgan.
Polshada bezak sifatida qirqilgan naqshlar yangi oqlangan devor va
shiplarga yopishtirilgan, bu ijod xalqda – visinanki
deb ataladi.
Applikatsiya
bilan
shug’ullanish o’quvchilarni
garmonik
rivojlantirishda
katta
ahamiyatga
ega.
Applikatsiya
ijodini
178
rivojlantirishda
katta
yordam
beradi,
tasavvurni
boyitadi,
kuzatuvchanlik va diqqatni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi,
chamalash
va
rangni
sezishni
o’stiradi. Boshlang’ich sinf
o’quvchilarini ijodkorligini oshirishda applikatsiya ishlaridan
foydalanishda turli metod va usullardan unumli foydalansagina dars
samaradorligini oshirishiga imkon yaratilgan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: