Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


Mozaika  (koshin, naqsh) san’ati –



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

Mozaika 
(koshin, naqsh) san’ati – 
qadama(terma) naqsh va shunday ishlash 
san’atidir. Mozaika monumental dekorativ san’at turlaridan biridir. 
Turli davrlarda va turli mamlakatlarda mozaika qo’llaniladigan 
materialiga ko’ra ham, naqsh va rasmlariga ko’ra ham o’ziga xos 
xususiyatlarga ega bo’lgan. O’rta Osiyo madrasalari, maschidlar, 
hukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan. Mozaika hozirgi 
kunda monumental san’atga aylangan. Mozaika bilan binolarning 
tashqi qismlari, devorlari va xalq amaliy san’ati asarlari bezatiladi. 
Mozaika ishlarida oyna, sapol plitalaridan foydalaniladi. Loyda rangli 
ko’zgu parchalaridan ajoyib mozaika asarlari yaratiladi, ular quyoshda 
bir-biriga qo’shilib va porlab, shodlik kayfiyatini yaratadi. 
Keyingi yillarda yog’ochning turli navlaridan mozaika qilish 
keng tarqaldi. Bu ish unchalik murakkab emas, uni ustaxona 
sharoitlarida xam amalga oshirish mumkin. Buning uchun yupqa 
yog’och plastinkalar (bir qavatli fanera)dan tasvir yig’iladi va keyin 
ularni asosga yelimlab, ustidan lak yoki politura beriladi. Mozaika 
bilan mebellarni, jurnal stollari, yodgorliklar va ko’pchilik shu kabi 
narsalarni bezash mumkin 
Applikatsiya bilan ishlash texnologiyasi

Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e’tibor uning umumiy 
ko’rinishiga qaratilishi kerak. Yaxshi o’ylangan kompozitsiya, ya’ni 
tasvirlash lozim bo’lgan narsalarni joylashtirish applikatsiyaning 
muvaffaqiyatining garovidir. 
Tasvirlash lozim bo’lgan narsalar yordamida shakl va 
narsalarning holati aniqlanadi, tasvirlangan hodisalarning uyg’unligiga 
erishiladi. Tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham 
qog’ozdan qirqiladi, ularni chizmaslik kerak. Tayyorlangan 
qisml(detal)lar yelimlanadigan sath, yangi fonga joylashtiriladi va 
o’ylangan tasvir hosil qilinadi, agarda bu tasvir mahqul bo’lmasa 
qismlar boshqacha joylashtiriladi. Qismlarni yopishtirishda joyni 
adashtirmaslik uchun ularning o’rnini qalam bilan belgilab qo’yiladi.


179 
Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl – kvadratni olib, uning 
almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko’ramiz.
Ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o’qini o’tkazish va 
elementlarni shunga ko’ra joylashtirish lozim. 
Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko’pincha ochiq 
tondagi qog’oz va fon tanlanadi. Applikatsiya mo’ljallangan tasvir va 
elementlar miqdori qog’ozni tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida 
ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli 
materiallar, ularning o’lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi. 
Tasvir hajmiga ko’ra eng katta element asosiy tematik element 
bo’lishi kerak. 
Namuna tariqasida 1-sinf o’quvchilari 8 – mart uchun 
tabriknoma yasashlari mumkin(1-rasm). Bu ishda bolalar andoza bilan 
ishlaydilar, taxlash va simmetrik qirqishni eslaydilar, chamalash
ko’nikmalarini sinaydilar va rangli qog’ozdan ingichka oq va sariq 
to’g’ri chiziqlarni qirqadilar. Quyosh uchun kvadrat qog’ozdan doira 
qirqsa bo’ladi. Bolalar yasagan gullar turlicha bo’lishi mumkin. 
Novdalar ham qo’lda qirqiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin